O‘zbekistonda dushanbadan 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi, seshanba kuniga kelib bo‘ron ta’siri kamaya boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtdagi mehmonxonalarda tongi soat 5:00 dan boshlab dam olayotganlarni uyg‘otib, hujjatlarini tekshirmoqda. IIV bu holatni «dunyoda odatiy va to‘g‘ri qabul qilinadi», deya izohladi. Turizm vazirligi esa IIVdan tekshiruv nega o‘tkazilganini tushuntirishni so‘rab, xat kiritdi.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat umumiy o‘rta ta’lim davlat tomonidan kafolatlangani uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovning mavjudligini Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi. Parlament a’zosi tushuntirish berishi uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
14−17-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandning 16 ta ko‘chasi, shu jumladan, jamoat transporti harakati uchun yopiladi. Bu kunlarda shaharga kirish ham yopiladi, tranzitchilar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi (xarita).
O‘zbekiston rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish istagi borligini va ularni chetlab o‘tuvchi davlatga aylanish niyatida emasligini tasdiqladi, dedi AQShning Toshkentdagi elchisi Deniyel Rozenblyum. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati AQSh bilan sanksiyalar rejimi bo‘yicha maslahatlashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston aholisini USM xoldingiga aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritishga, shuningdek, sherik bo‘lishga yoki Alisher Usmonovdan yordam olishga chaqiruvchi reklamalar tarqalmoqda. Kompaniya buni foydalanuvchilarni aldash uchun yaratilgan firibgarlik loyihalari deb atadi.
Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.
YeTTB O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro grant ajratadi. 2023 yilda boshlanishi rejalashtirilgan ishlar eski uran konlarini yopish, ifloslangan sanoat inshootlarini demontaj qilish, drenaj kanallarini rekonstruksiya qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Prezident Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunida mamlakatni ozod qilishga uringani uchun totalitar tuzum repressiyasiga uchragan o‘zbeklarni tilga oldi. Uning so‘zlarini Rossiya OAVlari «SSSRni o‘zbek millatining gultojlarini yo‘q qilishda ayblash» deb talqin qildi, Duma deputati esa buni spekulyatsiya deb atadi.
2022/2023 o‘quv yili uchun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt summasi 10 foizga kamaytirildi.
Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda obodonlashtirish ishlari ko‘pincha daraxtlar shikastlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Chilonzor ko‘chasini ta’mirlashda zarar yetgan emanlarni davolashni tavsiya qilgan dendrolog Atirgul Xolmurzayeva oddiy fuqarolar qanday qilib ildizi shikastlangan daraxtlarni qutqarishi mumkinligini so‘zlab berdi.
Aholisi kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami jo‘natildi. Og‘irligi salkam 40 tonna bo‘lgan yuk tarkibida o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari va boshqalar bor.
Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladi, yanvar oyidagi namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinadi, deya ma’lum qildi prezident Qasim-Jomart Toqayev. U prezidentlik vakolatini qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddat bilan cheklashni taklif qildi.
Mustaqillik bayrami sharafiga payshanba kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.
Maktab kutubxonalarining zamonaviy vazifasi bolalar hayotni o‘rganishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Biroq O‘zbekistondagi maktab kutubxonalarining asosiy funksiyasi go‘yoki o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashdan iboratdek. “Gazeta.uz” maktab kutubxonachilarining shu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun 150 mln dollar kredit va 3 mln dollar grant ajratadi. Loyiha hukumatning yuqori qiymatli ekinlarni yetishtirishga o‘tish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting