Arxiv

O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi: 10 oyda 3 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazildi
6 dekabr 2022, 12:31

O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi: 10 oyda 3 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazildi

2022 yilning o‘n oyida 694 ta holatda o‘rmon huquqbuzarliklari aniqlanib, jami 3 mlrd 153,4 mln so‘m zarar keltirilgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rasmiysining aytishicha, 374 ta holat bo‘yicha 330 mln so‘mdan ortiq zarar va 85 mln so‘m jarima undirilgan. Hozirda qolganlarini undirish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini ayblashga uringan IIB xodimi hanuz tizimda ishlayotgani aytildi
6 dekabr 2022, 12:17

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini ayblashga uringan IIB xodimi hanuz tizimda ishlayotgani aytildi

2022 yilning yozida tarmoqlarda ikki ayolga kuch ishlatayotgan IIB xodimlaridan biri pogonini o‘zi yulib tashlab ayolni ayblagani aks etgan video tarqalgandi. IIV vakilining aytishicha, pogonini yulib tashlagan xodim hamon shu tizimda ishlamoqda, ayolga nisbatan bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari tayinlangan.

Dushanba kuni Toshkent metropoliteni 620 ming yo‘lovchi tashidi
6 dekabr 2022, 12:06

Dushanba kuni Toshkent metropoliteni 620 ming yo‘lovchi tashidi

Poytaxtda 5 dekabr kunining o‘zida 620 ming yo‘lovchi metrodan foydalandi (bu odatiy kundan 105 ming (21%) nafarga ko‘p). Metropoliten xodimlari yo‘lovchi ko‘pligi sabab, fuqarolardan qoidalarga amal qilishni va kassalarda navbat kutib qolmaslik uchun bank yoki transport kartalardan foydalanishni so‘radi.

«O‘zbekneftgaz» o‘z AYOQSHlarida AI-80 benzin narxi oshganini rad etdi
6 dekabr 2022, 11:51

«O‘zbekneftgaz» o‘z AYOQSHlarida AI-80 benzin narxi oshganini rad etdi

«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxi oshirilmagani va uning 1 litri 6800 so‘mligicha saqlanib qolayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya respublika NQIZlarida sutkasiga 4000 tonnadan benzin ishlab chiqarilayotgani va avtomobillar uchun bu turdagi yoqilg‘i zaxirasi yetarli ekanini qayd etdi.

IIV fuqarolarni qiyin vaziyatlarda qolganda murojaat qilishga chaqirdi
6 dekabr 2022, 11:09

IIV fuqarolarni qiyin vaziyatlarda qolganda murojaat qilishga chaqirdi

IIO xodimlari 3 nafar — biri Navoiyda ko‘p qavatli uyning dahlizida uxlayotgan, ikki nafari Toshkentdagi yer osti quvuri yonida isinayotgan boshpanasizga yordam berdi. IIV shaxsiy tarkibni kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdi. Aholi qiyin va xavfli vaziyatlarda 102, 1102 va 1173 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

JCH-2022: Xorvatiya va Braziliya chorak finalda, barcha Osiyo jamoalari mundialni nimchorak finalda yakunladi
6 dekabr 2022, 10:51

JCH-2022: Xorvatiya va Braziliya chorak finalda, barcha Osiyo jamoalari mundialni nimchorak finalda yakunladi

JCH-2022`ning nimchorak finalida Yaponiya — Xorvatiya hamda Braziliya — Koreya Respublikasi bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘yinda g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi, ikkinchi o‘yinda esa Braziliya terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi. Chorak finalda Xorvatiya va Braziliya uchrashadigan bo‘lishdi.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi
6 dekabr 2022, 10:20

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi

5 dekabr kuni respublikada koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamayib, 120 kishini tashkil etdi. (Bir kun oldin 153 kishida aniqlangan.)

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
6 dekabr 2022, 10:18

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi
6 dekabr 2022, 09:45

Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi

Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 330 so‘mgacha ko‘tarildi
6 dekabr 2022, 09:41

Banklarda dollarning sotish kursi 11 330 so‘mgacha ko‘tarildi

6 dekabr kuni tijorat banklari dollarni 11 250−11 310 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda, sotish kursi esa — 11 330 so‘m.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi
6 dekabr 2022, 09:25

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi. Endilikda ikki davlat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishi mumkin. Tegishli bayonnoma O‘zbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi.

Toshkentda uydagi yong‘in oqibatida 2 kishi vafot etdi
6 dekabr 2022, 09:12

Toshkentda uydagi yong‘in oqibatida 2 kishi vafot etdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 ta xonadondan iborat bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Uydan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi, biroq 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida 5 kishilik oila is gazidan halok bo‘ldi
5 dekabr 2022, 22:50

Buxoro viloyatida 5 kishilik oila is gazidan halok bo‘ldi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida er-xotin hamda ularning 2, 7 va 11 yoshli farzandlari yong‘in natijasida vujudga kelgan is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Toshkentda qozonxonalar gaz yetishmasligi sababli kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti
5 dekabr 2022, 22:34

Toshkentda qozonxonalar gaz yetishmasligi sababli kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti

Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetishmasligi sababli qozonxonalarda zaruriy haroratdagi issiqlikni ishlab chiqara olmayotgani, bu esa isitish sifatining yomonlashishiga olib kelayotganini ma’lum qildi.

Rossiyada cherkovlar, vokzallar va maktablar yaqinida mitinglar o‘tkazish taqiqlandi
5 dekabr 2022, 22:11

Rossiyada cherkovlar, vokzallar va maktablar yaqinida mitinglar o‘tkazish taqiqlandi

Rossiyada endilikda aeroportlar, vokzallar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar va cherkovlar yonidagi hududlarda mitinglar o‘tkazish taqiqlanadi. Tegishli qonun prezident Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

5 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
5 dekabr 2022, 22:00

5 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda gazsiz qolgan 14 ming iste’molchi, qorli Toshkent, yil boshidan buyon eksport qilingan 4 mlrd kubometr gaz, Chinozda is gazidan vafot etgan oila, talabalar uchun 15 kunlik qishki ta’til, Nukus voqealari tafsilotlari, sovuq ob-havo va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Yaponiyaning yangi elchisi O‘zbekistonga keldi
5 dekabr 2022, 21:52

Yaponiyaning yangi elchisi O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Takashi Xatorini qabul qildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi
5 dekabr 2022, 20:53

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi

2023 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiyaga ta’sirni cheklash bo‘yicha talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy etiladi. 2024 yildan esa quvvati 1 MVtdan yuqori quyosh va shamol elektr stansiyalarida energiyani saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Xo‘jakent tog‘larida sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan sayyohga yordam ko‘rsatildi
5 dekabr 2022, 20:02

Xo‘jakent tog‘larida sog‘lig‘i to‘satdan yomonlashgan sayyohga yordam ko‘rsatildi

FFV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi Xo‘jakent tog‘larida 1700 metr balandlikda ahvoli yomonlashib qolgan sayyohga yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston yil boshidan buyon 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi
5 dekabr 2022, 18:47

O‘zbekiston yil boshidan buyon 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi

10 oy davomida O‘zbekiston 841 mln dollarga 4 mlrd kubometr gaz eksport qildi. Bu mamlakatdagi umumiy ishlab chiqarishning deyarli o‘ndan bir qismidir. Gazning deyarli butun hajmi Xitoyga yuboriladi, ammo ikki mamlakat statistikasi bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting