Davaktiv International mehmonxonasi xususiylashtirilganini ma’lum qildi. Uni 26 mln dollar evaziga Smart Fast Stroy qurilish kompaniyasi sotib oldi.
Prezident yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, tayanch ustunimiz bor: iqtisodiyot va ma’naviyat. Ma’naviy buyuk xalq — iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, — dedi u. Mirziyoyev so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etishini ham aytdi.
M360 Yevroosiyo sammiti ilk bor 2025-yilning 20−21-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan yirik mintaqaviy tadbirlardan biridir. Hamkorlar Raqamli texnologiyalar vazirligi va Beeline Uzbekistan bo‘ladi.
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekiston shu darajaga kelishida Shavkat Mirziyoyevning beqiyos o‘rni borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident siyosiy irodasi bilan O‘zbekiston dunyo miqyosida ishonchli hamkor sifatida tanilgan.
AQSh O‘zbekiston O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligiga 205 ming dollarlik laboratoriya jihozlarini topshirdi. Ular o‘simliklarning salomatligini tahlil qilish va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb nomlanishiga izoh berdi. “Yilni shunga bag‘ishlab, qonunlarni charxlab, ishlarni saranjom qilib olamiz. Har bir qaror, farmonni yashillikka olib borsak, yaxshi bo‘ladi”, dedi u.
“Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz hisobi va to‘lovi uchun Hudud Gaz Ta’minot ilovasini taqdim etdi. Xizmat yordamida foydalanuvchilar gaz sarfini kuzatish, hisobni to‘ldirish va tabiiy va suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilova test rejimida ishlaydi.
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov mamlakatning Kubadagi birinchi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Davlatlar diplomatik munosabatlarni 2006-yilda o‘rnatgan.
Bayden ma’muriyati Ukrainaning 4,65 mlrd dollarlik qarzini hisobdan chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu Tramp lavozimga kirishgunga qadar “Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qadamlarning oxirgisi” bo‘ladi, deb yozdi Bloomberg. Reja respublikachilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi issiqxona egasi uch yil davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 14 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi.
Raqobat qo‘mitasi mamlakatdagi 878 ta dorixonada dori vositalarining narxi oshirilganini aniqladi. Joriy yilda 100 mingdan ortiq holatda xaridorlardan 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz olingan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar bilan tanishdi. 2025-yilda 1,8 mlrd dollar investitsiya jalb qilish orqali 20 ming ish o‘rni yaratish, zaxiradagi yerlarda sanoat zonalari tashkil etish, yaylovlarni turistik hududga aylantirish — shular jumlasidan.
Qayta bosh vazir bo‘lgan Abdulla Aripov, yangi hukumatning kelgusi besh yillik vazifalari, Qurolli kuchlar salohiyati oshirilishini aytgan prezident, 2030-yilgacha YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Sirdaryoning Yangiyer shahrida ishlab chiqarish sexi mas’ullari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQShning Nyu York shahrida 22 yil ichida birinchi marta qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi, shahar hukumati aholi va korxonalarni suvni ko‘ngilli ravishda tejashga chaqirdi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 11-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan 24 yoshli yigitning jasadi topildi. Uning jasadi 12-noyabrda Anhor kanalida erkak cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushganidan so‘ng, 4-GES yaqinidagi suvdan aniqlandi.
Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan.
AQShda Donetsk viloyatida rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatish va Kiyev mudofaasini mustahkamlash uchun Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat berildi.
Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting