Arxiv

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
24 noyabr 2024, 18:14

IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i Axrorjon Atxamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Tashxodjayev va IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Timur Sobirov lavozimidan ozod etildi.

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi
24 noyabr 2024, 16:45

COP29: iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan davlatlar uchun yiliga kamida 300 mlrd dollar ajratiladi

Bokuda o‘tgan COP29 iqlim sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda yordam sifatida yiliga 300 mlrd dollar ajratishga kelishildi. Ammo qatnashchilarning ayrimlari tashabbusni tanqid qilib, bu miqdor muammo ko‘lami uchun yetarli emas, demoqda.

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi
24 noyabr 2024, 16:02

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuxrat Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bungacha vazirlik rahbarining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Talaba Yugur musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
24 noyabr 2024, 13:00

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Talaba Yugur musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22 va 23-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Yangi Nafas umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport tadbiri — Talaba Yugur talabalar ommaviy yugurish musobaqasining yakuniy bosqichi markaziga aylandi.

Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
24 noyabr 2024, 11:38

Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Uch politsiyachi yaralandi, hujum qilgan shaxsning o‘zi o‘ldirildi. Hududda mahalliy aholining G‘azodagi harakatlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez bo‘lib turadi.

“Zo‘ravonlikni boshdan kechirgan har bir ayol — kimningdir onasi, singlisi yoki qizi”. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi davom etyapti
24 noyabr 2024, 10:44

“Zo‘ravonlikni boshdan kechirgan har bir ayol — kimningdir onasi, singlisi yoki qizi”. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi davom etyapti

Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto.

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI
24 noyabr 2024, 10:18

Toshkentda uy-joy bozorida daromadlilik tushib bormoqda — MHTI

Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
24 noyabr 2024, 09:08

Toshkentda fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida fotograf Yevgeniy Olevskiy xotirasiga bag‘ishlangan “Men dunyoni shunday ko‘rdim” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishdan tabiat va odamlarni aks ettiruvchi 50 ta asar o‘rin olgan.

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi
24 noyabr 2024, 08:52

O‘zbekiston va Kuvayt savdo tartiblarini osonlashtirishga kelishib oldi

Toshkentda O‘zbekiston va Kuvayt delegatsiyalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazdi. Tomonlar savdo tartib-qoidalarini soddalashtirishga kelishib oldi va imtiyozli savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi
24 noyabr 2024, 08:38

Xitoyning CAMCЕ kompaniyasi Toshkentdagi 764 gektar maydonga ega maxsus sanoat zonasi boshqaruvini oladi

Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi
23 noyabr 2024, 20:59

Abdusalom Azizov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazildi

Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ixtiyoriga o‘tkazildi.

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi
23 noyabr 2024, 19:24

Bahodir Qurbonov O‘zbekiston DXXning yangi raisi etib tayinlandi

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi.

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi
23 noyabr 2024, 19:14

DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan olindi. U 2019-yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 noyabr 2024, 17:50

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda. Ulardagi rahbar va o‘qituvchilar malakasini oshirish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)
23 noyabr 2024, 14:40

Prezident Toshkentda “yashil belbog‘” yaratish loyihasi doirasida daraxt ekdi (foto)

Prezident Toshkent atrofida “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi doirasida daraxt o‘tqazdi. Yangi bog‘ poytaxt halqa yo‘li bo‘ylab yaratilmoqda. Tadbirda hukumat a’zolari, jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar ishtirok etdi. Ayni paytda boshqa hududlarda ham shunday bog‘lar barpo etilmoqda.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
23 noyabr 2024, 13:53

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi (2−3 ball).

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida
23 noyabr 2024, 13:42

“Aholi rozi bo‘lsa, ko‘chirish choralari ko‘riladi”. Hukumat — Boysundagi Kofrun aholisini evakuatsiya qilish haqida

Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryoning Boysun tumaniga texnogen falokatdan so‘ng ikki marta bordi, deydi uning matbuot xizmati. Hukumat rahbari mahalliy aholi bilan evakuatsiya masalasini muhokama qilgan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda
23 noyabr 2024, 13:00

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yevropada talabalar muvaffaqiyati uchun yangi imkoniyatlar sari qadam tashlamoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Ispaniya va Portugaliyaga tashrif buyurib, top universitetlar hamda mashhur Real Madrid fondi bilan shartnomalar imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Nima tayyorlaymiz: pechenye
23 noyabr 2024, 10:53

Nima tayyorlaymiz: pechenye

“Alfaxores” pechenyesi, zanjabilli pryaniklar, “Qahva donalari” pechenyesi, olmali pechenye va boshqa pechenye retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

22-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
22 noyabr 2024, 23:49

22-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Vazirlar Mahkamasining 2030-yilgacha Harakat dasturi, energoresurslar ishlab chiqarilishidagi pasayish, Umra sayohatini amalga oshira oladigan turfirmalar ro‘yxati, maktablardagi bullinglar hamda ularning oqibatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting