Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida «Yangi Toshkent» loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha 2−3 oyda ommaga taqdim etiladi va uni «bahavo joyda» qurish ko‘zda tutilgan. «Endilikda Toshkentda qurilish emas, yashil hudud barpo etiladi», — dedi davlat rahbari.
Seshanba kuni prezident va jamoat faollari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston» majmuasidagi Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Monument o‘zida O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini aks ettirgan. «G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirining Jambil viloyatidagi harbiy qism o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganidan keyin bergan iste’fosini qabul qildi. Portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.
O‘zbekiston AQShni afg‘on uchuvchilari va ularning oilalarini chiqarib yuborish rejalashtirilayotganidan ogohlantirdi, deb yozmoqda WSJ nashri. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» avgust oyi o‘rtasida O‘zbekistonga uchib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni qaytarishni talab qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining rektori etib Turkiyaning Yilmaz universiteti professori Chidem Janbay Turkyilmaz tayinlandi.
Dushanba kuni AQShning so‘nggi harbiy samolyoti Afg‘onistonni tark etdi va mamlakatning harbiy missiyasi yakunlandi. Shuningdek, AQShning Afg‘onistondagi diplomatik faoliyati ham to‘xtatildi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Kobuldagi elchixona yopiqligicha qoladi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 755 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, dushanba kuni 201 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Jazoir va «Forish» poligonida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda o‘zbek kinolog va harbiy-tibbiy xodimlari yangi rekordlarni qayd etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinlarni egalladilar.
Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi «Navoiyazot»da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.
Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko‘proq vaqt davomida videoo‘yinlar o‘ynashning taqiqlangani, AQSh janubiga «Ida» dovulining bostirib kelgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritayotgan medallari, Sirdaryoda 9,2 mlrd so‘mlik noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘yilishi, yangi tashkil etilayotgan telekanal va institut — «Gazeta.uz»ning 30 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni qayd etdi. «Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi toliblar rejimidan qochayotgan odamlar uchun o‘z chegaralarini ochishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek-afg‘on chegarasi to‘liq yopilgan va «Termiz» chegara postini ochish hozircha rejalashtirilayotgani yo‘q.
Prezident qarori bilan Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochildi. OTMda ta’lim faoliyati 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Oilaviy telekanali negizida Foreign Languages xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etilmoqda. Telekanal dasturlarni bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi.
Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev Navoiyga tashrifi davomida viloyat yoshlari bilan suhbatda bo‘ldi. Prezident yosh tadbirkor Mirey Amanbayevaga avtomobil sovg‘a qilib, unga yoshlarni jo‘shqinlantirishini, davlat rahbarining Navoiydagi vakili bo‘lishini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting