Furqat Sidiqov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Bahromjon A’loyev TIV rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning radiorele antennalari joylashgan O‘ng‘or tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Bosh vazir Abdulla Aripov evaziga o‘zbek tomoni O‘zbekiston tomondan chiqish mumkin bo‘lmagan tog‘ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytdi.
Qonunchilik palatasi O‘zbek-Qirg‘iz davlat chegarasining ayrim uchastkalari hamda Andijon (Kampir-obod) suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bosh vazir Abdulla Aripov hududlar almashinuvi tafsilotlarini ma’lum qildi.
Jurnalist Aziza Qurbonova yakshanba kuni gaz bosimi pastligi, choy ham qaynatolmayotganini tanqid qilgandi. Uning Facebook`dagi postida Uchtepa hokimligi sahifasi nomidan shunday izoh qoldirishdi: «Bas qiling xalqning g‘azabini qo‘zg‘atishni. Siz nima qilib berdingiz Uchtepaga?».
Bishkekda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta — 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Vazirlar, hokimlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Chirchiqdagi harbiy poligonda besh kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilaydi, jangovar tayyorgarlik, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Foto.
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShning YeXHTdagi elchilari O‘zbekiston va mintaqa davlatlariga tashrif buyurdi. Ular o‘z maqolalarida xavfsizlik masalalarini birgalikda ko‘rib chiqish va uning barcha — iqtisodiy, ekologik, insoniy va harbiy jihatlarini hisobga olish kerakligini yozadi.
Prezident farmoyishi bilan Saida Mirziyoyeva prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, u ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
2023 yilning 1 sentabrgacha O‘zbekistonda internet xizmatlari sifati va uzatish tezligini o‘lchaydigan tizim joriy etish taklif qilinmoqda. Uning veb-servis havolasi va mobil ilovasi ochiq manbalarda hamda internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarning rasmiy saytlarida joylashtirilishi ham belgilangan.
Jizzax viloyatida epitsentri Zarbdor tumani bo‘lgan yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi. 14 noyabr hisobidan bu O‘zbekiston hududida qayd etilgan uchinchi yer qimirlashi.
O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida yuz bergan portlash oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi.
Qo‘qonda 14 yoshli o‘smirning IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazida vafot etishi ortidan ikki nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avvalroq markaz rahbari lavozimidan ozod etilgandi, yana ikki xodimi janjalning oldini olmagani uchun ishdan olingandi.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan tashkil etilgan Yangi Nafas sport tadbirida mamlakatning 15 shahridan 50 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Toshkent vaqti bilan 13:01 Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida sezildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qalbaki 8300 dollar muomalaga chiqarilishining oldi olindi.
Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.
Vengriyaning «OTP Bank»i «Ipoteka-bank»dagi 75% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha muzokaralar qayta tiklanganini ma’lum qildi. Aprel oyida vengriya tomon Ukrainadagi urush ortidan ko‘rgan zarari tufayli O‘zbekiston hukumatidan ipoteka to‘lovlarini biroz muddatga kechiktirishni so‘ragan edi.
Metro bekatlari yaqinidagi veloturargohlar xavfli degan qarashlar bor. Bekatlarda velosipedlarini qoldirib, o‘z manziliga metroda yetib oluvchilarning turargohlar haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Buxoro — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Afrosiyob poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Hozirda qo‘ylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekistonga chorshanba kuni Volga bo‘yidan sovuq havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Kechasi harorat -2 daraja, kunduzi +10 daraja atrofida bo‘ladi. 14−18 noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting