Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning Iftixor mahallasi aholisi bilan uchrashuvdan Chirchiqqacha «elektrichka» qo‘yilishi, agar u ma’qul kelmasa yerusti metrosi qurilishini ma’lum qildi. «Chirchiq ancha charchab qoldi. Ya’ni, suv quvurlari, elektr energiya ta’minoti charchagan», — dedi davlat rahbari.
Ispaniyaning evtanaziyani qonuniylashtirgani, Avstraliya aholisining 100 yildan beri ilk bor kamaygani, Baydenning so‘zlaridan keyin Rossiyaning o‘z elchisini Moskvaga maslahat uchun chaqirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi ayrim ishlab chiqarish korxonalarini Chirchiqqa ko‘chirish hamda yangi loyihalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Davlat rahbari shaharda qurilgan 4 ta 16 qavatli uyni ham ko‘zdan kechirdi.
Toshkentda «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ direktori o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i 3 mln so‘m pora olayotganda ushlandi.
Prezident Quyi Chirchiqdagi klasterni borib ko‘rdi. Klasterda 8 ming 750 nafar, sholini qayta ishlash korxonasida 365 nafar aholi mehnat qilmoqda. Davlat rahbari asosiy e’tibor va harakat aholini ish bilan ta’minlashga qaratilganini aytdi. «Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz», — dedi prezident.
Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.
Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.
«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden suhbat davomida Rossiya rahbari Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaydimi yoki yo‘qmi degan savolga ijobiy javob berdi va Rossiya rahbariyati Amerika saylovlariga aralashgani uchun «javob beradi» deya va’da berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini maslahat uchun AQSHdan chaqirib oldi.
Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.
Prezident Chinoz tumanida Eshonobod mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari aytishicha, «Chinoz tumanida ishsiz bo‘lishi kerak emas. Yeri keng, odamlari mehnatkash». «O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shundan so‘ng, prezident tekstil korxonasini ham ko‘zdan kechirdi.
OFK 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Osiyo chempionati 2022 yilning 6−25 sentyabr kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.
2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, test sinovlari bu yil ham stadion va hiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida OAV vakillari bilan suhbatlashdi. U yana bir bor ularga ishonishini va bor haqiqatni ro‘yu-rost aytishlari lozimligini ta’kidladi. Bundan tashqari, viloyatga tashrifdan asosiy maqsad nimada ekanligini ochiqladi. «Toshkent viloyatida „tumanbay“ ishlash bo‘yicha tajriba o‘tkazamiz», — dedi prezident.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.
Texnopark kompaniyasining matbuot kotibi Nargiz Shoislamova ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan Osten aqlli gaz hisoblagichlari haqida ma’lumot berdi (reklama huquqlari asosida).
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Prezident Namangan viloyatiga tashrifi davomida tavsiya qilgan Dostonbek Abduqahhorovning nomzodi Namangan shahar hokimi o‘rinbosarligiga ma’qullandi. U mazkur lavozim bilan birga, shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i sifatida ham ishlaydi. Davlat rahbari unga Namanganning yangi tajribasi bo‘yicha ishlashini aytgan edi.
Toshkentda yil oxirigacha 629,4 mingdan ziyod gaz iste’molchilariga «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m / s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10… +15 darajagacha pasayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting