Arxiv

Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi — prezident
20 dekabr 2022, 11:51

Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishini aytdi. Prezident ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25−30 foizga qisqaradi.

“Qoraqalpog‘iston tashvishi — butun O‘zbekiston tashvishi” — Shavkat Mirziyoyev
20 dekabr 2022, 11:40

“Qoraqalpog‘iston tashvishi — butun O‘zbekiston tashvishi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident xalqqa murojaatida Nukus voqealariga ham to‘xtalib o‘tdi. “Bizning ezgu maqsadimiz — birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston YAIM hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi — Shavkat Mirziyoyev
20 dekabr 2022, 11:30

O‘zbekiston YAIM hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi. «Bu kabi raqamlar, bunday natijalar ilgari bizda bo‘lmagan edi. Bu ham xalqimizning birdamligi, xalqimizning mehnatsevarligi natijasida erishildi», — dedi prezident.

O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi
20 dekabr 2022, 11:22

O‘zbekistonda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilindi

Prezident Mirziyoyevning aytishicha, yilga nom tanlash uchun aholidan tushgan «20 mingga yaqin taklif» muhokama qilingan. «Juda ko‘p o‘ylandik», dedi u. Davlat rahbari 2023 yilga berilgan nomni izohlarkan, Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirdi: «Zakovat bor joyda ulug‘lik, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi».

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 11:02

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.

UzAuto Trailer korxonasi 561 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirildi
20 dekabr 2022, 10:28

UzAuto Trailer korxonasi 561 mlrd so‘m evaziga xususiylashtirildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, UzAuto Trailer korxonasi ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 561,1 mlrd so‘m evaziga Tataristonning «Ximgrad» texnopolis sanoat parkiga sotildi. Korxonani mustaqil baholash ishlari PricewaterhouseCoopers tomonidan amalga oshirildi.

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi
20 dekabr 2022, 10:23

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi

Onkologiya markazining poytaxt va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olib tashlangandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, markazning o‘zi ham savdodan olib tashlangan.

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 da boshlanadi
20 dekabr 2022, 09:56

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 da boshlanadi

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 dan boshlab davlat va xususiy telekanallar, radio va internet orqali jonli efirda namoyish etiladi (kanallar ro‘yxati).

Aksar banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga ko‘tarildi
20 dekabr 2022, 09:47

Aksar banklarda dollarning sotish kursi 25 so‘mga ko‘tarildi

Tijorat banklari 20 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 345 so‘m.

Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot
20 dekabr 2022, 07:23

Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti yarim yil davomida O‘zbekistonning 5 ta hududida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda zo‘ravonlikka uchragan 18−34 yosh oralig‘idagi 420 nafar respondent qatnashdi. Ayollarning 39,4 foizi erga gap qaytarishni zo‘ravonlik holatiga sabab qilib ko‘rsatgan.

O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
19 dekabr 2022, 23:09

O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekiston prezidenti elektromobillar ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Xaridorlarga mahalliy elektromobillarni xarid qilishda kredit foizlarining bir qismi qoplanadi. Shuningdek, davlat idoralari va hokimliklar uchun elektromobillar xarid qilinadi.

19 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 dekabr 2022, 22:00

19 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023 yilda davlat qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognozi, O‘zbekistonga keladigan Qozog‘iston prezidenti, Markaziy Osiyoning Rossiyaga bo‘lgan qaramligini yumshatishga yordam berishini aytgan YeI, yangi Ekopartiya rahbari, hafta o‘rtasida qor, oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)
19 dekabr 2022, 21:15

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 173 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi. Ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. Bir nafari esa Eron fuqarosi bo‘lib, u SSRI hududidan deportatsiya qilingan.

Ikki yil ichida O‘zbekistonda elektromobillar uchun 2400 ta quvvatlanish stansiyasi paydo bo‘ladi
19 dekabr 2022, 20:22

Ikki yil ichida O‘zbekistonda elektromobillar uchun 2400 ta quvvatlanish stansiyasi paydo bo‘ladi

2024 yildan boshlab barcha yangi savdo, ko‘ngilochar va biznes markazlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar va avtomobil yo‘llar bo‘yidagi infratuzilmalarda majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari joylashtiriladi. Ikki yil ichida 2400 ta stansiya quriladi.

Toshkent hokimligi davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi
19 dekabr 2022, 19:46

Toshkent hokimligi davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi

Toshkent hokimligi aholini davlat ekspertizasidan o‘tmagan yangi uylardan kvartira sotib olishdan ogohlantirdi. Poytaxt ma’muriyati shahar markazida qurilishi rejalashtirilgan DahO majmuasidagi kvartiralar davlat ekspertizasidan o‘tkazmasdan sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi.

2023-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?
19 dekabr 2022, 19:17

2023-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi.

2023 yilda davlat tashqi qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognoz qilinmoqda — Timur Ishmetov
19 dekabr 2022, 18:35

2023 yilda davlat tashqi qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognoz qilinmoqda — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetov quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida kelgusi yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilganini ma’lum qildi. Konsolidatsiyalashgan budjet miqdori 32,5 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 3% taqchillik bilan shakllantirildi.

O‘zbekistonda 2 yilda liftlardagi baxtsiz hodisa sabab 5 kishi vafot etgan
19 dekabr 2022, 18:22

O‘zbekistonda 2 yilda liftlardagi baxtsiz hodisa sabab 5 kishi vafot etgan

2021−2022 yillar davomida liftlarda 4 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. Hozirda mavjud liftlarning 290 dan ortig‘i o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, kapital ta’mirtalab.

O‘zbekiston kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi
19 dekabr 2022, 18:19

O‘zbekiston kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bangkokda (Tailand) o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 24 ta — 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali birinchi konteyner poyezdini jo‘natdi
19 dekabr 2022, 17:57

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali birinchi konteyner poyezdini jo‘natdi

Toshkentning Sergeli vokzalidan Kaspiy dengizi orqali O‘rta koridor bo‘ylab birinchi konteyner blok poyezdi jo‘natildi. U Bolgariyaning Burgas portiga mis konsentratlarini olib ketdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting