Arxiv

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi
16 noyabr 2022, 11:11

Zangiotada «KamAZ» bilan to‘qnashgan Nexia-2 yonib ketdi

Toshkent viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida Nexia-2 «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Zarb oqibatida Nexia-2 yonib ketdi.

Banklar dollar kursi bo‘yicha yangi takliflarni e’lon qildi
16 noyabr 2022, 10:41

Banklar dollar kursi bo‘yicha yangi takliflarni e’lon qildi

16 noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi 11 170,65 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi
16 noyabr 2022, 10:34

O‘zbekiston COP27`da Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyasi (COP27)da nutq so‘zladi. U Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi va O‘zbekiston «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan yigit vafot etdi
16 noyabr 2022, 09:35 1

Surxondaryoda harbiy xizmat o‘tayotgan yigit vafot etdi

Tarmoqlarda Termizdagi harbiy qismlarning birida xizmat o‘tayotgan qarshilik yigit vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mudofaa vazirligi uning sog‘ligidagi shikoyat uchun klinik gospitalga yotqizilgani va operatsiyadan so‘ng yigitda biologik o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi.

Rossiya tashkiliy tarzda yuboriladigan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi
16 noyabr 2022, 08:58

Rossiya tashkiliy tarzda yuboriladigan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi

Rossiya O‘zbekistondan qurilish, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatga tashkiliy tarzda yollash orqali jalb qilingan mehnat muhojirlari soniga cheklov, shuningdek, majburiy emlash talabini olib tashladi.

Toshkent shahri va viloyatlarda qariyb 4,4 tonna yaroqsiz go‘sht olib qo‘yildi
16 noyabr 2022, 08:32

Toshkent shahri va viloyatlarda qariyb 4,4 tonna yaroqsiz go‘sht olib qo‘yildi

Poytaxtning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida qariyb 4,4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini saqlash va sotishga urinish holatlari aniqlandi.

«So‘x eksklaviga alohida koridor ochish — noreal narsa» — Abdulla Aripov
16 noyabr 2022, 08:15

«So‘x eksklaviga alohida koridor ochish — noreal narsa» — Abdulla Aripov

Qirg‘iziston O‘zbekistonga So‘x anklaviga alohida koridor ajratmaydi, biroq davlatlar chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirishga kelishib oldi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov. Xususan, ID-kartalar bilan (pasportsiz) harakatlanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

AQShning yangi elchisi O‘zbekistondagi missiyasini boshladi
16 noyabr 2022, 07:30

AQShning yangi elchisi O‘zbekistondagi missiyasini boshladi

AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tursinxan Xudaybergenov lavozimi o‘zgardi
15 noyabr 2022, 22:06

Tursinxan Xudaybergenov lavozimi o‘zgardi

Prezident 2016 yil dekabrdan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Tursinxan Xudaybergenovni o‘zining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi etib tayinladi.

Toshkent hokimi o‘rinbosari insta-blogerni sudga berdi
15 noyabr 2022, 21:52

Toshkent hokimi o‘rinbosari insta-blogerni sudga berdi

Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Umarova insta-bloger Sevinch Sa’dullayevani sudga berdi. Sud vaqtida bloger o‘z qilmishlarini boshqa takrorlamaslik hamda barcha video va fotosuratlarni o‘chirib tashlashga va’da berib, yengilroq jazo tayinlanishini so‘ragan, biroq 5 sutkaga qamalgan.

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
15 noyabr 2022, 20:27

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida to‘rtinchi yer osti silkinishi.

Buxoro maktablaridan birida o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklagani holati tergov qilinmoqda
15 noyabr 2022, 20:10

Buxoro maktablaridan birida o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklagani holati tergov qilinmoqda

Buxoro viloyati xalq ta’limi va ichki ishlar boshqarmalari Buxorodagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi, 116 nafariga intizomiy chora ko‘rildi
15 noyabr 2022, 19:31

Qoraqalpog‘istonda 15 nafar mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi, 116 nafariga intizomiy chora ko‘rildi

Qoraqalpog‘istonda «o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan» 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirok etishadi
15 noyabr 2022, 19:00

Xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirok etishadi

15 dan 17 noyabrgacha Varshavada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari qatnashadi.

Toshkentda yana 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
15 noyabr 2022, 17:48

Toshkentda yana 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Poytaxtda yana Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan avariya sodir bo‘ldi. To‘rtinchi mashina esa — Labo. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

«Dunyo bola nigohida». Toshkentda #wearethechildren fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
15 noyabr 2022, 17:42

«Dunyo bola nigohida». Toshkentda #wearethechildren fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Humo Arena’da #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. U YUNESKO va Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan erta yoshdagi bolalarni tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi arafasida ochildi. Ko‘rgazmada Osiyo, Afrika, Janubiy Amerikada olingan fotosuratlar o‘rin olgan.

Toshkent viloyatida bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodim ishdan bo‘shatildi
15 noyabr 2022, 17:41

Toshkent viloyatida bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

Noqonuniy tadbirkorlarga yordam bermoqchi bo‘lgan «Oybek» chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimi qo‘lga olindi. Shuningdek, xizmat lavozimini suiiste’mol qilgan Toshkent xalqaro aeroporti navbatchilik qismi boshlig‘i va «Qo‘qon» TIF bojxona postining bir nafar xodimi ham ishdan olindi.

Sirdaryoda yo‘l qurilishida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi
15 noyabr 2022, 17:30

Sirdaryoda yo‘l qurilishida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi

DXX «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi mansabdorlarining 1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-toroj qilganini aniqladi. Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda boshqa jazo turlari tayinlandi.

Mehmonxonalarga «yulduzlar» yangi standart asosida beriladi
15 noyabr 2022, 16:54

Mehmonxonalarga «yulduzlar» yangi standart asosida beriladi

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi mehmonxonalarga «yulduzcha» berishning yangi tahrirdagi davlat standarti loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97 ta talab 85 taga qisqardi.

Toshkentda Kia K5 va Spark to‘qnashdi
15 noyabr 2022, 16:40

Toshkentda Kia K5 va Spark to‘qnashdi

Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada Kai K5 va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi jarohat bilan shifoxonaga yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting