AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,43 so‘mga qimmatlab, 10 912,30 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Kengash hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, o‘g‘itlash, sug‘orish, suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, xususiy urug‘chilik klasterlari tashkil etiladi.
Prezident ipoteka kreditlarini ajratishda byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 1 sentabrga qadar aholiga har tomonlama xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazlarini tashkil etish topshirildi.
Xalqaro moliyaviy nashr The Financial Times «O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi — mamlakatdagi eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxona» nomli maqolani chop etdi.
O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.
Nukusdagi namoyishlarni tarqatish uchun maxsus vositalar qo‘llanilganidan bir necha kun o‘tib O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu vositalar qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi. «Gazeta.uz» ushbu vositalar suratlari va ulardan foydalanish oqibatlarini e’lon qilmoqda.
Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi — Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Andijonda «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi zaharlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Oilaviy korxonaga tegishli uchta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. SSV vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
9 iyul kuni Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni munosabati bilan o‘z faoliyatini soat 04:00 dan boshlaydi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.
Prezident loyihalash va qurilish sohasida yangi tizimni e’lon qildi. Hududlarning bosh va master rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika kengashi tuzilmoqda. Ular 3 bosqichda tashkil qilinadi. Bosh arxitektor lavozimi joriy etildi, shaharsozlik qoidalaridan 147 ta norma va boshqalar chiqarib tashlanmoqda.
JSST so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanish sezilarli darajada oshganini e’lon qildi. Asosan omikron shtammining mavjud kichik turlari tarqaldi, ammo yangilari ham aniqlangan. Tashkilot buster vaksinatsiyaning ahamiyatini eslatdi.
Qoraqalpog‘istonda 30 gektar maydonda «Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Unga mahalliy va xorijiy investorlar jalb etiladi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni dastlabki imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu hujjat 1996 yilda qabul qilingan bitimning o‘rnini egallashi va tomonlarning hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi sababli 11 iyuldan 18 iyulga qadar yopiladi. Qolaversa, 11 iyuldan avgustga qadar yo‘nalishdagi poyezdlar soat 05:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi «nonburger» dan zaharlandi. Ularning 17 nafari shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda uyali aloqa va Internet «soxta yangiliklarni tarqatib, dushman kayfiyatdagi kuchlar fuqarolarni aksilkonstitutsiyaviy faoliyatga ommaviy ravishda jalb qilishga uringanlari» sababli cheklanganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda o‘z yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari voqealarda ishtirok etgan barcha tomonlar harakatiga adolatli baho berishni topshirdi. Kuch tuzilmalari tomonidan noto‘g‘ri kuch ishlatilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ta’minlanishi aytildi.
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik polvonlar to‘rtta — bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 27,73 so‘mga qimmatlab, 10 887,87 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa yana pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting