O‘zgidromet 11−12 fevral kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida shamol sekundiga 17−22 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari tramvay bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab xatlar va murojaatlar kelayotganligini ta’kidlagan.
Prezident Toshkentda avtomobil harakati tezligi 60 km/soatgacha pasaytirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini xalqaro aeroportdan boshladi. 83 mln dollarlik loyiha qariyb yakuniga yetib qolgan, hozirda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal martda foydalanishga topshiriladi.
Rossiya hukumatining migrantlarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga 1108 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari jalb qilinadi.
O‘simlik yog‘i, kungaboqar, soya danagi va zig‘ir urug‘ini olib kirish, o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha QQS imtiyozlari 30 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga qadar imtiyoz muddati 2021 yilning 1 mayidan 31 dekabrigacha amalga qilgandi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi o‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkin (ilgari 18 yoshgacha bo‘lgan). Qolaversa, bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi (ilgari 3 yil edi).
Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi, qolaversa, olimlarning tavsiyalari, alohida shaxslarning minnatdorchiligi, dori ta’siri haqida fikrlaridan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, telekanallarda 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlar orasida reklama berishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkentdagi eski shaharda joylangan «Matkarimboy» madrasasi va «Hast Imom» mahallasidagi sobiq bolalar bog‘chasi binosida art-rezidensiyalar tashkil etiladi. Loyihani Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Alisher Usmonov nomidagi jamg‘arma ko‘magida amalga oshirmoqda.
Bir necha yillardan buyon ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, universitet o‘qituvchilari hamda doktorantlardan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish talab qilinmoqda. Ularsiz doktorantlar attestatsiyadan o‘tmaydi, o‘qituvchilar esa ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilinadi. Nima uchun bu talablar asosli emas va bu mahalliy ilm-fan rivojiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi — «Gazeta.uz» kolumnisti, faylasuf va antropolog, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Valeriy Xan bu haqda fikr yuritadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 11 yanvardan beri ilk bor 700 tadan kamaydi — bir sutkada 692 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari qo‘shni tumanda joylashgan fermerga qarashli sug‘oriladigan 35 gektar yerni hokimlikda ishlaydigan tanishlari orqali 90 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda. Shundan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan JKning 229−6-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.
Qarshi davlat universitetida 38 tup daraxt noqonuniy kesilganini ortidan muassasaning 6 nafar xodimiga nisbatan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Ular tabiatga 285 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aytilmoqda.
Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori tibbiyot birlashmasiga qarashli avtoturargoh hududidan 20 sotix yer ajratish evaziga 2000 dollar so‘raganlikda gumon qilinmoqda. U shundan 500 dollar va 10 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olayotganda ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tumanlarning ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Arnasoyda tadbirkor va xususiy korxona rahbari o‘rtasida yer bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi. Tadbirkor o‘zining ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan paxtakorlik xususiy korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qismiga o‘q uzgan. Jabrlanuvchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini aytgan Rasul Kusherbayev, Marhamat hokimi tashabbusi bilan ota-onalardan uzr so‘ragan o‘qituvchilar, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatilishi, «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritgan Alisher Usmonov, yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgan Buxoro viloyati hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting