Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Jizzaxda masjidlardan elektr energiya uchun ortiqcha mablag‘ undirilganini aniqladi. «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» 2019−2021 yillar mobaynida 58 million 289 ming so‘m noto‘g‘ri hisoblagan.
Qarshi tumanida 77 yoshli fuqaro kelini va nabirasi bilan yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sudyalar oliy kengashining 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 12 nafar sudyaning ish joyi o‘zgartirildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 12−14 dekabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi, Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkaziladi.
1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 17 467 ta korxona tomonidan 6,6 trln so‘m soliq to‘langan. Xususan, umumiy soliq tushumlarining 41,1 foizi yoki 2,7 trln so‘mi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.
11 dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 122 kishini tashkil etib, ularning 83 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.
Surxondaryoda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi.
Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Rossiyaning “Азимут” aviakompaniyasiga tegishli Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan reys Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.
Tijorat banklari 12 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 275 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.
Toshkent viloyati Angren neft bazasida 5000 metr kub hajmdagi sig‘im sifonining jo‘mragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab, yorilib ketdi. Oqibatda zavoddan 11 500 litr benzin sizib chiqdi. Korxona rahbari hech kimga jiddiy zarar yetkazilmaganini ma’lum qildi.
Yer kimlarningdir nafsi uchun uvol qilinmay, ishlaydigan odamga berilishi kerak; «chinakam innovatsiyalar» suv tanqisligi oqibatlarini yumshatadi, ammo ular joriy etilmasa, mintaqadagi bo‘lajak agrar muammolardan eng ko‘p o‘zbekistonliklar aziyat chekadi, deb hisoblaydi yapon universiteti doktoranti Aziz Omonov.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Moskva avtobusi salonida o‘zbek tilida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish chaqirig‘i efirga uzatilgan lavhalar paydo bo‘lgan edi. «Mosgortrans» bunday xabarlar allaqachon efirdan olib tashlanganini ma’lum qildi.
UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilishda bir qancha soha rahbarlari, xususan, «Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.
Ko‘kdala tumanidagi tug‘ruqxonada elektr yo‘qligi sabab chaqaloqlar va ularning onalari sovuqda qolgani aytilmoqda. «Hech bo‘lmasa, shifoxonaga „svet“ beringlar», — deydi ayollar. Biroq tuman hokimligi isitishda uzilish bo‘lmaganni aytib, generatorni ishga tushirmagan xodimlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qo‘qonda Voyaga yetmaganlarga yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli bola vafot etgandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vaziyatga munosabat bildirib, bola hayotini saqlab qolish uchun lavozimdan ham voz kechishini ta’kidladi. U hodisa tizimning xatosi bo‘lganini tan oldi.
Namanganda xonadonlardan biri yarim tunda yonib ketdi. Oqibatda 2-guruh nogironi 95 foizlik kuyish jarohatini oldi. Yong‘in qo‘lbola tunika pechga «gaz so‘rg‘ich» o‘rnatilgani sababli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Mehnat vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining 850 mingdan ortig‘ini nogironlar tashkil etadi. Ularning 70 mingga yaqini ishlaydi, yana 100 mingdan ortig‘i mehnat qilish istagida. «Xorijda tadbirkorlar nogironlarni ishga olishga sharaf deb qaraydi, bizda esa ozgina cho‘chiydi», — dedi Nozim Xusanov.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
SSV vakili deputatning shifokorlarni bodikamera bilan ta’minlash haqidagi taklifiga munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bodikamera YPX xodimlarini himoya qilolmagandek, «tez yordam» xodimlariga ham yordam berolmaydi. «Bodikameraga qanchalik ehtiyoj borligini chuqurroq o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting