Arxiv

Jizzaxdagi koloniyadan ikki nafar mahkum qochib ketdi
5 yanvar 2023, 15:48

Jizzaxdagi koloniyadan ikki nafar mahkum qochib ketdi

4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 9 nafar bola «Dok-1 Maks» siropidan zaharlandi
5 yanvar 2023, 14:34

Toshkent viloyatida 9 nafar bola «Dok-1 Maks» siropidan zaharlandi

Tarmoqlarda Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi buni rad etib, shu paytgacha 9 nafar bola ushbu doridan zaharlanganini, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatdaligini ma’lum qildi.

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi
5 yanvar 2023, 14:31

Chimyonda Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi

Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi.

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi
5 yanvar 2023, 12:28

Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘yib vafot etdi

Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
5 yanvar 2023, 11:44

Bo‘stonliq tog‘laridagi soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.

O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda
5 yanvar 2023, 11:35

O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda

9 yanvardan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kela boshlaydi. 10−15 yanvar kunlari havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, cho‘l hududlarda esa −25…−27 darajagacha pasayadi.

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushadi
5 yanvar 2023, 10:38

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushadi

1 iyuldan Toshkent shahrida tibbiy sug‘urta tizimi mexanizmlari joriy etiladi. Poytaxtdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlash uchun 30 mlrd so‘m beriladi. Navoiy viloyatida bu tizimni ishga tushurishni vazirlik o‘ziga majburiyat sifatida oldi.

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov qamoqdan ozod etildi
5 yanvar 2023, 10:32

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov qamoqdan ozod etildi

2019-yilda 10 yilga qamalgan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. U tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, pora olish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.

Andijonda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi
5 yanvar 2023, 09:53

Andijonda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi

Andijon viloyatida 17 yoshli bola to‘rt nafar sinfdoshi bilan Spark mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda ulardan biri tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi
5 yanvar 2023, 09:48

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana oshdi

Tijorat banklari 5 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 200 — 11 290 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq
4 yanvar 2023, 22:17

OAV: Qirg‘iziston prezidentining garderobi narxi uning yillik daromadidan 2,5 baravar qimmatroq

2022 yilda jamoatchilik Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov garderobidagi deyarli 2,5 mln somlik (qariyb $29,2 ming) yoki uning yillik daromadining 2,5 barobariga teng kiyimlariga e’tibor qaratdi. Misol uchun, o‘tgan yilning oktabrida prezident $15,3 minglik italyan kurtkasida ko‘rinish berdi.

4 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 yanvar 2023, 22:00

4 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ishdan ketgan Toshkent bosh imom-xatibi, Sirdaryoda 7 bolaga nojo‘ya ta’sir qilgan «Dok-1 Maks», Putin bilan telefonda gaplashgan Mirziyoyev, 348 mln so‘mga sotilgan eng qimmat avtoraqam, shartnoma tuzishni vaqtincha to‘xtatgan UzAuto Motors, YTHda vafot etgan 4 kishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda 2022 yilning eng qimmat avtoraqami 348 mln so‘mga sotib olindi
4 yanvar 2023, 19:41

O‘zbekistonda 2022 yilning eng qimmat avtoraqami 348 mln so‘mga sotib olindi

2022 yilda onlayn-auksionlar orqali umumiy qiymati 304 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 120 mingta avtomobil davlat raqamlari xarid qilindi. Eng qimmat raqam avtomobil egasiga 348 mln so‘m, eng arzoni 494 ming so‘mga tushgan.

O‘zbekistonda «Xonadon dori qutisi» nazoratdan o‘tkaziladi
4 yanvar 2023, 19:34

O‘zbekistonda «Xonadon dori qutisi» nazoratdan o‘tkaziladi

SSVga ko‘ra, «Dok-1 Maks» dorisidan bolalarning ommaviy o‘limi kuzatilganidan so‘ng uyma-uy yurgan holda «Xonadon dori qutisi» nazoratdan o‘tkaziladi. Quramax Medical kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste’moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

Angren IES ishonchli boshqaruvdan chiqarildi. Uch yil davomida u ko‘p mlrd so‘mlik zarar ko‘rdi
4 yanvar 2023, 18:47

Angren IES ishonchli boshqaruvdan chiqarildi. Uch yil davomida u ko‘p mlrd so‘mlik zarar ko‘rdi

Vazirlar Mahkamasi Angren issiqlik elektr stansiyasini ishonchli boshqaruvdan chiqardi. 2019 yildan beri IES hukumatning yopiq qarori asosida Central Asia Energy kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan edi. Uch yil davomida stansiya ko‘p mlrd so‘mlik zarar ko‘rdi, vaholanki avval u foyda keltiruvchi korxona bo‘lgan.

Qashqadaryoda tanishi tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonada vafot etdi
4 yanvar 2023, 18:02

Qashqadaryoda tanishi tomonidan kaltaklangan ayol shifoxonada vafot etdi

Shahrisabz tumanida erkak tanishi tomonidan kaltaklangan ayol tuman shifoxonasida vafot etdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ishdan olindi
4 yanvar 2023, 17:20

Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ishdan olindi

Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

«O‘zgidromet» 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
4 yanvar 2023, 16:42

«O‘zgidromet» 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida 5−10 yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
4 yanvar 2023, 16:08

Shuhrat G‘aniyev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Shuhrat G‘aniyev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
4 yanvar 2023, 15:49

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi. Muloqotda ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli sohalarda, jumladan, energetika sohasida manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting