Arxiv

Kozimjon Komilov Oliy sud raisligiga qayta tayinlandi
13 iyun 2022, 13:33

Kozimjon Komilov Oliy sud raisligiga qayta tayinlandi

Senatorlar 2017 yildan beri Oliy sud raisi sifatida ishlab kelayotgan Kozimjon Komilovni prezident taqdimnomasiga muvofiq, lavozimga qayta saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Samarqandda o‘g‘il o‘z otasi va akasini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi
13 iyun 2022, 13:09

Samarqandda o‘g‘il o‘z otasi va akasini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi

Urgutda fuqaro o‘zining otasi va akasi bilan janjallashib, ularni bolta va pichoq bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, u tuman IIBga borib, aybiga iqror bo‘lgan va ularning jasadini uyining tomorqasiga ko‘mib yuborganini aytgan. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta issiq bo‘lishi kutilmoqda
13 iyun 2022, 12:17

Hafta issiq bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tariladi, kechalari esa +21 daraja atrofida bo‘ladi. Dushanba va seshanba kunlari tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud.

Qashqadaryoda 25 metrli quduqqa tushib ketgan 6 yoshli bola qutqarildi
13 iyun 2022, 11:55

Qashqadaryoda 25 metrli quduqqa tushib ketgan 6 yoshli bola qutqarildi

Dushanba kuni FVV xodimlari Chiroqchi tumanida chuqurligi 25 metr bo‘lgan artizan qudug‘iga tushib ketgan 6 yoshli bolakay qutqarib olindi. Qutqarish ishlariga ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

AOKA davlat organlarini jurnalistlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi
13 iyun 2022, 11:48

AOKA davlat organlarini jurnalistlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgan (Sevimli telekanali tasvirchisini kaltaklaganini aytgan) IIV va Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan chora ko‘rilishiga umid bildirdi. Agentlik barcha davlat organlarini jurnalistlar mehnatini hurmat qilishga chaqirdi.

Islam Aslanov para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
13 iyun 2022, 11:19

Islam Aslanov para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

O‘zbekistonlik para suzuvchi Islam Aslanov Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha takliflarning 70 foizdan ortig‘i yoshlardan kelib tushmoqda
13 iyun 2022, 11:11

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha takliflarning 70 foizdan ortig‘i yoshlardan kelib tushmoqda

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 11 iyun holatiga jami 20 148 ta taklif kelib tushdi, shuni 70 foizidan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lganlar tomonidan yo‘llangan. Hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonda referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi
13 iyun 2022, 10:21

O‘zbekistonda referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi

Deputatlar referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.

IIV Sevimli telekanali tasvirchisi janjal vaqtida jarohat olganini ma’lum qildi
13 iyun 2022, 10:08

IIV Sevimli telekanali tasvirchisi janjal vaqtida jarohat olganini ma’lum qildi

IIV ichki ishlar xodimlari kaltaklagani aytilgan Sevimli telekanalining tasvirchisi stadionga kirishga uringan olomonning janjali vaqtida jabrlanganini ma’lum qildi. «Jamoat tartibini buzgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Farg‘onada YPX inspektori pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda
13 iyun 2022, 09:45

Farg‘onada YPX inspektori pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda

Quva tumanida YPX inspektori fuqarolardan pora olishga uringanlikda gumonlanmoqda. U o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida o‘zini nosamimiy tutib ketib qolgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga oshirildi.

Sevimli telekanali jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklanganini ma’lum qildi
13 iyun 2022, 09:24

Sevimli telekanali jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklanganini ma’lum qildi

Sevimli telekanali O‘zbekiston-Iroq o‘yinini videoga olayotgan tasvirchi bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kaltaklanganini xabar qildi. Xodimlar keyin uzr so‘rashgan va voqea haqida xabar bermaslikni talab qilishgan. Telekanal yangilikni o‘chirib tashladi.

Buxoroda suv ta’minoti tiklandi
12 iyun 2022, 17:24

Buxoroda suv ta’minoti tiklandi

Buxoroda markaziy magistraldagi nosozlik tufayli bir kun avval uzilib qolgan suv ta’minoti to‘liq tiklandi.

Rossiya Jahon turizm tashkiloti tarkibidan chiqdi
12 iyun 2022, 17:11

Rossiya Jahon turizm tashkiloti tarkibidan chiqdi

Rossiya Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) tarkibidan chiqdi. Aprelda tashkilot Bosh assambleyasi Ukrainaga bostirib kirish tinchlik va xalqaro do‘stlik qadriyatlariga mos kelmasligi sababli RF a’zoligini to‘xtatgan edi.

Prezident mashinada 1,5 soat Toshkent bo‘ylab aylanganini ma’lum qildi
12 iyun 2022, 15:14

Prezident mashinada 1,5 soat Toshkent bo‘ylab aylanganini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev avtomashinada Toshkent bo‘ylab bir yarim soat yurib, juda ko‘p qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lganini aytdi. «Xohlagan odam xohlaganini qilib yuribdi. Odam qo‘rqib ham ketdi», dedi u.

O‘zbekiston-Iroq bahsida muxlislar toshbo‘ron uyushtirishdi. Fotosuratchi va operator jarohatlandi
12 iyun 2022, 14:40

O‘zbekiston-Iroq bahsida muxlislar toshbo‘ron uyushtirishdi. Fotosuratchi va operator jarohatlandi

O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari uchrashuvida tomoshabinlar toshbo‘ron uyushtirishdi. Natijada fotosuratchi va operator jarohatlandi. Iroq termasi bosh murabbiyining fikricha, o‘yinni to‘xtatish kerak edi. «Muxlislar biz tomon toshlar uloqtirishdi. OFKga savolim bor: bu normal holatmi?» — dedi u.

Xorazm viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
12 iyun 2022, 12:08

Xorazm viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Gurlan tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Achilov Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Kuzda viloyat hokimi unga hayfsan e’lon qilgan edi.

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi
12 iyun 2022, 03:59

Buxoroda suv ta’minoti uzilib qoldi

Buxoroda markaziy quvurda ro‘y bergan nosozlik tufayli suv ta’minoti vaqtincha to‘xtab qoldi. Viloyat hokimi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi
12 iyun 2022, 03:52

Qizil kartochka, avtogol, penaltilar seriyasi: O‘zbekiston Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Iroq jamoasini mag‘lub etib, Azii U-23 Kubogi yarim finaliga chiqdi. O‘zbekistonliklar o‘yinning katta qismini o‘n kishi bilan o‘tkazgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. «Xuddi Yevropa Chempionlar ligasiga o‘ynagandek bo‘ldik», — dedi Jasur Jaloliddinov.

Toshkent markazidagi bir qator ko‘chalar velomarafon sababli vaqtincha yopiladi
11 iyun 2022, 22:14

Toshkent markazidagi bir qator ko‘chalar velomarafon sababli vaqtincha yopiladi

12 iyun kuni Butunjahon velosiped kuniga bag‘ishlangan velomarafon o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 8:00 dan 11:00 gacha yopiladi.

Jomboyda Germaniya fuqarosining o‘limi bo‘yicha besh kishi sudlandi
11 iyun 2022, 17:58

Jomboyda Germaniya fuqarosining o‘limi bo‘yicha besh kishi sudlandi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5 nafar fuqaro Germaniya fuqarosiga og‘ir tan jarohati yetkazishda ayblanib, 13 yildan 19 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Ular uning uyiga niqob kiyib kirib, pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting