Arxiv

SSV: 2022 yilda «Tez yordam»ga 13 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushdi
17 yanvar 2023, 13:17

SSV: 2022 yilda «Tez yordam»ga 13 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushdi

2022 yil davomida «Tez yordam» xizmatiga 13 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan, 1,1 million kishi kasalxonaga yotqizilgan. 2021 yilda bu chaqiriqlar soni 12,5 millionni tashkil etgandi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi
17 yanvar 2023, 12:51

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi

Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbariyati bilan uchrashdi. Davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, «yashil» texnologiyalarni jalb qilish, shaharsozlik va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yangi orxideya turiga O‘zbekiston prezidenti nomi berildi.

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi
17 yanvar 2023, 12:25

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy dala oshxonalari tashkil etildi. U yerda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi
17 yanvar 2023, 12:07

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi

Seshanba kuni ertalab Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi. Hech kim jarohat olmagan. Yong‘in yog‘ qizdirilgani ortidan yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Zangiotadagi harbiy qismda qashqadaryolik 20 yoshli yigit vafot etdi
17 yanvar 2023, 11:58

Zangiotadagi harbiy qismda qashqadaryolik 20 yoshli yigit vafot etdi

Bir yillik harbiy xizmat uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga ketgan 20 yoshli yigit o‘zini otib qo‘ygani sabab uyiga o‘lik holda qaytdi. Marhumning yaqinlari uni urib o‘ldirishgani, jasad tanasida jarohatlar borligini aytmoqda. Bosh prokuratura surishtiruv boshladi.

«Yuksalish» harakati energiya resurslari uchun qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi
17 yanvar 2023, 11:50

«Yuksalish» harakati energiya resurslari uchun qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi

«Yuksalish» harakati davlat idoralarini energiya resurslari aholiga yetkazib berilmagan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilishga, isinish xonalarini ochishga va murojaatlar uchun ko‘p funksiyali koll-markaz tashkil etishga chaqirdi. Energetika vazirligi qishga tayyorlanganlik holati bo‘yicha hisobot berishi ham kerak.

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qishki ta’til yana uzaytirildi
17 yanvar 2023, 11:09

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qishki ta’til yana uzaytirildi

Respublika hududlarida o‘qish boshlanishi yana boshqa sanaga qoldirildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida o‘qish 23 yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
17 yanvar 2023, 11:00

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va undan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
17 yanvar 2023, 10:59

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida go‘yoki kompyuter texnikalari va muzlatkichlarni ta’mirlash sexlarini tashkil etib, amalda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan mayneng fermalar aniqlandi. Ular davlatga jami 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda tilanchilik qilgan ayol onalik huquqidan mahrum etilishi haqida ogohlantirildi
17 yanvar 2023, 10:42

Toshkentda tilanchilik qilgan ayol onalik huquqidan mahrum etilishi haqida ogohlantirildi

Shayxontohur tumanida 2003 yilda tug‘ilgan ayol 2 farzandidan foydalanib, yo‘lning qatnov qismida tilanchilik qildi. Ichki ishlar xodimi hududni tark etishni so‘raganida unga qarshilik ko‘rsatdi. Bu faoliyati uchun oldin 11 marta ogohlantirilgan ayol holat yana takrorlansa, onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Banklarda dollar 11 400 so‘mdan sotila boshladi
17 yanvar 2023, 10:07

Banklarda dollar 11 400 so‘mdan sotila boshladi

Tijorat banklari 17 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 310 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 400 so‘m.

Ukraina bilan chegaradosh hududlardan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
17 yanvar 2023, 09:45

Ukraina bilan chegaradosh hududlardan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ukraina bilan chegaradosh hududlardan o‘qishi O‘zbekistonga ko‘chirilishiga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu talabalar hujjat topshirgan OTMlarining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishi so‘raldi.

«Hududgaz Buxoro» korxonasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 yanvar 2023, 09:26

«Hududgaz Buxoro» korxonasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Buxoro viloyatidagi 3 ta metan gaz quyish shoxobchasida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilinganini aniqladi. Holat yuzasidan «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi va shoxobchalar mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda maktablar vaqtinchalik onlayn ta’limga o‘tkazilishi mumkin — vazirlik
17 yanvar 2023, 08:34

O‘zbekistonda maktablar vaqtinchalik onlayn ta’limga o‘tkazilishi mumkin — vazirlik

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi viloyat hokimliklari bilan ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha maktablarni onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda.

Bir qator hududlarda ta’til kunlari yana — 22 yanvargacha uzaytirildi
17 yanvar 2023, 08:18

Bir qator hududlarda ta’til kunlari yana — 22 yanvargacha uzaytirildi

Qator viloyatlar hokimliklari qishki ta’til muddati yana bir bor uzaytirilishi to‘g‘risida ma’lum qila boshladi. 18 yanvarda boshlanishi kerak bo‘lgan o‘qish 23 yanvarga ko‘chirildi.

Chirchiqliklar elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi
17 yanvar 2023, 08:01

Chirchiqliklar elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi

Chirchiqning «Humo» mahallasida yashovchi aholi elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Shahar hokimi mahallaga keldi. U uzr so‘rab, iste’mol ortishi sababli avariyalar sodir bo‘layotganini aytdi. Mahallaga elektr berildi.

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi
16 yanvar 2023, 21:53

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan naqd dollar olib chiqishni vaqtincha chekladi. Taqiq «moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, milliy manfaatlarni himoya qilish» maqsadida joriy etildi.

Afrosiyob poyezdining yana beshta reysi bekor qilindi
16 yanvar 2023, 21:44

Afrosiyob poyezdining yana beshta reysi bekor qilindi

Sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli «Toshkent — Buxoro — Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdining 16, 17, 18, 19, 20 yanvardagi 5 ta reysi bekor qilindi.

Toshkentda gaz bosimi oshiriladi — «Hududgazta’minot»
16 yanvar 2023, 20:04 1

Toshkentda gaz bosimi oshiriladi — «Hududgazta’minot»

Toshkentda gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoiti yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aholidan qozonxona va gaz plitalarini tekshirib turish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish so‘ralmoqda.

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16 yanvar 2023, 16:15

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari bo‘ldi. O‘ktam Masharipov esa Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting