Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Videodan boshqa bir o‘quvchi ustozining boshiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin. XTV janjal o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelganini ma’lum qildi. O‘quvchining onasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.
Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.
AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.
Coca-Cola kompaniyasi soni cheklangan plastik idishlarni ishlab chiqardi, uning qopqog‘i ostidagi kod orqali futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmalar yutib olish imkoniyati mavjud.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.
Uzbekistan Airways 1-noyabrdan Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklashini ma’lum qildi. Toshkent — Kuala-Lumpur — Toshkent qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Olimlar guruhi hisoblab chiqqan Somon yo‘li galaktikasi massasining yangi qiymati avvalgi ma’lumotlarning deyarli yarmiga teng bo‘lib chiqdi. Ular galaktikaning massasi Quyosh massasidan atigi 550 mlrd marta katta degan xulosaga keldi.
Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan 2 foizli kvota asosida bu yil 960 nafar nogiron OTMni tamomladi, biroq ular ishsiz. Qonunchilikka ko‘ra davlat tashkilotlari ularga ish o‘rni yaratishi kerak, ammo tashkilotlar ish so‘rab borganlarga rad javobini beryapti. «Gazeta.uz» ushbu muammoga e’tibor qaratdi.
Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan Urganch — Milan — Toshkent, Urganch — Rim — Toshkent, Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.
Tilshunos, adib, jurnalist umuman o‘z tilini qadrlaydiganlar — o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga, shevalardagi behisob durdonalarni yig‘ib, adabiy til mulkiga aylantirishga harakat qilmog‘i kerak. «O‘zbek tili oyligi» doirasida Suyun Qorayevning 1990 yildagi maqolasini taqdim etamiz.
Milliy valyutadagi kredit stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasayib, 22,2% ni tashkil etdi. Aholi kreditlari bo‘yicha foizlar 5 oy ichida minimal darajaga tushdi, biroq biznes qarzlari yana ko‘tarila boshladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020 yil may oyidan beri maksimal darajaga yetdi.
Andijonning Paxtaobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan tashkilot 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.
Prezident qarori bilan keyingi o‘quv yilidan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlaydi. Institutda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, OTM qoshida To‘qimachilik texnoparki ochiladi.
Silga qarshi oltita dori AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida O‘zbekistonda foydalanish uchun JSSTning tezlashtirilgan ro‘yxatga olish tartibidan o‘tdi. Mamlakat sil kasalligiga chalinish bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi.
7-sentabr kuni Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq mevali daraxt yonib ketdi. Prokuratura jinoiy ish ochgan.
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 64 yoshli qaynota kechki ovqatni tayyorlashdan kelib chiqqan oilaviy janjal ortidan o‘z kelinini vahshiylarcha o‘ldirgan. Hodisa tafsilotlari oshkor qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting