Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga “Dok-1 Maks” tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.
Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti kuchli turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yetti nafar yo‘lovchi jabrlandi.
2 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqasidan antitsiklon kirib keladi. 3 yanvar kuni esa qariyb butun mamlakat hududini qamrab oladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 4 yanvarda antitsiklon chekinishni boshlaydi. Hafta oxiriga borib iliydi.
2023 yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 2155 chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.
1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.
Blekaut, Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar, Rossiyadan relokantlar tashrifi, Nukus voqealari, SHHT sammiti, energo inqiroz va shamollashga qarshi doridan o‘lgan 20 nafar bola. “Gazeta.uz” o‘tgan yili O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni aks ettiruvchi suratlarni bir materialga jamladi.
2022 yilda vafot etgan dramaturg Sharof Boshbekov, aktrisa To‘ti Yusupova, akademik Edvard Rtveladze, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova, sport jurnalisti Axbor Imomxo‘jayev, aktrisa Maryam Ixtiyorova, hokim Nuriddin Abdurahimov va boshqalarni xotirlaymiz.
RSHTYOIM Farg‘ona viloyat filialida quvasoylik 3 yoshli bemor bola «Dok-1 Maks» siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgani ma’lum qilindi. Uning umumiy ahvoli og‘ir, hushida.
2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyatidagi «Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shveysariyadagi xususiy investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonning Humo Air avikompaniyasini sotib oldi. Kelishuv miqdori 2,4 mln dollarga yaqinroqni tashkil etdi.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2022 yilda erishilgan yutuqlar uchun yurtdoshlarga minnatdorchilik bildirib, 2023 yilda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Ikki yillik og‘ir pandemiyadan so‘ng kovidning chekinishi, Ukrainadagi urush, barqarorlikka daxl qiluvchi iqtisodiy inqiroz va siyosiy tartibsizliklar, ekstremal ob-havo sharoitlari, hayajonlarga boy mundial — 2022 yilning eng muhim voqealari «Gazeta.uz»ning yil yakunlariga bag‘ishlangan sharhida.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi tarkibdagi hukumat oldidagi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sanoatda 5%, qishloq xo‘jaligida 3% va xizmatlar sohasida 14% dan ziyod o‘sishga erishish, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan sobiq vazirlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Sherzod Xidoyatov, Nozim Xusanov, Agrippina Shin, Narzullo Oblamurodov va Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Ulug‘bek A’zamov yangi tashkil etilgan vazirliklar rahbarlarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 9 ta qo‘mita va agentliklarga rahbarlar tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan mamlakatning bir qator qayta tashkil etilgan vazirliklariga rahbarlar tayinlandi. Ularning ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting