2024-yil 1-martdan O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Ularda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, elektrobus harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi va savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi.
Yashnobod va Uchtepa tumanlarida fuqarolarga jami $22,5 ming evaziga Haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lgan firma mutasaddilari qo‘lga olindi. Ular 4 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent hayvonot bog‘iga Isroildan maymunlar oilasiga mansub bir qancha gamadrilalar keltirildi. Ularning moslashishiga isroillik mutaxassislar ko‘maklashdi.
Go‘zal manzaralar, ko‘p asrlik daraxtlar, flamingolarning kelishi kabi tabiat hodisalari va obyektlari yaratilayotgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu tabiatni inson harakatlaridan himoya qilish va kelajak avlodlar uchun saqlashga yordam berishi lozim.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga yordam berish maqsadida 27 mln yevro grant ajratadi. Mablag‘lar sohada ilm-fan, ta’lim, axborot xizmatlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish kabi tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Bosh prokuratura Chilonzor IIB binosida 21 yoshli yigitning 4-qavatdagi hojatxonadan sakrab vafot etgani bo‘yicha foto-video dalillarni e’lon qildi. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. IIO xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Oliy sud 5-iyun kuni soat 15:00 da Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan 16 nafar mahkumning birinchi sud jarayoni bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari, shuningdek, shartli ravishda hukm qilingan 4 kishiga nisbatan prokuratura protestini ko‘rib chiqishni yakunlab, hukmni e’lon qiladi.
4-iyun kuni Uzbekistan Airways`ning bortida 240 nafar ziyoratchisi bo‘lgan ilk reysi Toshkentdan Madinaga uchib, 2023-yilgi Haj mavsumini ochib berdi. Musulmonlar idorasi ziyoratchilarning yaqinlariga tiqilinch va tirbandlikning oldini olish uchun aeroportga kelmay, masjidlardan kuzatib qo‘yishni tavsiya qildi.
O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.
Sud Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga binoan Farhod Mannopov operatsiya qilingan va keyinchalik vafot etgan Star Med Center xususiy klinikasi litsenziyasini bekor qildi.
Surxondaryodagi 4000 yillik Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Qazishma ishlari Fransiya milliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
So‘nggi haftalarda poytaxtda yo‘l-qurilish ishlari faol tarzda ketmoqda. Bu elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida qilinyapti, dedi hokimlik. 2023-yilda 903 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 228 ta transformator yangilanadi. Bunday yirik masshtabdagi ish ilk marta amalga oshirilmoqda.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 ga yaqin kishi jarohat oldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar.
O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.
Olchali amerikancha pirog, keks, olchali o‘rama va pechenelar, tezpishar tartaletka va boshqalar — Zira.uz olcha solib tayyorlangan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar 4-iyun kuni velomarafon o‘tkazilishi sababli soat 8:00 dan 11:00 ga qadar transportlar harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — YeI” yetakchilari sammitida O‘zbekistonda YeI talablari bo‘yicha standartlashtirish laboratoriyalari hali yaratilmagan bo‘lsa-da, GSP+ tartibini uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun qulayroq tariflar zarurligini aytdi.
O‘zbekistonliklarda mavjud 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘, lotin alifbosida nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, sudlanayotgan Termizning sobiq hokimi, Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, Zilzila mobile dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting