Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi. Hujjat fevral oyida ochilgan ofis faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekistondan olib qo‘yilgan yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligi, organ xodimlarining tadbirkorlik qilishiga taqiq, davlat xaridlarida yangi ikki bosqichli tizim, yirik bozorlarda tartibni saqlash bo‘yicha tasdiqlangan nizom va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezidentga metallurgiya korxonalari, jumladan, OKMK, NKMK, metallurgiya kombinatining transformatsiya dasturlari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilda sohaga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilib, kaolin va ko‘mir ishlab chiqarishni oshirish rejalashtirilmoqda. NKMK yana 500 mln dollarlik yevrobondlar chiqaradi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik erkak fuqarolarning ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda.
O‘zbekiston MOQ mamlakat pandemiyadan keyingi davrda cheklovlar va uzilishlar tufayli yoshlar Osiyo o‘yinlarini bir yilga surishni so‘raganini ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi bunga rozi bo‘lmagan va o‘yinlarni o‘tkazish huquqini Bahraynga bergan.
Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan tashqi reklama dizayn-kodi 1-avgustdan kuchga kirdi. Bunday namunaviy to‘plam birinchi marta me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi. “Gazeta.uz” poytaxt hokimi o‘rinbosari, RRD rahbari Aleksey Xen bilan birgalikda hujjatni tahlil qildi.
“Ma’rifat maskani” va USAID loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 300 dan ortiq xotin-qiz gilam to‘qish, kigiz bosish, bosma" usulida kashta tikish va onlayn tijorat asoslarini o‘rgandi. “Gazeta.uz” yangi ko‘nikmalar qishloq ayollarining hayotini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.
Noyabrda inflyatsiya darajasi 0,93% — 2011-yildan buyon ushbu oydagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya 10% gacha sekinlashdi. Oy davomida go‘sht narxi 0,3−1,2% oshdi, tuxum — 3,3%, yog‘ — 2,5%, kartoshka -10,1%, pomidor — 72%. Propan narxi 11,1%, benzinniki 4,7% qimmatladi.
Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Oktabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi. U vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ishtirok etayotgan tadbirda cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratiladi. Fotoreportaj.
Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.
Osiyo Olimpiya kengashi 2025-yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, bekor qilinganini e’lon qildi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi. Musobaqa endi Bahraynda o‘tkaziladi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.
Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting