Payshanba kuni Afg‘onistonda OTMlarga kirish imtihonlari boshlanadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qabul kvotasi qariyb 70 foizga oshirilganini olqishladi va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun qizlarga teng miqdorda o‘rin berilishiga umid bildirdi.
O‘zbekistonning Vengriyada diplomatik vakolatxona ochayotgani, issiqlik ta’minoti tariflari o‘zgarmasligi, OTBning O‘zbekistonga bergan navbatdagi krediti, tug‘ruqxonadagi muammo sabab ishdan olingan Chortoq tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, kutilayotgan chang to‘zonlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Rossiyada «qisman» safarbarlik e’lon qilinganidan keyin O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida rus avtomobillarining navbatlari paydo bo‘ldi. Biroq hozir chegarada vaziyat tinch, navbatlar yo‘q, deya ishonch hosil qilishdi «Gazeta.uz» muxbirlari.
Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to‘ldiriladi? Grin Kard anketasi uchun fotosuratlar bo‘yicha talablar qanday? Grin Kard natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? «Gazeta.uz» mustaqil ravishda bepul ariza topshirish va natijasini tekshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.
Tarmoqlarda iste’molchilar bank xizmatlari, xususan, kartadan pul yechilganda bankomat naqd pul bermagani, kredit yopilgan bo‘lsa-da, kartadan pul yechib olingani yuzasidan shikoyat qilmoqda, deya ma’lum qildi MB. O‘rganishlar natijasida 15 ta bankka ko‘rsatma xatlari yuborildi.
Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Karolin Bertotssi va Barri Sharpless, shuningdek, daniyalik olim Deyn Morten Meldalga klik kimyosi va bioortogonal kimyo usullarini ishlab chiqqanligi uchun topshirildi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi. Tomonlar kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Tarmoqlarda Namanganning Chortoq tumanidagi tug‘ruqxonalardan birida 10 dan ortiq ayol bir bo‘limda (aslida 3 nafardan ko‘p bo‘lishi mumkin emas) chaqalog‘i bilan yotgani aks etgan video tarqaldi. Natijada SSV mazkur holatga o‘z vaqtida chora ko‘rmagan tibbiyot birlashmasi rahbarini ishdan bo‘shatdi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,69 so‘mga qimmatlab, 11 028,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana pasaydi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga aholini barqaror narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, yil oxirigacha 8,9 mln nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga to‘lovlar to‘lash va qaytgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratadi.
Samarqandda ilk bor restavratorlar uchun seminar o‘tkazilmoqda.Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyini tashkil etishni taklif qildi. Shuningdek, «Madaniy meros obyektlari direksiyasi»ning mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etilayotgani qayd etildi.
Yaponiyaning «All Nippon Airlines» aviakompaniyasi O‘zbekistonning turistik shaharlari (Samarqand, Buxoro, Urganch) ga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Shuningdek, tomonlar Tokio va Osaka shaharlaridan Samarqand shahriga charter dasturlarini amalga oshirishga kelishib oldi.
5 oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab poytaxtda Mirobod, Bektemir, Chilonzor tumanlarining turli ijtimoiy obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari tabiiy gazdan uziladi. Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida 45 mingga yaqin aholi xonadonlariga vaqtincha tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Til haqidagi qonunga ko‘ra, avvaliga ko‘pgina idoralar chindan ham davlat tilida ish yurita boshladi. Biroq nazorat susaygach, tashkilotlar buni yig‘ishtirib qo‘ydi. Oqibatda bugungi kunda ham ko‘p farmoyishlar, buyruqlar, ko‘rsatmalar rus tilida tayyorlanyapti. Ozod Sharofiddinovning 2004 yildagi maqolasidan parcha.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 2022/2023 yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar uchun tariflar 2019 yilda belgilangan tarifda o‘zgarishsiz qoladi.
Jahon banki tomonidan tuzilgan davlat boshqaruvi sifati indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi. Indeks hisobdorlik, siyosiy barqarorlik, hukumat samaradorligi, korrupsiyani nazorat qilish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramasdan, mamlakat hamon o‘rtacha past ko‘rsatkichni qayd etmoqda.
Hukumat qarori bilan respublikadagi barcha tibbiyot oliygohlari bitiruvchilariga to‘liq stavkagacha ishlashga ruxsat beriladi. SSV shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, 1 noyabrdan esa barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.
Bir paytning o‘zida transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari bo‘lgan Ilhom Mahkamov bilan kompaniya o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yana uch yilga uzaytirildi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonning sharqida shamol tezligi 7−12 m/s, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa 15−18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin. O‘zgidromet mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmayotganini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, mamlakatlar vazirlari va idoralari rahbarlari 15 ta hujjatga imzo chekishdi. Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting