Arxiv

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi
1 noyabr 2024, 11:30

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizcha qutqarildi

Andijonning Asaka tumanida 1 yoshli qizaloq hojatxonaga tushib ketdi. FVB qutqaruvchilari qizni chuqurdan olib chiqdi.

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
1 noyabr 2024, 11:25

1-noyabrdan “Paxtakor” metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi

“Paxtakor” metro bekatidagi eskirgan eskalator yangilanishi sababli 1-noyabrdan bekatning eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi. Jarayon qachon tugashi ma’lum emas. Metropoliten undan so‘ng Chilonzor yo‘nalishidagi “Mustaqillik maydoni” va “Hamid Olimjon” bekatlaridagi eskalatorlarni ham yangilaydi.

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
1 noyabr 2024, 10:50

Taksi haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkent yaqinidagi dalada Yandex Go haydovchisiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba 7 va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda ulardan biri qarzlari tufayli jinoyatni rejalashtirganlarini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi
1 noyabr 2024, 09:54

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda ikkita korxona umumfoydalanishdagi tarmoqqa noqonuniy ulanish orqali 1,5 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagani aniqlandi. Toshkentda ishlab chiqarish sexi 578 mln so‘m zarar yetkazdi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ochildi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi
1 noyabr 2024, 09:37

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazigan tashkilot 274 mlrd so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi bo‘yida qum-shag‘al aralashmasi qazib olgan xususiy tashkilot tabiatga 273 mlrd 802 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. U avval ham shu qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortilgan.

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi
1 noyabr 2024, 09:31

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Prezident Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Maqsad — aniq va tabiiy fanlar, IT, iqtisodiyot, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash.

31-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 oktabr 2024, 23:54

31-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi, 2025-yilda soliq tizimida kutilayotgan o‘zgarishlar, AQSh sanksiyasiga uchragan o‘zbek kompaniyalari, 15 foizga oshirilgan issiqlik ta’minoti va issiq suv narxlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi
31 oktabr 2024, 23:41

Toshkentda Nexia 3 bordyurga urilishi oqibatida yonib ketdi

Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia 3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun beton aralashtirgich transportidagi suvdan ham foydalanildi.

Oktabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?
31 oktabr 2024, 23:17

Oktabrda dollar kursi qanday o‘zgardi?

So‘m uchinchi oydirki, dollarga nisbatan biroz qadrsizlanmoqda. Oktabr oyi oxirida dollar kursi 59 so‘mga (+0,46%) mustahkamlandi. Umuman olganda, yil boshidan buyon milliy valyuta o‘tgan yilning shu davridagi 8,8 foizga nisbatan atigi 3,5 foiz devalvatsiyaga uchradi.

To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi
31 oktabr 2024, 23:02

To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga oshdi

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 34,8 foizga oshib, 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Polsha va BAAdan tushumlar keskin oshdi, Rossiyaning ulushi esa pasayishda davom etmoqda.

2025-yil aprelida gaz va elektr energiyasi tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?
31 oktabr 2024, 22:38

2025-yil aprelida gaz va elektr energiyasi tariflarining oshishi inflyatsiyaga qanday ta’sir qiladi?

2025-yil aprelida elektr energiyasi va gaz narxining o‘sishi inflyatsiya darajasini qo‘shimcha 1,5−1,8 foiz punktiga oshiradi va bu omil kelasi yil uchun inflyatsiya prognozida hisobga olinadi, dedi MB raisi. Shu bilan birga, maydagi narxlar o‘sishining ta’siri dastlabki hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi.

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga
31 oktabr 2024, 22:05

“Bilim va hunaringiz kelajakda sizlarga qanot bo‘ladi” . Prezident — maktab o‘quvchilariga

Navoiyga tashrif buyurgan prezident shaharning yangi mahallalaridan birida joylashgan 22-maktabni ko‘zdan kechirdi. Unda 10 dan ortiq to‘garaklar — amaliy san’at, mehmonxona xizmatlari, rassomchilik, suratkashlik, IT, robototexnika, shuningdek, harbiy vatanparvarlik guruhi tashkil etilgan.

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?
31 oktabr 2024, 20:52

2025-yilda qaysi soliqlarni o‘zgartirish taklif qilinmoqda?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil soliqlarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi: bazaviy soliq stavkalari saqlanib qoladi, lekin import qilinadigan gaz uchun aksiz solig‘i qaytariladi, qat’iy belgilangan soliq stavkalari, marketpleyslar, suv va boshqalar uchun soliqlar oshiriladi.

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi
31 oktabr 2024, 20:27

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi.

Germaniya Eronning mamlakat hududidagi barcha bosh konsulxonalarini yopmoqda
31 oktabr 2024, 19:46

Germaniya Eronning mamlakat hududidagi barcha bosh konsulxonalarini yopmoqda

Germaniya hukumati Eronning Frankfurt, Gamburg va Myunxendagi konsulliklarini yopishga qaror qildi. Bu Eron va Germaniya fuqaroligiga ega Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishiga javoban amalga oshirilmoqda.

MSK Oliy Majlisga yangi saylangan deputatlarni ro‘yxatga oldi
31 oktabr 2024, 19:36

MSK Oliy Majlisga yangi saylangan deputatlarni ro‘yxatga oldi

Yakshanba kungi saylovlar natijasida parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar tarkibi deyarli 60 foizga yangilandi. Quyi palata deputatlarining 38 foizini ayollar tashkil etdi (O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich). Unga ilk bor 3 nafar, kengashlarga esa — 138 nafar nogironligi bor shaxs saylandi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi kimyoviy mahsulotlar texnoparki va “Universal filter” sanoat zonasini borib ko‘rdi
31 oktabr 2024, 18:07

Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi kimyoviy mahsulotlar texnoparki va “Universal filter” sanoat zonasini borib ko‘rdi

Karmana tumanida qurilayotgan 130 gektarlik “Zarafshon industrial technology” texnoparkida qiymati 1 mlrd dollardan ortiq 18 ta loyiha bajarilishi reja qilingan. Prezident unda ekologiya talabiga e’tibor berishni buyurdi. Shuningdek, “Universal filter” korxonasidagi mahalliy mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbon bor
31 oktabr 2024, 17:45

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbon bor

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi.

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 15 foizga oshirildi
31 oktabr 2024, 17:41

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari 15 foizga oshirildi

Toshkent shahar hokimi aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari tariflarini 15 foizga oshirish qarorni imzoladi.

Noyabr oyining boshlanishi iliq, keyingi haftalari sovuq bo‘ladi
31 oktabr 2024, 17:03

Noyabr oyining boshlanishi iliq, keyingi haftalari sovuq bo‘ladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noyabr oyining boshida iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +20 darajagacha isishi mumkin. 8−10-noyabrdan boshlab kunlar sovib, harorat kunduzi +12, kechasi −5…−0 darajagacha tushadi. Yog‘ingarchilik oktabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting