Arxiv

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yonib ketdi
28 yanvar 2023, 13:46

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yonib ketdi

Yakkasaroy tumanida Mercedes-Benz motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi
28 yanvar 2023, 13:25

Surxondaryoda o‘qituvchi hamkasbining bank kartasidan pul yechib olib, onlayn qimorga sarflab yubordi

Qo‘mqo‘rg‘on tumanida maktab o‘qituvchisining kartasidan 1,5 mln so‘m yechib olgan hamkasbi uni «1xBet» onlayn qimori uchun ishlatib yuborgani gumon qilinmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, 15 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin.

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda
28 yanvar 2023, 12:05

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda

Namangandagi Norin daryosining yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida ish olib borilyapti. Jarayonga 381 nafar xodim va 112 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
28 yanvar 2023, 11:13

Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.

Nima tayyorlaymiz: Tortlar
28 yanvar 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Tortlar

Muzqaymoq kremli, drezdencha, shokolad va yalpizli tort, «Baunty», «Pancho» hamda «Piramida» torti va boshqalar — Zira.uz ajoyib ko‘rinish va ta’mga ega tortlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi
28 yanvar 2023, 09:56

Video: Qashqadaryoda savdo rastasi va bankomatda yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi shahridagi savdo rastasi hamda bankomatda yong‘in yuz berdi. Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
28 yanvar 2023, 09:22

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan ketishni so‘ragan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovni ishdan bo‘shatdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2023, 23:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Nyu-Yorkda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlikning og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topilgani, Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda bir kishining halok bo‘lgani, BMT bosh kotibining hukumatlarni internetni cheklashga chaqirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 yanvar 2023, 22:35

27 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Human.uz direktori Xurshid Daliyev va boshqalarga ochilgan jinoyat ishi, deputatlikni muddatidan oldin tugatgan Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida strategik sheriklik deklaratsiyasi, yemirilayotgan Norin daryosi qirg‘og‘i, iliq havo prognozi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

2022 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi
27 yanvar 2023, 22:21

2022 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi 80,4 mlrd dollarga ko‘tarildi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

O‘zbekistonda chiqindilar gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan majmua qurilishi boshlandi
27 yanvar 2023, 20:30

O‘zbekistonda chiqindilar gazidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan majmua qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida «Ohangaron» va «Maydontol» poligonlaridan chiqadigan gazni qayta ishlash bo‘yicha majmua qurilishi boshlandi. Chiqindi gazlaridan elektr toki ishlab chiqarish loyihasi Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xurshid Daliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — DXX
27 yanvar 2023, 19:15

Xurshid Daliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — DXX

Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev va Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Abdumavlon Qosimov Toshkent shahri deputati lavozimini muddatidan oldin tark etdi
27 yanvar 2023, 18:21

Abdumavlon Qosimov Toshkent shahri deputati lavozimini muddatidan oldin tark etdi

Toshkent shahri kengashi Abdumavlon Qosimovning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. U kengash kotibiyati rahbari sifatida ishlagan hamda faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar ishini nazorat qilgan.

«O‘zkimyosanoat» shina zavodining 80 mln dollarga sotilganini asoslab berdi
27 yanvar 2023, 18:12

«O‘zkimyosanoat» shina zavodining 80 mln dollarga sotilganini asoslab berdi

«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi Angrendagi «Birinchi rezinotexnika zavodi» davlat ulushini Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga 80 mln dollarga sotganini ma’lum qildi. Aktivning kam qiymatda ekani xaridor tomonidan qoplanadigan 153 mln dollarlik kredit majburiyatlari hamda mavjud qarzdorlik bilan izohlandi.

Toshkent viloyatidan poytaxtga ekspress avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi
27 yanvar 2023, 17:01

Toshkent viloyatidan poytaxtga ekspress avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Parkent shahridan «Mashinasozlar» metro bekatigacha ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lkira narxi 6000 so‘m bo‘lib, qatnov davomida avtobus faqat Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

2022 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi
27 yanvar 2023, 16:18

2022 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi

2022 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58,6 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqdi. Shundan, 56,5 ming nafari sudlangan, 1010 nafari oqlangan va reabilitatsiya qilingan. Asosan firibgarlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘rib chiqilgan.

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi
27 yanvar 2023, 15:57

Qoraqalpog‘istonda brakonyerlar 13 bosh jayronni otib o‘ldirdi

Qoraqalpog‘istonning “Borsakelmes” qo‘riqxonasida “Qizil kitob"ga kiritilgan 13 bosh jayronni otib o‘ldirgan brakonyerlar qo‘lga olindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
27 yanvar 2023, 15:33

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi
27 yanvar 2023, 15:22

Qoraqalpog‘istonda oshxona portlab, bir kishi halok bo‘ldi

Xo‘jayli tumanida 25 yanvar kuni soliq inspeksiyasi oshxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi.

Fido-Biznes 30 yil davomida IT sohasida erishilgan yutuqlar haqida gapirib berdi
27 yanvar 2023, 15:00

Fido-Biznes 30 yil davomida IT sohasida erishilgan yutuqlar haqida gapirib berdi

20 yanvar kuni Fido-Biznes kompaniyasi 30 yilligini nishonladi. Kompaniyaning asoschisi hammasi nimadan boshlangani, loyihaning ahamiyati va dijital-trendlar haqida gapirib berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting