Arxiv

Internet o‘chirilishi Qoraqalpog‘istonda odamlar hayotiga qanday ta’sir qo‘rsatmoqda?
5 iyul 2022, 19:29

Internet o‘chirilishi Qoraqalpog‘istonda odamlar hayotiga qanday ta’sir qo‘rsatmoqda?

Qoraqalpog‘istonda bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri internet cheklangan, shu sababli aksariyat terminallar, bankomatlar ishlamayapti, davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatilayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov bu holat odamlar hayotiga qanday ta’sir qilayotganini o‘rgandi.

Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 42 yoshli fuqaroni mashina urib ketdi
5 iyul 2022, 18:41

Toshkentda yo‘ldan o‘tayotgan 42 yoshli fuqaroni mashina urib ketdi

Yakkasaroy tumanida 42 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotgan vaqtida mashina urib ketdi. U zarba natijasida yiqilgan va shu yo‘nalishda kelayotgan boshqa bir avtomobil tagida qolib ketgan. Buning oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Haydovchilar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

«Diplom va malaka toifasiga ega emas». SSV bolakayni qiynab massaj qilgan shaxs haqida
5 iyul 2022, 18:24

«Diplom va malaka toifasiga ega emas». SSV bolakayni qiynab massaj qilgan shaxs haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yosh bolakayni qiynab, massaj qilgani aks etgan video tarqaldi. Soha mutaxassislari bunday massajdan so‘ng, suyaklar sinishi mumkinligini ta’kidlashdi. SSV shaxs diplom hamda malaka toifasiga ega emasligini aniqladi va uning ustidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi.

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirish to‘g‘risidagi protokollarini imzoladi
5 iyul 2022, 18:19

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirish to‘g‘risidagi protokollarini imzoladi

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi. Hujjatlarni barcha 30 a’zo davlat ratifikatsiya qilgandan so‘ng, davlatlar ittifoqqa a’zo bo‘ladi.

«Zamin» fondi G‘ijduvonda beshta maktabni ichimlik suvi bilan ta’minladi
5 iyul 2022, 18:04

«Zamin» fondi G‘ijduvonda beshta maktabni ichimlik suvi bilan ta’minladi

«Zamin» fondi «O‘zsuvta’minot» va XTV bilan hamkorlikda Buxorodagi umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena loyihasini yakunladi. Unga ko‘ra, G‘ijduvonda beshta maktab ichimlik suvi bilan ta’minladi. Qolaversa, maktabga yaqin bo‘lgan xonadonlar ham ushbu suvdan foydalanishi mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi fojia va jamiyat bilan muloqotdagi muammolar
5 iyul 2022, 17:04 1

Qoraqalpog‘istondagi fojia va jamiyat bilan muloqotdagi muammolar

Qoraqalpog‘istondagi fojia jamiyat bilan muloqot qilishga e’tibor berilmasligi hamda strategik muhim qarorlar parda ortida qabul qilinishi nimalarga olib kelishini namoyish qildi.

MO davlatlari rahbarlari 21-iyul kuni Qirg‘izistonda uchrashadi
5 iyul 2022, 16:31

MO davlatlari rahbarlari 21-iyul kuni Qirg‘izistonda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21-iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadi.

Rubl so‘nggi bir oy ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi
5 iyul 2022, 16:28

Rubl so‘nggi bir oy ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 23,45 so‘mga qimmatlab, 10 860,14 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi
5 iyul 2022, 15:55

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Uychi tuman hokimligi arxeologik yodgorlikni tadbirkorga berib yuborgani aniqlandi
5 iyul 2022, 15:12

Uychi tuman hokimligi arxeologik yodgorlikni tadbirkorga berib yuborgani aniqlandi

Namangan viloyati Uychi tumani hokimligi 2019 yilda arxeologik yodgorlikni MCHJga noqonuniy tarzda berib yuborgani aniqlandi. Tadbirkor yodgorlik hududining 21 sotix qismida qurilish qilgan va obyektga 3,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan. Tuman hokimligi va jamiyat mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi
5 iyul 2022, 13:10

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi ba’zi AYOQSHlarda benzin narxi keskin ko‘tarildi. Xususan, bir litr Ai-80 — 7,5 ming so‘mgacha, Ai-92 — 10 ming so‘mgacha, Ai-95 benzini esa — 11 ming so‘mgacha sotilmoqda. “O‘zbekneftgaz” esa o‘ziga qarashli shoxobchalarda Ai-80 benzini narxi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi
5 iyul 2022, 12:51

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi

Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar ligasining 2021−2022 yilgi mavsumida 33,6 km/soat tezlikni qayd etdi. Shu tariqa «Roma» futbolchisi musobaqaning eng tezkor o‘yinchisi deb topildi.

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida
5 iyul 2022, 12:50

«O‘zbekiston osoyishtalik va birlikni saqlashga qodir». Xitoy TIV Nukus voqeasi haqida

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan Nukus voqealariga munosabat bildirib, «O‘zbekiston tinchlik va birlikni saqlab qolishga qodirligiga» ishonishini ma’lum qildi. Turkiya TIV rahbari esa xavfsizlik va jamoat osoyishtaligini ta’minlashdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

AQSh fuqarolari Registon maydonida nikohdan o‘tishdi
5 iyul 2022, 12:24

AQSh fuqarolari Registon maydonida nikohdan o‘tishdi

Dushanba kuni Samarqanddagi Registon maydonida AQSh fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi va sayohat vaqtida tarixiy Samarqandni yoqtirib qolgani bois nikohini shu yerda o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilishdi.

2023 yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi
5 iyul 2022, 12:08

2023 yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan 2,76 mln dollarlik bitimni imzoladi. Unga ko‘ra, kelgusi yilda yana 18 nafar davlat xizmatchisi Yaponiyada magistratura va doktoranturada o‘qishga yuboriladi. Hozirda 35 kishi tahsil olmoqda.

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi
5 iyul 2022, 11:22

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi

3 iyulga kelib o‘zbekcha Wikipedia`ga 150 mingdan ortiq o‘zbek tilida maqolalar joylandi va u reytingda 58 o‘rinda ketmoqda. WikiStipendiya loyihasi boshlangandan keyin 4247 ta maqola qo‘shilgan. Ushbu maqolalarning deyarli barchasi bot yordamida emas, balki foydalanuvchilar tomonidan yaratilgani aytilmoqda.

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi
5 iyul 2022, 10:14

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi

2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan hududiga aylandi
5 iyul 2022, 10:03

O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan hududiga aylandi

Iyun oyida O‘zbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng ko‘p boradigan uchta hududdan biriga aylandi. Rossiya ishbilarmonlarining mamlakatdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etgan.

Nukusliklar namoyishlardan so‘ng yo‘qolib qolgan yaqinlarini qidirmoqda
4 iyul 2022, 22:31

Nukusliklar namoyishlardan so‘ng yo‘qolib qolgan yaqinlarini qidirmoqda

Nukusdagi namoyishlar tinchiganidan bir kun o‘tib, aholi shifoxonalar, morg va IIBdan o‘z yaqinlarini qidirishda davom etayotgan edilar. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov sudmedekspertiza markaziga (morg) kelganlar va izolyator oldida turgan hibsga olinganlarning turmush o‘rtoqlari bilan suhbatlashdi.

4 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 iyul 2022, 22:00

4 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonda tartibsizlik sabab vafot etgan 18 kishi, Konstitutsiyaning muhokama muddati uzaygani, havo haroratining pastlashi, Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmasligi, 2 mln doza Pfizer vaksinasi, Nukusdagi voqealar xronologiyasi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting