Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Ekopartiya Narzulla Oblomurodovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Oblomurodovning «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni resursga aylantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orol mintaqasida vaziyatni yaxshilash, sud organlariga ishonchni oshirish, sog‘liqni saqlash hamda O‘zbekiston atrofida xavfsizlik mintaqasini yaratish yo‘nalishlari o‘rin olgan. Partiyaning to‘liq dasturi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston toliblar bilan ikki yil oldin muloqotni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi. «Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergan. Va’dasiga vafodor bo‘lib turgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy», — dedi u. «O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar gaplashaman», — deya ta’kiladi davlat rahbari.
Yaqin 5 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni 1,5 barobarga oshirishni va YAIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Shu munosabat bilan, elektr ta’minoti uchun 6,5 mlrd dollarlik 19 ta loyiha bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladigan minglab sanoat korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi. «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u.
Fanlar Akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidorga asoslangan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish ustida ishlashmoqda. Shuningdek, qoramollarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlab, uning suti virusga qarshi kurashishga yordam berishi mumkinligi borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda quyosh fotoelektr stansiyasi va kimyo sanoati korxonalarining ishga tushirish tadbirlarida ishtirok etib, aholi bilan muloqot qiladi.
Para-yengil atletikachi Asila Mirzayorova Tokioda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiada musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Panjsher viloyatidagi toliblarga qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud Rossiyaning RBK nashriga intervyu berdi. U o‘zi bilan birga qancha jangchilar borligi, uning tarafdorlari kimlar ekanligi, qo‘shni va boshqa xorij davlatlaridan harbiy ko‘mak olayotgani yoki yo‘qligi hamda G‘ani rejimi nima sababdan bunchalik tez qulagani haqida fikr bildirdi. Qolaversa, Rossiya o‘z manfaatini ko‘zlagan holda toliblarga bosim o‘tkazishi lozimligini ta’kidladi. «Gazeta.uz» intervyuning tarjimasini taqdim qiladi.
O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bayramni tashkil etishga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 841 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 361 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qozog‘istonning Jambil viloyati, Qaynar qishlog‘idagi muhandislik o‘q-dorilari saqlanadigan omborlardan birining yonida yong‘in yuzaga kelib, portlashlar ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 66 kishi jabrlangan. Bir necha kishi aloqaga chiqayotgani yo‘q. Taxminan 1200 kishi evakuatsiya qilindi.
Payshanba kuni Kobulda sodir etilgan portlashlarda 90 nafardan ortiq afg‘on fuqarosi va 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi. 1000 dan ortiq odam jarohatlangan. «ISHID» Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Prezident farmoni bilan taniqli xonanda va aktyor Botir Zokirov vafotidan so‘ng «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkent metropolitenida barcha aloqa kompaniyalaridan foydalanishni joriy qilish va bepul Wi-Fi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
KFC taomlarini faqatgina Toshkent shahridagi rasmiy yetkazib berish xizmatlari orqali buyurtma berish lozimligi haqida ogohlantirdi.
Senat yalpi majlisida O‘zbekiston orqali Yevropa va boshqa davlatlarga o‘tib ketayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari munosabat bildirildi. «O‘zbekiston hududidan tranzit orqali o‘tib ketayotgan shaxslarning oldindan ro‘yxati bo‘ladi, ular tegishli filtrdan o‘tkaziladi. Bizning tegishli vakolatli organlarimiz tomonidan mamlakatimiz hududida qandaydir terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Farhod Arziyev.
Deyarli har bir mamlakatda o‘ziga xos dizayn, o‘lcham va har xil qiymatdagi pul banknotlari mavjud. Xalqaro banknot jamiyatining «Yil banknoti» tanlovida har yili yangi muomalaga chiqarilgan ko‘plab pul belgilari g‘oliblik uchun kurashadi. 2010−2020 yillarda mazkur tanlovda g‘olib bo‘lgan dunyo mamlakatlari pullari haqida «Gazeta.uz» maqolasida.
Dollarning rasmiy kursi 13,27 so‘mga pasaydi va jami 10 640,74 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting