Buxoro prokuraturasi viloyatda 23 bola «Sinepar» siropini ichgach vafot etgani haqida yolg‘on axborot tarqatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tijorat banklari 26 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 350 so‘m.
Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangidan tashkil etishni buyurdi. Bunda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bir tizimga birlashtiriladi, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi. 2023 yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.
Surxondaryoning 13 ta tumanida xalq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida yangi hokimlar tasdiqlandi. Sessiyalarda viloyat hokimi v. b. Ulug‘bek Kosimov va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi vakillari ishtirok etishdi.
Yangi Zelandiyaning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qilgani, Germaniyada poyezdda yetti kishining pichoqlangani, Ispaniyada turli davlatlar elchixonalariga qo‘lbola bombalar yuborgan nafaqaxo‘r ushlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Gazprom» bilan imzolagan hujjatning suverenitetga tahdidi yo‘qligini aytgan Energetika vazirligi, Turkmanistondan neft sotib oladigan O‘zbekiston, cheklangan hukumat vakillari, mashina ichida o‘zini yoqqan homilador ayol, 14 foizga tushgan kambag‘allik darajasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Germaniya bir necha oylik munozaralardan so‘ng Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi va ukrainalik ekipajlarni o‘qitishini ma’lum qildi. Ukraina tanklar Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun muhim deb atadi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonning qator hududlarida benzinni boshqa marka deb sotish va kam to‘ldirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Zarar 489 mln so‘mni tashkil etadi.
Prezident topshirig‘i bilan 2023 yilda tadbirkorlikni kengaytirish uchun kredit miqdori 225 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, kredit olib yaxshi natija ko‘rsatgan oilaviy tadbirkorlar yana kredit olishiga imkon beriladi.
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kirilgani aniqlangan ushbu giyohvandlik vositalari musodara qilinib, gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Surxondaryoning yangi tayinlangan hokimi Denovda fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda yerlarni paxtaga tayyorlash, shudgor qilish haqida ko‘rsatma bergan. Hokimning topshirig‘i bajaralishi uchun karam, sabzi va piyoz ekilgan dalalar haydalmoqda. Fermerlar bu holatga ochiq norozilik bildirishdan qo‘rqmoqda.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari 10 ta medal — beshta oltin, uchta kumush va ikkita bronzani qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasidagi final 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
2022 yil respublikada kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. Bunda hokim yordamchilarining 1 mln nafar aholini kasb-hunarga o‘qitib, ish bilan band qilgani muhim omil bo‘ldi, deyiladi prezident ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida.
O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha imzolagan «yo‘l xaritasi» bo‘yicha tushuntirish berdi. «Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q», — deyiladi xabarda.
SSV Buxoro viloyatida «Sinepar» siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, fuqarolardan shifokor ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik so‘raldi.
«O‘zbekneftgaz» Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar bokschisi Tailandda o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi. 22 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar yigit va 8 nafar qiz oltin medallar uchun 20 davlatdan kelgan raqiblar bilan kuch sinashadi.
WizzAir aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi-Toshkent-Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Bu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Angor tumaniga Qosim Mardonov, Termiz tumaniga Shuxrat Nazarov, Jarqo‘rg‘on tumaniga Elmurod Avazov, Muzrabot tumaniga Abdurashid Ismailov, Sho‘rchi tumaniga Ulug‘bek Zokirov va Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.
Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy soni 56 573 nafar etib cheklandi. Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni esa jami 26 ta etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting