Arxiv

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda
24 fevral 2023, 17:16

MB muqobil energiya uchun kredit bo‘yicha riskni vaqtincha nollashtirishni taklif qilmoqda

O‘zbekistonda muqobil energiya obyektlarini ishga tushirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajasi 1 dekabrgacha nollashtirilishi mumkin. Shunday qaror qabul qilinsa, muammoli kreditlar bo‘yicha 2 xonali raqamlarga duch kelish ehtimoli bor, — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi
24 fevral 2023, 16:28

Jizzaxda 2−3 ballik zilzila qayd etildi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi
24 fevral 2023, 15:53

Prezident Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlik qildi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.

Foto: Prezident Qashqadaryoda yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazida bo‘ldi
24 fevral 2023, 15:37

Foto: Prezident Qashqadaryoda yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘ldi. U yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashdi.

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi
24 fevral 2023, 15:20

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi

Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qo‘shimchasiga kasanachilik bilan ham shug‘ullanishiga ruxsat berildi
24 fevral 2023, 14:32

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qo‘shimchasiga kasanachilik bilan ham shug‘ullanishiga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati to‘ldirildi. Endi ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha loyiha muhokamasi qayta tiklanmoqda
24 fevral 2023, 13:02

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha loyiha muhokamasi qayta tiklanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikki mas’ul qo‘mitasi bugun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qiladi. Hujjat noyabr oyida qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarib yuborilgandi.

Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga Mirjamol Miralimov rahbar bo‘ldi
24 fevral 2023, 12:42

Buxoro ichki ishlar boshqarmasiga Mirjamol Miralimov rahbar bo‘ldi

Avval IIV boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIBga rahbar bo‘ldi.

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi
24 fevral 2023, 12:32

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.

2022 yilda O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 97,5 foizi avtomobildan foydalandi — PMTI
24 fevral 2023, 12:28

2022 yilda O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 97,5 foizi avtomobildan foydalandi — PMTI

2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Xitoy: Urushlarda g‘oliblar bo‘lmaydi, barcha davlatlarning suverenitetini hurmat qilish kerak
24 fevral 2023, 12:13

Xitoy: Urushlarda g‘oliblar bo‘lmaydi, barcha davlatlarning suverenitetini hurmat qilish kerak

Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy hal qilish bo‘yicha 12 banddan iborat o‘z pozitsiyasini taqdim qildi. Unda «sovuq urush haqidagi fikrlardan voz kechish» va barcha mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish, shuningdek, yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etilgan.

Shanba kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi
24 fevral 2023, 12:04

Shanba kuni aksariyat hududlarda qor yog‘adi

25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga borib quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu kunlarda tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Qoraqalpog‘istonda liftda qamalib qolgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi
24 fevral 2023, 11:57

Qoraqalpog‘istonda liftda qamalib qolgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi

Nukus shahrida ko‘p qavatli uyning liftida qamalib qolgan 1997 yil tug‘ilgan ayol va uning 1 yoshli bolasi qutqarildi.

Zilzila oqibatida Sarez ko‘liga zarar yetmadi — Tojikiston
24 fevral 2023, 11:39

Zilzila oqibatida Sarez ko‘liga zarar yetmadi — Tojikiston

23 fevral kuni Tojikistonda bir nechta zilzila sodir bo‘lgandi. Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi zilzila oqibatida Sarez ko‘liga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Ko‘lda suv toshqini xavfi yuzaga kelishi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonga ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Samarqandda fuqarolarni AQShga 40 ming dollar evaziga jo‘natishda gumonlangan shaxs ushlandi
24 fevral 2023, 11:35

Samarqandda fuqarolarni AQShga 40 ming dollar evaziga jo‘natishda gumonlangan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish uchun 40 ming AQSh dollari talab qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 10 ming AQSh dollarni fuqarodan olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilari daromad solig‘idan ozod etiladi
24 fevral 2023, 10:35

Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilari daromad solig‘idan ozod etiladi

Prezident qarori bilan davlat budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilarining daromad solig‘i qaytarib beriladi. Ushbu tartib 1 apreldan tajriba tariqasida joriy etiladi.

Samarqanddagi mehmonxona 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aytilmoqda
24 fevral 2023, 10:11

Samarqanddagi mehmonxona 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aytilmoqda

Samarqand shahrida 7,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlangani aytilmoqda. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
24 fevral 2023, 09:54

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.

AQSh davlat kotibi kelasi hafta O‘zbekistonga keladi
24 fevral 2023, 09:48

AQSh davlat kotibi kelasi hafta O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken qator mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qilish uchun kelasi hafta O‘zbekistonga keladi. Shuningdek, u mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida qatnashadi.

O‘zbekiston Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi
24 fevral 2023, 09:39

O‘zbekiston Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi

BMT Bosh assambleyasi Ukrainada imkon qadar tezroq tinchlikka erishish, jumladan, Rossiya qo‘shinlarini bu hududdan zudlik bilan olib chiqib ketish zarurligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston ovoz berishda 32 ta davlat orasida betaraf qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting