Arxiv

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi
23 avgust 2021, 11:23

Haftaning birinchi yarmi issiq bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida havo harorati +38 darajada bo‘lishi kutilmoqda. 27 avgustdan boshlab harorat asta-sekin pasayadi.

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda
23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

22 avgust kuni O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus aniqlandi
23 avgust 2021, 10:13

22 avgust kuni O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 818 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 349 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi
23 avgust 2021, 09:39

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi
22 avgust 2021, 17:43

Yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

22 avgust kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 17 mln 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi
22 avgust 2021, 15:53

Samarqanddagi tibbiyot muassasalari dori vositalarini 5,6 mlrd so‘m qimmatroqqa xarid qilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalari muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,9 mlrd so‘mga, ya’ni 5 mlrd 643 million so‘m qimmatroqqa dori vositalari xarid qilganini aniqladi. «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“ArMI — 2021” musobaqalari ishtirokchilari COVID-19`ga qarshi emlangan
22 avgust 2021, 15:39

“ArMI — 2021” musobaqalari ishtirokchilari COVID-19`ga qarshi emlangan

22 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etadigan “ArMI — 2021” Xalqaro armiya o‘yinlaridan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida musobaqada qatnashadigan ishtirokchilarning barchasi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, xorijiy ishtirokchilar uyiga qaytib ketishidan oldin ham to‘liq tekshiruvlardan o‘tadi.

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi
22 avgust 2021, 15:26

Senator Topiboldi Xoldorov vafot etdi

Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 79 yoshida vafot etdi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi noma’lum muddatga viza bo‘limini yopdi
22 avgust 2021, 13:31

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi noma’lum muddatga viza bo‘limini yopdi

Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum muddatgacha yopiq bo‘ladi.

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi
22 avgust 2021, 12:45

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Dang‘ara tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

21 avgust kuni O‘zbekistonda 855 kishida koronavirus aniqlandi
22 avgust 2021, 10:38

21 avgust kuni O‘zbekistonda 855 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 855 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 371 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor
21 avgust 2021, 22:24

Hokimiyatlar tadbirkorlardan «snos» uchun 123 mlrd so‘m qarzdor

Bino va inshootlarning buzilishi munosabati bilan hokimiyatlar tadbirkorladan 123 mlrd so‘m qarzdor. Prezident hokimlarga 1 sentyabrga qadar kompensatsiyalarni to‘lab berish vazifasini topshirdi. «Bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart», — dedi u.

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan xitoy-o‘zbek va «Sputnik V» vaksinalarini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi
21 avgust 2021, 19:10

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan xitoy-o‘zbek va «Sputnik V» vaksinalarini ro‘yxatga olishga ruxsat berildi

O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rozilik berdi.

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi
21 avgust 2021, 18:25

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar asosida mualliflik huquqining muallif vafotidan keyin amal qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirilmoqda.

Paralimpiya ochilishida O‘zbekiston bayroqdorlari nomi e’lon qilindi
21 avgust 2021, 18:11

Paralimpiya ochilishida O‘zbekiston bayroqdorlari nomi e’lon qilindi

Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi.

Toshkentning 12 ta chorrahasiga «aqlli svetoforlar» o‘rnatiladi
21 avgust 2021, 17:45

Toshkentning 12 ta chorrahasiga «aqlli svetoforlar» o‘rnatiladi

Toshkent hokimligi va poytaxt IIBB YHXBB Nurafshon aylanma yo‘li bo‘ylab 12 ta chorrahaga «aqlli svetoforlar» o‘rnatadi.

PDP Academy`dan «Unicorn» ta’lim granti uchun arizalar qabuli yakunlanishiga 10 kun qoldi
21 avgust 2021, 17:00

PDP Academy`dan «Unicorn» ta’lim granti uchun arizalar qabuli yakunlanishiga 10 kun qoldi

PDP Academy «Unicorn» ta’lim granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlaydi.

Koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun imtihon qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
21 avgust 2021, 16:00

Koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun imtihon qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Test sinovlarida tana harorati yuqori bo‘lgani va COVID-19`ga chalingani tufayli qatnasha olmagan abituriyentlar uchun 23 avgust kuni qo‘shimcha test sinovlari tashkil etiladi.

Afg‘onistonlik ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi
21 avgust 2021, 14:33

Afg‘onistonlik ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi

Afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi
21 avgust 2021, 12:42

«O‘ztransgaz»ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting