Shavkat Mirziyoyev 20−21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha OTM rektorlariga talabalarni jinoyatchilikka moyil, yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasida va qoidalarga rioya etmaydigan kabi guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergani aytilmoqda. «Shoshilinch» topshiriq ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar 3 kunda yuborilishi so‘ralgan.
Turkiyadagi zilziladan katta talafot ko‘rgan shaharlardan 80−100 km uzoqlikda joylashgan Erzin shahri zilziladan hech qanday zarar ko‘rmadi. Ko‘pchilik bu hodisani qat’iy shaharsozlik siyosati natijasi deb atamoqda. Ushbu maqolada qanday qilib shahar bunday zilzilani talafotlarsiz o‘tkazgani haqida so‘zlaydi.
O‘tgan yomg‘irli kunlardan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab hafta boshida havo ilishni boshlaydi va 18 darajagacha ko‘tariladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Zangiota tumanida «Volga» avtomobili haydovchisi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketdi. 23 yoshli haydovchi mashinadan chiqolmay, suvda cho‘kib vafot etdi.
Ichki kiyimlar do‘konini tanqid qilgan chirchiqlik bloger jarimaga tortildi. Bu ishni «o‘zining diniy qarashlaridan kelib chiqib» qilganini aytgan fuqaroga tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari tushuntirildi. Poytaxt IIBB jamiyatda o‘zini tutish qoidalari va qonunchilikka itoatkor bo‘lishga chaqirdi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yakkabog‘ tumanida Gentra avtomobili haydovchisi piyodani urib qochib ketdi. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Tezkor surishtiruv davomida YTHni 27 yoshli yigit sodir etgani aniqlandi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bir oiladan to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizildi. O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun ovqat qoldiqlaridan namunalar olindi.
Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlarining to‘xtatilayotgani, AQShdagi kompaniyaning 100 nafardan ziyod bolani xavfli ishlarga jalb qilgani, Parijdagi savdo markazida erkak o‘zini yuqori qavatdan tashlab yuborgani ommaviy sarosimaga sabab bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
100 yoshga to‘lgan “Mushtum"ning ko‘plab adabiy qahramonlari, doimiy ruknlari bor. ““Mushtum” medallari” — shunday ruknlardan biri. “Gazeta.uz” 1972 yilda jurnalning 15 ta soni davomida e’lon qilingan “medallar"ni bir sahifaga jamladi. Bu “medallar"ga loyiqlar hali ham oramizda bo‘lishi mumkin.
100 yil avval — 1923 yil 18 fevralida Qodiriy asos solgan «Mushtum»ning ilk soni chiqqan. Tanqidiy hajviyalar istalgan nashrda chiqishi mumkin, ammo bu jurnalni ajratib turuvchi jihat — uning o‘tkir karikaturalari edi. «Gazeta.uz» «Mushtum»da chiqqan hajv-suratlar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasida yana bir yirik YTH sodir bo‘ldi — birdaniga to‘rtta avtomobil to‘qnashdi, ulardan biri yonib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan, etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi. U Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashdi.
Toshkentdagi Eski-Juva bozorida sotuvchi ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal vaqtida 29 yoshli ayol hamkasbini do‘pposlab, qulog‘ining bir qismini tishlab, uzib oldi. JIB Shayxontohur tumani sudi tomonidan hamkasbining qulog‘ini tishlagan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.
Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting