1 sentabrgacha 290 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari tugallanmagan, xususan Surxondaryoda 29 ta shunday maktab bor. Prezident viloyat hokimini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qildi. Angor tumani prokurori bilan bo‘lgan suhbatini ham esladi. «Charchagan bo‘lsang, seni ham ishdan olaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatda Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Yoz mavsumi davomida 142 nafar fuqaro, shundan 51 nafari cho‘milish, 85 nafari esa ehtiyotsizlik oqibatida suvda cho‘kib ketdi, deya ma’lum qildi FVV. Cho‘kkanlarning 45,3 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etdi.
2022 yilda qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Bir tonna mahsulot xomashyosining o‘rta navi QQS bilan birga 10 mln so‘mni tashkil etadi.
Maktab darsliklari ijarasi endi nafaqat joriy o‘quv yili uchun, balki doimiy ravishda bepul bo‘ladi, deya aniqlik kiritdi XTV. Kelgusida darsliklarni nashr etish va ularni moliyalashtirish tartibi hukumat darajasida ko‘rib chiqiladi va parlament tomonidan tasdiqlangan davlat budjeti asosida belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yashovchi pensiya va nafaqa oluvchilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar 15 sentabrdan temir yo‘l va avia chiptalarni 50 foizlik imtiyoz bilan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar bo‘yicha asosiy ayblanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratov Urganchdagi tergov hibsxonasida ombudsman va parlament komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda tergov harakatlari paytida qiynoqqa solinmagani va bosim o‘tkazilmaganini ma’lum qildi.
XTV ota-onalar uchun Kundalik.com platformasiga obuna bo‘lish ixtiyoriy ekanligini ma’lum qildi. Yillik obuna narxi 8000 so‘mni tashkil etadi, bu 2020 yilga nisbatan 1200 so‘mga arzon. Qolaversa, tizim yordamida o‘qituvchilarning har chorakda 20 soat vaqti tejalishi aytilmoqda.
«Amalga oshirilgan ishlarni boshqalar 10 yilda ham eplashi dargumon», «avvalgisi bilan bugungisini taqqoslab bo‘lmaydi», «bog‘ dunyodagi o‘zining muqobillari bilan dadil tenglasha oladi», «bu bayramga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi» — Davlat OAVlarida 5 yil davomida ta’mirlangan Milliy bog‘ ochilishi qanday yoritildi?
Rossiyalik mutaxassislar hozirda dunyoda 53 mingdan ortiq kishi chalingan maymun chechagi infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova dastlabki tadqiqotlarda vaksina yuqori samaradorlik va immunogenlikni ko‘rsatganini qayd etdi.
«Vaqf» xayriya fondi «Vaqf suvlari» loyihasi doirasida turli hududlardagi, olis qishloq va ovullarda toza ichimlik suviga muhtoj bo‘lgan aholi uchun artezian quduqlarini qazib, minorali suv inshootlarini barpo etdi. Ushbu maqsadlar uchun 851,4 mln so‘m xayriya sifatida sarflandi.
SSV maktab oshxonalarida «fastfud» tayyorlash va sotish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. Bu turdagi mahsulotlar umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgani qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham ularni kundalik taomnomadan chiqarishni tavsiya qiladi.
Prezident qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarni tanqid qilib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari Aktam Xaitovni ogohlantirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.
Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan kechada uning rafiqasi Tatyana Karimova umri davomida hamisha birga bo‘lishganini esga oldi. «Sevgimiz bizni birlashtirgan va kuch bag‘ishlagan», — dedi u. Birinchi prezidentning xos soqchilari boshlig‘i Jahongir Abirov esa 1990 yil qiyin kechganini so‘zlab berdi.
Buxoro shahrida tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha shahar soliq inspeksiyasiga ariza taqdim etgan. Mazkur arizaga munosabat bildirilmasligi oqibatida qo‘shimcha soliq qarzdorligi paydo bo‘lgan. Tadbirkorning murojaatiga ko‘ra biznes-ombudsman hisoblangan 2 mln so‘mga yaqin qarzdorlikni bekor qildi.
Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabda darsliklar o‘quvchi va ularning ota-onalariga uloqtirib tarqatilgani aks etgan video tarqaldi. Tuman hokimligi o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘qituvchi hamda maktab direktori ishdan olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun 225 ta maktab o‘z eshiklarini ochadi. UNICEF buni “hal qiluvchi va muhim tashabbus” deya atadi. Xalqaro tajribaga ko‘ra, inklyuziv ta’limning joriy etilishi umumiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda, deb qayd etdi jamg‘arma.
6 oy davomida O‘zbekistonda ekologiyani muhofaza qilish uchun davlat budjetidan 1,9 trln so‘m yo‘naltirildi. Shunga qaramasdan deputatlar mablag‘lar o‘zlashtirilmay qolayotgani, mas’ul vazirlik va idoralar ularni samarali sarflamayotgani va ishlar bajarilmayotganini tanqid qildi.
Prezident ko‘rsatmasiga binoan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, fermerlarga hosilni sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.
Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani haqida murojaat bilan chiqdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari fuqarolarning pasportlarini qaytarish va oylik maoshlari undirishga erishdi. Ularni vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting