Arxiv

Imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi
22 sentabr 2022, 11:05

Imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘z vazifasiga vijdonan yondoshmagan va imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan oldi. Shuningdek, 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirdi
22 sentabr 2022, 10:31

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vatandoshlarga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxslar boshqa davlat fuqarosi sifatida e’tirof etilmasligini eslatdi. Ularning xorijiy davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Toshkentda 63 ta jarimasi bor haydovchidan 50 mln so‘m undirildi
22 sentabr 2022, 10:21

Toshkentda 63 ta jarimasi bor haydovchidan 50 mln so‘m undirildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun fuqaroga 63 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. MIB uning Cobalt mashinasini xatlab olgach, fuqaro 50 mln so‘mni to‘lashga majbur bo‘ldi.

Jizzaxda Cobalt tirkamaga urildi, bir kishi vafot etdi
22 sentabr 2022, 10:18

Jizzaxda Cobalt tirkamaga urildi, bir kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida salonida 5 nafar shaxs bo‘lgan Cobalt traktor tirkamasiga urildi. Haydovchi va uch nafar yo‘lovchi jarohat olgan, bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
22 sentabr 2022, 10:12

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Uni bartaraf etish uchun 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, taxminan 300 kv.m maydonning tom qismi zararlangan.

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasi veloaksiya munosabati bilan 2 soatga yopiladi
21 sentabr 2022, 22:07

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasi veloaksiya munosabati bilan 2 soatga yopiladi

22 sentabr soat 07:00 dan Toshkentdagi Maxtumquli ko‘chasi Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan «Yangi O‘zbekiston» bog‘igacha (11,5 km) «Velosiped kuni» aksiyasi munosabati bilan yopiladi.

21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 sentabr 2022, 21:59

21 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirilayotgani, Alisher Usmonovning Germaniyadagi villalarida o‘tkazilgan tintuv, Yangihayot tumanida yangi shaharcha, YeI va Janubiy Koreyadan poyezd xarid qiladigan O‘zbekiston, pora olgan ikki advokat va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

FAO O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha anjuman o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi
21 sentabr 2022, 21:46

FAO O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha anjuman o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi

FAO rahbari Suy Dunyu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHT sammitida ilgari surilgan 2023 yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bosh prokuratura o‘zbekistonliklarni boshqa davlatlar qurolli kuchlariga qo‘shilmaslikka chaqirdi
21 sentabr 2022, 20:29

Bosh prokuratura o‘zbekistonliklarni boshqa davlatlar qurolli kuchlariga qo‘shilmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xorijdagi vatandoshlarni chet el davlatlar qurolli kuchlari safiga qo‘shilmaslik va jangovar harakatlarda qatnashmaslikka chaqirib, buning uchun jinoiy javobgarlikdan ogohlantirdi. Avvalroq Rossiyada Qurolli Kuchlarda xizmat qilgan xorijliklarga fuqarolik berish osonlashtirilgandi.

«Hayot qaynamoqda» — talabalar yashashni boshlagan Tashkent Index kompleksidan fotoreportaj
21 sentabr 2022, 18:56

«Hayot qaynamoqda» — talabalar yashashni boshlagan Tashkent Index kompleksidan fotoreportaj

Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun Tashkent Index savdo majmuasida 10 ming o‘rinli yotoqxona tashkil etilishi aytilgandi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam reportaj tayyorladi.

Qozog‘istonda muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari sanasi belgilandi
21 sentabr 2022, 18:36

Qozog‘istonda muddatidan oldin o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari sanasi belgilandi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Bu saylovlar butun siyosiy tizimni tubdan «qayta yuklash»ga olib keladigan saylov siklini boshlab beradi», — dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev.

OAV: Alisher Usmonovning Germaniyadagi villalarida tintuv o‘tkazildi
21 sentabr 2022, 18:29

OAV: Alisher Usmonovning Germaniyadagi villalarida tintuv o‘tkazildi

Germaniyada rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga aloqadorligi aytilayotgan 24 ta obyektda tintuvlar o‘tkazildi, deb yozadi OAV. Milliarder Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzganlikda gumonlanmoqda.

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin
21 sentabr 2022, 18:18

Namanganda aholi uylari yaqinida gaz «zapravka» qurilmoqda. Uning ortida viloyat xokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin

Namanganda aholi xonadonlariga taqab metan «zapravka» qurilmoqda. Qurilish zarur hujjatlar rasmiylashtirilmasdan boshlangan. Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, qurilish tepasida Namangandagi ko‘plab AGTKSlar egasi, viloyat hokimining qudasi turgan bo‘lishi mumkin. Maqola muallifi trollar hujumiga uchradi.

Forbes ilk bor O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi
21 sentabr 2022, 18:17

Forbes ilk bor O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi

Forbes Russia tomonidan e’lon qilingan O‘zbekistondagi eng ishonchli 10 ta bank reytingida NBU, Ipoteka bank, Sanoat qurilish bank peshqadam bo‘lishdi.

O‘zbekiston YeI va Janubiy Koreyadan 40 tagacha poyezd xarid qilishi mumkin
21 sentabr 2022, 17:51

O‘zbekiston YeI va Janubiy Koreyadan 40 tagacha poyezd xarid qilishi mumkin

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi va 100 dan ortiq yangi yo‘lovchi vagonlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Tashkilot bu borada Alstom, Siemens, Ssoda va Hyundai kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.

Prezident kimyo zavodlaridagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
21 sentabr 2022, 16:57

Prezident kimyo zavodlaridagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Kimyo zavodlarida ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi
21 sentabr 2022, 16:50

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan ruxsat berilmagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi. Avvalroq «Vesna» harakati 21 sentabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishi qilishga chaqirgandi.

Yangihayot tumanida 500 ming kishilik yangi shaharcha quriladi
21 sentabr 2022, 15:46

Yangihayot tumanida 500 ming kishilik yangi shaharcha quriladi

Toshkentning Yangihayot hamda Bektemir tumanlarining jami 1400 gektar maydonida yangi shaharcha bunyod etiladi, dedi Yangihayot hokimi Hayot Inog‘omov. Hozirda uning master rejasi ishlab chiqilmoqda. «Toshkent markaziga chiqmay, shu yerda ishlab, shu yerda yashasa bo‘ladi», — dedi hokim.

Bukhara Night Race: O‘zbekistondagi ilk tungi marafon qanday o‘tdi?
21 sentabr 2022, 15:38

Bukhara Night Race: O‘zbekistondagi ilk tungi marafon qanday o‘tdi?

O‘zbekistondagi ilk tungi marafon 17−18 sentabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafonning boshqalaridan farqi unda bolalar ham faol ishtirok etdi, ular Kids Run 300 va Kids Run 600 masofalarini bosib o‘tishdi. «Gazeta.uz» eng qiziqarli onlar aks etgan marafondan fotoreportajni taqdim etadi.

Qozog‘iston va boshqa davlatlar banklari “Мир” kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda
21 sentabr 2022, 15:29

Qozog‘iston va boshqa davlatlar banklari “Мир” kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda

Qozog‘iston, Armaniston, Turkiya va Vetnamdagi ayrim banklar AQSh Moliya vazirligining ikkilamchi sanksiyalar xavfi haqidagi ogohlantirishi ortidan Rossiyaning “Мир” to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni cheklamoqda. O‘zbekiston Markaziy banki hozircha vaziyatga izoh bermadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting