O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noyabr oyining boshida iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +20 darajagacha isishi mumkin. 8−10-noyabrdan boshlab kunlar sovib, harorat kunduzi +12, kechasi −5…−0 darajagacha tushadi. Yog‘ingarchilik oktabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi.
Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya vazifalari belgilanmoqda. Shuningdek, xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.
Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Navoiy Konimex tumanida 10 nafar yigit kelishmovchilik ortidan cho‘lga borib janjallashdi. Oqibatda ulardan biri boshqasini pichoqlab o‘ldirdi.
O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga tashrifi avvalida Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. U yerda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.
Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin — Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda.
O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator inflyatsiyani oshiruvchi bosimlar saqlanib qolayotganini qayd etdi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi — Cobalt Midnight hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi. Birinchi bosqichda yangi modifikatsiyada yoritish tizimi va g‘ildirak disklari qoramtir tusda bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda esa interer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan.
Tunda Rossiya qo‘shinlari Xarkovga aviabomba tashladi. To‘qqiz qavatli binoning ikki qavati vayron bo‘ldi. Hozirgacha 34 kishi yaralangani, ikki kishi, jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgani ma’lum.
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Narpay tumanida Yutong avtobusi qayrilib olayotgan traktorning tirkamasiga borib urildi. Hodisadan so‘ng avtobusning bir yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uhu shahrida “Kelajak uchun texnologiyalar” shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining (CGIC) ochilishi bo‘lib o‘tdi.
AQSh O‘zbekistondagi ikkita kompaniya — Uzstanex va The Elite Investment Group`ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular Rossiya kompaniyalariga elektr transformatorlarini yetkazib berganlikda ayblangan.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat chegara zonasiga kirish-chiqish, undan o‘tish, u yerda bo‘lish hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti yoqilishi uchun havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past bo‘lishi shartmi? Bu qoida qayerdan olingan? Unga so‘zsiz rioya etiladimi? Qo‘shni davlatlarda qanday? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun shu kabi savollarga javob izladi.
Samarqandda AQShga jo‘natish uchun uy-joy, Jizzaxda Janubiy Koreyaga yuborishga — 12,600 dollar talab qilganlar qo‘lga olindi. Shu kabi holat Toshkentda ham sodir bo‘ldi. Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari 60 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Hukumat uch kunlik motam e’lon qildi.
2025-yilda O‘zbekistonda davlat dasturlarini moliyalashtirishni 24,2 trln so‘mga (+5,8%) oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi xarajatlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari uchun to‘garaklar tashkillash, bog‘chalarda Face-ID tizimini joriy etish, futbolni ommalashtirish uchun ko‘chma TV-stansiya sotib olish bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting