UZDIGITAL TV Setanta 1 va Setanta 2 telekanallarini efirga uzatish huquqiga ega bo‘ldi. Endi sport muxlislari yirik futbol ligalari va boshqa musobaqalarni HD sifatida tomosha qilishlari mumkin.
Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.
Prezident Parijda «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF» kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. U fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar vositasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
O‘tgan 9 oy davomida 704,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlashda 30 mlrd so‘mga yaqin qonun buzilishi holatlari aniqlandi. «Bunday holatlar yildan-yilga oshib bormoqda», — deyiladi quyi palata xabarida.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida mast erkak shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini «nega meni haqorat qilasan», deya kaltakladi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etdi.
Urganch xalqaro aeroporti quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli 3 ta aviareysni qabul qila olmadi. Moskva — Urganch yo‘lovchi reyslari Navoiy va Buxorodagi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.
Namangan viloyatida Malibu va VAZ 2101 mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda VAZ 2101 haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.
Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.
22 noyabr kuni banklarda dollar 11 260 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 240 — 11 175 so‘m oralig‘ida.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fiyebig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.
O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 2025 yilgacha bo‘lgan strategik hamkorlik dasturi imzolandi. U 1 milliard yevrodan ortiq loyihalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Parkent tumanida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda. Toshkent viloyati IIBB holat yozda sodir bo‘lgani va ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi. Videoda huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani tufayli ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.
B guruhidagi ikkinchi qarama-qarshilik: AQSh — Uels uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. 1-taymda Liberiya prezidenti,1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Vea AQShni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 2-taymda Garet Beyl penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
A guruhidan joy olgan Senegal va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik niderlandlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning asosiy qismi pozitsion hujumlar bilan o‘tdi va Niderlandiya faqat o‘yinning oxiriga kelibgina hisobda oldinga chiqib olishdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Rosatomning «TVEL» kompaniyasi o‘rtasida institut hududida joylashgan binolardan biri va past aktivli chiqindilarni saqlash omborxonasini ni ekspluatatsiyadan chiqarishda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Fransiyaga kelgan Shavkat Mirziyoyev, o‘zi va 3 bolasini suvga tashlaganiga qamoqqa olingan ayol, Qozog‘istonning yangi prezidentini «ishonchli g‘alaba» bilan tabriklagan Mirziyoyev, Surxondaryodagi yo‘lto‘sarlar, «Ayollar daftari»dagi boshpanasizlarga ijtimoiy uy berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida iqlim ofatlaridan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish va global isishni Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja oralig‘ida ushlab turish zarurati masalalari ochiq qoldi.
Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, yanvar-iyun holatiga davlat qarzi 26 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 35,1%) tashkil etdi. Yanvar-iyun oylarida davlat tashqi qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslarining o‘zgarishi (yapon iyenasi, SDR va yevro) qarz qoldig‘ining kamayishiga olib keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting