Rustam Yusupovga Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bungacha u o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan sobiq rahbar Anvar Umarovning birinchi o‘rinbosari edi.
1 fevraldan O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi. Bunga qo‘shni mamlakat hududida temir yo‘ldagi texnik ishlar o‘z vaqtida bitmagani sabab bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga uchib ketdi. Undan so‘ng Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi. Tashrif davomida davlat rahbari hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishadi.
O‘zbekistondan 2022-yilda 8,8 ming kishi doimiy yashash maqsadida xorijga ko‘chib ketgan. Tahlillarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. 2022-yilda mamlakatni tark etganlarning asosiy qismi Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘izistonga borgan.
Tijorat banklari 1 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 325 so‘m.
Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
2022 yil davomida respublika bo‘yicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Xususan, ular talon-toroj qilish, firibgarlik, poraxo‘rlik kabi jinoyatlarni sodir etgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
O‘zbekistonning 2022 yildagi asosiy demografik ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 mingtani tashkil etib, so‘nggi 5 yilda sezilarli kamaygan. Nikohdan ajrashishlar soni esa 48,7 mingtani tashkil etib, oxirgi 5 yilda ko‘paygan.
Qo‘shrabot tumanida bir oilaning 5 a’zosi botulizmga chalinib, ularning 2 nafari vafot etgandi. Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan pomidor-bodring tuzlamasidan zaharlangan.
Qoraqalpog‘istondagi voqealar ishi bo‘yicha 22 ayblanuvchi ustidan sud jarayoni yakunlangach, AQSh O‘zbekiston hukumatini jamoatchilik shaffofligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga, shuningdek, qonunlarni buzgan xavfsizlik kuchlarini javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida Toshkentning 73 ta asosiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘laklarni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Prezident transport infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi, shartli ozod etilgan sudlanuvchilarning so‘zlari, Korrupsiyani qabul qilish indeksida yuqorilagan O‘zbekiston, vazirlarga tayinlangan yangi o‘rinbosarlar, avtobuslarga yurgan yo‘li, xizmatiga qarab pul ajratilishi, fevral ob-havosi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Odamlarni tartibsizliklarga jalb qilishda ayblangan Nukus voqealari ishtirokchisi Ahmet Smetullayev shartli jazo olib, sud zalidan ozod qilindi. U OAV bilan uchrashuvda «imkoniyat bergani uchun» prezident Mirziyoyevga rahmat aytib, o‘zini «Dauletmurat Tajimuratovni sotgan» deb hisoblamasligini bildirdi (video).
Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida «yetakchilik qilish»da ayblangan Azamat Nuratdinov 31 yanvar kuni sud zalidan ozod qilindi. Nuratdinov jurnalistlarga o‘zini sotqin deb hisoblamasligini, endi «oxirgi nafasigacha» Tajimuratovga o‘xshagan «iflos»ga qarshi kurashishini ma’lum qildi (video).
Qoraqalpog‘iston voqealari ishi yuzasidan aybli deb topilgan va shartli ravishda ozod qilingan Lolagul Kallixanova o‘zining eng katta xatosi, «Exo-kamera»ga qanday tushib qolgani va chiqib keta olmagani, qolaversa, sud faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlari olinadi.
Transparency International xalqaro tashkilotining 2022 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi. Bu 2021 yilgi ko‘rsatkichga (140-o‘rin) qaraganda 14 pog‘ona yuqori.
Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.
O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga Durdona Raximova, Shaxrillo Maxmudov va Murad Ismailovlar o‘rinbosar etib tayinlandi.
Prezident transport korxonalari kunlik tushum «plani»ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida harakatlanishga odatlanganini tanqid qildi. Shu sababli endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab berilishi qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting