Fransiyalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni, xususiylashtirish, monopoliyalar qayerdan paydo bo‘lishi, ularga qarshi kurash haqidagi savollarga javob berdi. “Davlat sanoat o‘yinidagi futbolchi emas, hakamdir”, — dedi Tirol
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi.
O‘zbekistonda “Mahalla yettiligi” “Yashil makon” loyihasi doirasida har bir mahalladagi kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz keksalarga mevali daraxt ko‘chatlari tarqatadi. Maktab, oliygoh, shifoxonalar, yo‘l bo‘ylari va boshqa joylarda ham ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.
Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan.
Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi — jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti hamda O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi “Dok-1 Maks”dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.
O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar vafot etdi. Video.
2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda.
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.
Uzbekistan Airways 17-noyabrdan Toshkent−Xanchjou yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan boshlanadi.
Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga viza rejimi joriy etish taklifi, 4 ta vazirlikning tadbirkor xodimlari, sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejasi, kafe va oshxonalarda o‘rganish o‘tkazgan Raqobat qo‘mitasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Namangan viloyatida tadbirkor quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,22 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu kabi holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Hujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Senatning 59-yalpi majlisi chorshanba kuni chaqiriladi. Unda telekommunikatsiya, ipakchilik, Qurolli kuchlar, soliq, bojxona sohalariga doir kodeks va qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokama qilinadi.
Kuba aholisi yirik elektr stansiyasida ro‘y bergan avariyadan so‘ng to‘rtinchi kundirki elektr ta’minotisiz qolmoqda. Hozircha IES faoliyatini tiklashning imkoni bo‘lmadi. Gavanada odamlar norozilik sifatida ko‘chalarga chiqa boshladi.
Humans mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni Alif orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting