Teatrlarning ahamiyatini oshirishga doir qarorga ko‘ra, DAKT huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi va har yili jahon dramaturgiyasi asarlari bo‘yicha tanlovlar joriy etiladi. «Teatr — ibratxonadir» dasturida Daftarlarga kiritilgan va nogironligi bor shaxslar spektakllariga bepul kiritiladi.
Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha SSP boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash rejalari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, 2025-yildan hudud kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi. Buning uchun xorijiy investorlar ishtirokida 16 ta yirik loyiha shakllantiriladi.
Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini vazifasini bajarishga kirishdi. U 4-dekabr kuni TIVda vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi.
Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi.
“Barselona” Nike bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu sport liboslari ta’minotchisi bilan tuzilgan rekord qiymatdagi bitim ekani aytilmoqda (bungacha eng yirigi “Real Madrid"da edi). 1,7 mlrd yevrolik kelishuv klubning muammolardan qutulishiga yordam beradimi? The Athletic shartnoma tafsilotlarini o‘rgandi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi qarori jamiyatni qattiq larzaga soldi va yetakchining yanada siyosiy yakkalanib qolishiga olib keldi. Mahalliy OAV voqealardan qanday xulosalar chiqarmoqda — «Gazeta.uz» materialida.
Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. DXXning sobiq rahbari Abdusalom Azizov esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib belgilandi.
Wolt kompaniyasi o‘zining afzalliklari haqida gapirib berdi va restoranlarga muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun bir nechta maslahatlar berdi.
Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi.
Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi. Unda tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro — Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi import sementga nisbatan antidemping tekshiruvi o‘tkazmoqda. Qurilish materiali asosan Qozog‘iston va O‘zbekistondan yetkazildi. Avvalroq iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytgandi.
Hukumat qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra Maksim Shatskix o‘rniga Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga yangi bosh murabbiy bo‘ldi. “Biz uni o‘zbeklashtirib, bir haftadan keyin choyxonadan chiqolmaydigan qilib qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi jamoa prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Muxolifatdagi partiyalar harbiy holat e’lon qilgan, keyin esa uni bekor qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment tashabbusi bilan chiqdi. Mudofaa vaziri Kim Yon Xyon iste’foga chiqdi. Mahalliy OAV mamlakat rahbariga harbiy holat joriy etishni aynan u taklif qilgani haqida xabar berdi.
Prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy rahbarlari hokim o‘rinbosari lavozimini egallashi belgilanmoqda. Vazirlikning hududiy tarkibiy bo‘linmalarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting