Arxiv

Namanganda qalbaki 10 600 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23 iyun 2022, 11:27

Namanganda qalbaki 10 600 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namanganda Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan qalbaki 10 600 dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Mazkur mablag‘larni saqlab kelayotgan va kelgusida Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan ikki fuqaro qo‘lga olingani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda
23 iyun 2022, 11:24

O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekkosmos» agentligi Fransiyaning «Airbus DS GEO Intelligence» kompaniyasi bilan Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning evaziga kompaniya sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birgalikda sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Kvars» kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi
23 iyun 2022, 10:26

«Kvars» kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

UzAssets investitsiya kompaniyasi «Kvars» AJdagi 89,78 foiz aksiyalar paketini sotuvga qo‘ydi. Shisha qadoqlari, listlar va bankalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonaning daromadi o‘tgan yili 423 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

DXX Surxondaryodagi yig‘ilish vaqtida 8 nafar davlat xizmatchisini hibsga oldi
23 iyun 2022, 10:14

DXX Surxondaryodagi yig‘ilish vaqtida 8 nafar davlat xizmatchisini hibsga oldi

DXX Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimini hibsga oldi. Ular budjet va kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo‘lga kiritdi
23 iyun 2022, 10:03

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik atletlar velotrek bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Terma jamoa hisobidagi yagona oltin medalga raqiblarini uchta aylanaga ortga qoldirgan Farruh Bobosherov sazovor bo‘ldi.

Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlashda 1,5 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi
23 iyun 2022, 09:52

Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlashda 1,5 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari yo‘l infratuzilmalarini ta’mirlashda qo‘shib yozish orqali 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

22 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 iyun 2022, 22:21

22 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

To‘palangdagi to‘polon, osilgan holda topilgan Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi, Surxondaryoda aniqlangan soxta At Termiziy University, Evos filiallarining birida chiqqan yong‘in, sel xavfi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 22 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Gazeta.uz» fotograflari Jahon banki tanlovida sovrindor bo‘ldi
22 iyun 2022, 21:10

«Gazeta.uz» fotograflari Jahon banki tanlovida sovrindor bo‘ldi

Jahon banki O‘zbekistonda qashshoqlikka qarshi kurashish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yosh fotosuratchilar o‘rtasidagi qo‘shma tanlov natijalarini sarhisob qildi. «Gazeta.uz» fotograflari Madina A’zam va Yevgeniy Sorochin tanlovning asosiy va maxsus sovrinini qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyatida arxeologiya yodgorligiga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazilgan — DXX
22 iyun 2022, 20:26

Toshkent viloyatida arxeologiya yodgorligiga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazilgan — DXX

Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini qayta ta’mirlashda soxta hisob-kitoblar yo‘li bilan 670 mln so‘mga yaqin davlat mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bundan tashqari, Qibray tumanidagi arxeologiya yodgorligi yaqinidagi qurilish ishlari ushbu obyektga 5 mlrd 668 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV
22 iyun 2022, 20:24

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etishda Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi
22 iyun 2022, 20:11

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi

Afg‘onistonda chorshanbaga o‘tar tunda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ming nafardan oshdi. Bosh vazir jabr ko‘rgan oilalar uchun 100 mln afg‘oniy ($1,1 mln) ajratdi. Mudofaa vazirligi voqea joyiga 7 ta vertolyot va tibbiy brigadasini jo‘natdi.

O‘zbekiston besh oyda 615,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi
22 iyun 2022, 19:14

O‘zbekiston besh oyda 615,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi

Yanvar-may oylarida qiymati 335 mln dollarlik 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan qaraganda 44 ming tonnaga ko‘p demakdir. O‘z navbatida, ichki bozorda sabzavotlar narxi oshdi.

Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vaziri tayinlandi
22 iyun 2022, 18:17

Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashida ishlab kelayotgan Gulzira Baxiyeva Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi bir oydan kamroq vaqt ichida tayyorlandi
22 iyun 2022, 17:57

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi bir oydan kamroq vaqt ichida tayyorlandi

Konstitutsiyaviy komissiyaning ilk yig‘ilishidan bir oy ham o‘tmasdan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Bosh qonunning 66 ta moddasiga 170 dan ortiq tuzatish kiritilmoqda. Biroq, loyihaning to‘liq shakli e’lon qilinmadi.

Rubl kursi ilk bor 200 so‘mdan oshdi
22 iyun 2022, 17:46

Rubl kursi ilk bor 200 so‘mdan oshdi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 48,91 so‘mga arzonlab, 10 847,08 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl esa qimmatlab, ilk bor 200 so‘mdan oshdi.

Buxoroda yangi aeroport terminali, Urganchda yangi aeroport quriladi
22 iyun 2022, 17:15

Buxoroda yangi aeroport terminali, Urganchda yangi aeroport quriladi

Urganch aeroporti sho‘rlanish tufayli yaroqsiz holga kelgan va rekonstruksiyaga yaramaydi, shu bois yangi havo bandargohi qurilishi rejalashtirilmoqda, dedi Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva. Buxorodagi aerodromni esa rekonstruksiya qilish va yangi terminal qurish talab etiladi.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi
22 iyun 2022, 16:56

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet hafta oxiriga qadar va dushanba kuni kuzatiladigan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirdi. Aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Pandemiyadan keyin trendga chiqqan 8 ta soha
22 iyun 2022, 16:48

Pandemiyadan keyin trendga chiqqan 8 ta soha

Pandemiyadan so‘ng, aniqrog‘i 2022 yilda yangi trendlar yuzaga keldi. Misol uchun, metaborliq, blokcheyn, telemeditsina, 3D bosma kabi sohalarga bo‘lgan qiziqish ortdi. «Gazeta.uz» 8 ta eng ilg‘or o‘sib borayotgan sohalarning bozordagi o‘rni va hajmi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

Hokim yordamchilari uchun halollik bo‘yicha kurslar o‘tkazilmoqda
22 iyun 2022, 16:38

Hokim yordamchilari uchun halollik bo‘yicha kurslar o‘tkazilmoqda

Prezident tanqididan so‘ng, hokim yordamchilari uchun halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi. Seminarlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari va boshqalar tahlil qilinmoqda.

Boku — “olovlar mamlakati” poytaxtidan reportaj
22 iyun 2022, 15:38 1

Boku — “olovlar mamlakati” poytaxtidan reportaj

Ozarbayjon poytaxti Kavkazdagi eng yirik shahar-port sanaladi. Sohillarini Kaspiy dengizi yuvib turadigan shahar ko‘rkam arxitektura, tarixiy maskanlarga boy. “Gazeta.uz” Bokudagi e’tiborga sazovor joylar, yonuvchi tog‘ va loy vulqonlar, ozarbayjon oshxonasi va sayyohlar uchun maslahatlar haqida so‘z yuritadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting