Arxiv

“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida
5 iyul 2024, 17:31

“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida

Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

“Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida
5 iyul 2024, 16:04

“Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi
5 iyul 2024, 15:44

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi

Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi
5 iyul 2024, 14:08

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi

Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
5 iyul 2024, 12:02

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.

Britaniya saylovlarida leyboristlar g‘alaba qozondi, Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘ladi
5 iyul 2024, 11:59

Britaniya saylovlarida leyboristlar g‘alaba qozondi, Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘ladi

Britaniyani 14 yil boshqargan Konservativ partiya parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi. Navbatdagi bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritdi.

Qarshida Song Plus va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
5 iyul 2024, 11:35

Qarshida Song Plus va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
5 iyul 2024, 11:01

Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Asialuxe Travel iyulda dam olish uchun top-5 yo‘nalish bilan o‘rtoqlashdi
5 iyul 2024, 11:00

Asialuxe Travel iyulda dam olish uchun top-5 yo‘nalish bilan o‘rtoqlashdi

Yoz — unutilmas sayohatlar vaqti. Asialuxe Travel turoperatori iyul oyida dam olish uchun beshta yaxshi manzillar ro‘yxatini tayyorladi.

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi
5 iyul 2024, 10:58

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mobiuz`da bir qancha servislardan foydalanib bo‘lmayapti, asosiy xizmatlar ishlamoqda
5 iyul 2024, 10:34

Mobiuz`da bir qancha servislardan foydalanib bo‘lmayapti, asosiy xizmatlar ishlamoqda

Mobiuz mobil operatorida balans va qoldiqlarni tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlar ishlamayapti. Mobil internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS odatdagidek ishlamoqda. Kompaniya profilaktika ishlari davomida abonentlar aloqadan uzilib qolmasligini bildirdi.

Toshkent xalqaro aeroportida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin
5 iyul 2024, 09:44

Toshkent xalqaro aeroportida endi 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Shu paytgacha bu xizmat faqat 2 ta kompaniya bilan cheklangandi.

Qashqadaryoda 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan er-xotinga hukm o‘qildi
5 iyul 2024, 09:09

Qashqadaryoda 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan er-xotinga hukm o‘qildi

Qarshi tumanida shar’iy nikoh asosida yashab kelgan er-xotin 8 kunlik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lib, pulning 45 mln so‘mini olganda ushlandi. Sudda ular bu mablag‘ga uy sotib olmoqchi bo‘lganini aytdi. Erkak 5 yilga qamaldi, ayolga nisbatan 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Toshkentda Spark ikki piyodani urib yubordi
5 iyul 2024, 08:35

Toshkentda Spark ikki piyodani urib yubordi

Yunusobod tumanida Spark urib yuborgan ikki piyoda jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qildi. Tarqalgan videolavhalarda bir ayol yerda yotgani, uning atrofida qon izlari borligini ko‘rish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi
5 iyul 2024, 08:07

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shushada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.

“Oxirigacha”. Bayden prezidentlik poygasidan chiqishdan bosh tortdi
5 iyul 2024, 01:06

“Oxirigacha”. Bayden prezidentlik poygasidan chiqishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatdan so‘ng saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmasligini aytdi. “Hech kim meni tashqariga itarib yubormayapti. Men bu poygada oxirigacha qatnashaman”, — dedi u.

4-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
4 iyul 2024, 22:48

4-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Faoliyati tugatilgan Maktabgacha ta’lim agentligi, Qirg‘izistonga yuborilgan insonparvarlik yordami, ShHTda iqtisodiy hamkorlikni qaytadan boshlash kerakligini aytgan Mirziyoyev, “Lukoyl” korxonasiga nisbatan ochilgan ish va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

2024-yil oxirigacha dorilarning elektron retseptlariga o‘tish rejalashtirilmoqda — SSV rahbari
4 iyul 2024, 22:40

2024-yil oxirigacha dorilarning elektron retseptlariga o‘tish rejalashtirilmoqda — SSV rahbari

SSV rahbari 2024-yil oxirigacha Toshkent shahrida dori vositalariga elektron retseptlar joriy etish rejalarini ma’lum qildi. Bu tizim raqobat muhitini yaratib, shifokorlarning “juda ko‘p keraksiz dori-darmonlar"ni yozib berishining, shuningdek, kontrabanda mahsulotlari sotilishining oldini oladi, dedi u.

Soliq qo‘mitasi raisi — E-aktiv`dan voz kechilgani va dorilar markirovkasining ahamiyati haqida
4 iyul 2024, 21:41

Soliq qo‘mitasi raisi — E-aktiv`dan voz kechilgani va dorilar markirovkasining ahamiyati haqida

Soliq qo‘mitasi E-aktiv (E-ombor) tizimidan joriy etish murakkabligi tufayli voz kechdi, dedi tashkilot raisi Sherzod Kudbiyev. U, shuningdek, mahallalarda sotiladigan preparatlar ma’lumotlarini taqdim etuvchi dorilar markirovkasi va dorilarga QQS qaytarilgandan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal etishni so‘rab hukumatga murojaat qildi
4 iyul 2024, 20:41

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal etishni so‘rab hukumatga murojaat qildi

Raqobat qo‘mitasi lift importi muammosini hal qilish uchun hukumat va Geologiya vazirligiga takliflar kiritdi. Xususan, tadbirkorlarning bekor qilingan 17 ta muvofiqlik sertifikatini tiklash, liftlarni sinovdan o‘tkazish xizmatlari bozoriga xususiy sektorni jalb qilish taklif etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting