Hukumat qarori bilan murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endi ushbu xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Amputantlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gaiti jamoasini mag‘lub etib, Jahon kubogida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu terma jamoaning turnir tarixidagi yettinchi medalidir.
Toshkent shahri Maxtumquli ko‘chasida BMW yo‘lni ajratuvchi to‘siqdan oshib o‘tib, Nexia-3 ustiga tushdi. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Sarimoy (Xorazm) va Jonkeldi (Buxoro) aholi yashash punktlari o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $47,1 mlnlik moliyaviy yordam berildi. Yangi liniya umumiy quvvati 1 GVtli ikkita shamol elektr stansiyasini milliy tarmoq bilan bog‘laydi.
1989 yil mart oyi, o‘shanda Hamid G‘ulom bildirgan fikrlar bugungi kunning yuziga oyna tutgandek dolzarbligicha qolmoqda: «Tilimizga e’tibor sezilmaydi. Tarjimonlarimiz tilimizni yaxshi bilishmaydi. Chunki rag‘bat yo‘q. Bu rag‘batni o‘zimiz so‘ndirganmiz. Tilimizga e’tiborsizlik o‘zimizdan boshlangan».
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel oktabr oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Senat qonunchilikka aholi punktlarining tarkibiy qismlariga jahon tarixida muhim iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish imkoniyatini taqdim etuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Bundan tashqari, endilikda joylarni nomlash yoki qayta nomlashda aholining fikri ham inobatga olinadi.
Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portladi. Oqibatda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan.
Bundan 10 yillar avval yozuvchi Ahmad A’zam: «Davlatimizga madhu sano o‘qimang, uning tiliga amal qiling. Ustozlar o‘quvchilar shevasini adabiy tilga burib, uni o‘rgatadigan qonun majburiyatlari qayerda qoldi? Endi buni qilib bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, bo‘ladi!» degandi.
Sentabr oyida aholida import va oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi hamda narxlarning sun’iy oshishi bo‘yicha xavotirlar kamaydi. Biroq, ishbilarmonlar valyuta kursining o‘zgarishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi, shuningdek, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashuvidan xavotirda.
Go‘shtli, nachinkasi sersuv, xamiri kefirdan bo‘lgan, «Xrizantema» va go‘tli konvertlar, o‘zbekcha balish va boshqalar — Zira.uz mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni istaganlar uchun go‘shtli piroglar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Davlat rahbari shu kunning o‘zida amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga shoshilishning hojati yo‘qligini aytgan prezident, tug‘ilgan kunida vafot etgan afsonaviy qo‘shiqchi Davron G‘oipov, stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni ortga surgan Markaziy bank, Curxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bolaning vafoti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Markaziy bank oktabr oyining ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavka ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.
UzAuto Motors jismoniy va yuridik shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarini birjaga joylashtirish boshlanganini ma’lum qildi. Bu O‘zbekistondagi yirik davlat kompaniyalarini amalga oshirgan ilk IPO bo‘ladi.
Maktab darsliklari tuzuvchisi Komil Jalilov «Gazeta.uz» bilan suhbatda 1−2-sinf darsliklarini aprobatsiya qilinishiga munosabat bildirdi. «Kimdir manfaatdor bo‘lgani yoki „yangi dastur va darsliklar yaratdim“ deb „ochko“ ishlash uchungina yangilash davlat tizimining ishlamasligini ko‘rsatadi, nazarimda», — dedi u.
«Qashqadaryo HETK» AJ G‘uzor TETK tezkor chiqish brigadasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. «Hududiy elektr tarmoqlari» vafot etgan elektromontyor «naryaddan tashqari o‘zboshimchalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda simlarni yechishga uringani»ni ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan Jizzax va Samarqandda jami 2,6 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli moddalar bilan gumonlanuvchilarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Markaziy bank tomonidan «Fuqarolik kodeksi»da belgilangan pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif berildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar mavjud kreditning dastlab muddati o‘tgan qismi va foizini, so‘ngra joriy qarzdorlik summasi va foizini to‘lashadi.
Senatorlar pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. 1 yanvardan I va II guruh nogironlarining pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1 yillik ish staji va ish haki miqdoridan kelib chiqib har 2 yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi va qo‘shimcha pul to‘lanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting