«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatining yo‘qolishi qanday namoyon bo‘lishi va eshitish uskunasining taqilishi muhimligi haqida gapirib berdi. Hamda kuzning oxirigacha markazda Aurica Pixel 860 eshitish vositalariga «1+1» aksiyasi amal qiladi.
Prezident 2 oyda 300 ta mahallada tibbiyot punkti ochish bo‘yicha topshiriq berdi. Martgacha punktlar oilaviy poliklinikalardan 10 km uzoqlikdagi 272 ta mahallada ham paydo bo‘ladi. Yana 640 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi. Qolaversa, shifokorlarning maoshini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi.
Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
Prezidentning mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlari faoliyati tiklanadi. Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Markaziy bank 27-oktabr uchun dollar kursini 11 155,12 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.
Xalq banki tomonidan turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslarga mehmonxona va xostellar faoliyatini tashkil etish uchun 22 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi Land Cruiser mashinasi 5 yoshli bolani urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bayonotiga ko‘ra, voqea 7 oktabrda sodir bo‘lgan. Shuningdek, hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani va holat IIB tomonidan rasmiylashtirilgani qayd etildi.
Toshkent metrosidagi stansiyalarda nogironligi bor shaxslarga sharoitlar yaratilishi, Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh bergan Akmal Saidov, janjal sabab xotinini urib o‘ldirgan sirdaryolik erkak, Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar bilan suhbat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Senat Kengashi majlisida avtovokzallar, metro stansiyalari, bekatlarda panduslar yo‘qligi, nogironlarga sharoitlar yaratilmagani, hojatxonalar, yo‘l infratuzilmalari va ko‘priklar bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligi sharoitlar kelgusi ikki yilda yaratilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston harbiylari va kuch tuzilmalari shimolda mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Ularda jangovar navbatchilik o‘tkazayotgan chegarachilarga shartli terrorchilar hujumini qaytarish, garovga olinganlarni ozod etish va boshqalar bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi mualliflari ayrim ko‘chalarga avtomobil katnovini cheklashni, velosiped yo‘laklari hisobiga yo‘l qismini toraytirib, ko‘p qavatli uylar joylashgan mavzelarni mahalla tamoyili asosida ko‘kalamzorlashtirishni taklif qilmoqda.
Qohirada (Misr) bo‘lib o‘tgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
UNICEF haddan tashqari issiq harorat bolalar yashash sharoitiga, xavfsizligiga, ovqatlanishiga va suvdan foydalanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Tashkilotning ma’lum qilishicha, hozirda taxminan 559 mln bola o‘ta issiq iqlim sharoitida yashaydi.
Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i «Dream Park» nomi bilan qayta ochilganidan so‘ng, uning nomlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimi maslahatchisi Botir Rasulov bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi va G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishini ma’lum qildi.
Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya hukumatlari o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Toshkentning 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi loyihasida poytaxtni boshqa hududga ko‘chirish ko‘zda tutilmagan. Biroq, «ToshkentboshplanLITI»ga ko‘ra, ma’muriy markaz qisman «Yangi Toshkent»ga ko‘chadi. Institut mutaxassislarining qayd etishicha, shoshilinch ko‘chish muammolar keltirib chiqarishi ham mumkin.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak o‘zaro janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Oqibatda ikki nafar voyaga yetmagan bola yetim qoldi.
Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting