Dushanba va seshanba kunlari Toshkentning bir qator ko‘chalarida uzun tirbandliklar kuzatildi. Bunga yo‘l chiziqlarining yangilanishi sabab bo‘ldi. Biroq bu haqda oldindan ommaviy e’lon qilinmadi. Haydovchilar aylanma yo‘llarni topishga majbur bo‘lishdi.
Przeidentning parlamentga murojaati, 10 yanvargacha o‘tadigan yangi yil bayramlari, barcha davlat tashkilotlarida quyosh paneli o‘rnatilishi, Konstitutsiyani shoshilmasdan ishlab chiqish kerakligini aytgan prezident, 561 mlrd so‘mga xususiylashtiriladigan UzAuto Trailer va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati esda qolarli voqealarga, rekordlarga va yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Keling, bir oy davomida diqqatimizni ushlab turgan ushbu chempionatning eng e’tiborga molik lahzalarini bir eslab o‘tamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamiyatda hech qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Prezident davlat boshqaruvida «qo‘l boshqaruvi»dan aniq natijaga ishlaydigan tizimga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi. «Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda «ovozi yo‘q». Ularning qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolaga “Prezident sovg‘asi” taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Prezident parlamentga murojaatida sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlarga to‘xtaldi: advokatlarni tanlash bo‘yicha elektron tizim yaratiladi, viloyat sudlari mas’uliyati va vakolatlari oshiriladi, prokurorlarning xolisligi qonun bilan mustahkamlanadi, ayblov xulosalari esa faqat himoya fikri bilan qabul qilinadi.
Qashqadaryoda Spark yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.
Prezident kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatilishini ta’kidladi. Buning uchun $2 mlrd investitsiya jalb qilinadi. Natijada 60 foiz elektr va gaz iste’moli «yashil energiya»ga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, «mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas». «Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, poytaxt uchun 1000 ta avtobus xarid qilinadi, 7 ta yer usti metro bekati ochiladi, 2023 yilda hududlar yana 1000 ta avtobusga ega bo‘ladi. Boshqa transport turlari haqida esa so‘z yuritilmadi.
Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak»ligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev bundan buyon o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagan vazir iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishini aytdi. Prezident ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25−30 foizga qisqaradi.
Prezident xalqqa murojaatida Nukus voqealariga ham to‘xtalib o‘tdi. “Bizning ezgu maqsadimiz — birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi. «Bu kabi raqamlar, bunday natijalar ilgari bizda bo‘lmagan edi. Bu ham xalqimizning birdamligi, xalqimizning mehnatsevarligi natijasida erishildi», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting