Prezident farmoni bilan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ko‘p suv talab qiladigan archa va «gazon»ning ko‘payib ketganini tanqid qildi. Davlat rahbari buning o‘rniga «12 oy ko‘m-ko‘k turadigan manzarali butalarni ekish mumkinligi» haqida ta’kidladi. Ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda poytaxtning qaysi ko‘chasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha taqdimot qilish vazifasi belgilandi.
Prezident topshirig‘i bilan har bir hududda “Yashil zamin” jamg‘armalari tashkil etiladi. Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kamida 5 mln tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi. Har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan “yashil maydon” va jamoat parklari tashkil etilishi aytildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, oktyabr-noyabr oylarida 55 mln dona, kelgusi yil bahor mavsumida 70 mln dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 mln dona mevali, yong‘oq manzarali va daraxtlar buta ko‘chatlari ekish topshirig‘i berildi.
«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar» uchun Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Dollarning rasmiy kursi 6,79 so‘mga pasaydi va jami 10 634,35 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Tilo Klinnerni qabul qildi. Germaniya tomoni O‘zbekistonga chet el fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonliklarni Voljskiy va Tolyattidan (Rossiya) olib chiqish uchun 27 va 30 avgust kunlari ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.
Shveysariya hukumati O‘zbekistonga 1,1 milliondan ortiq FFP2 markali tibbiy niqoblarini taqdim etdi. Toshkentga shaxsiy himoya vositalarini yetkazib bergan samolyot qaytishda Kobuldan evakuatsiya qilingan fuqarolarni olib ketadi.
Vaksinalar DNKga ta’sir qiladimi? Emlash inson genomiga ta’sir ko‘rsata oladimi? Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta’siri qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev shu va boshqa savollarga javob berdi.
AQSh olimlari koronavirusning ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantira oladigan antitanachani aniqladilar. Ispan olimlari esa boshqa koronaviruslarga qarshi antitanacha COVID-19dan ham himoyalay olishini isbotlashdi.
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. «BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin», — deyiladi partiya munosabatida.
Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb uchdan bir qismga ko‘proq narkotiklar partiyasi yo‘q qilindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi.
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida parakanoechi Shahnoza Mirzayeva va yengil atletikachi Muxammad Rexsimov O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Avvalroq, yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bayroqdor bo‘lishi aytilgan edi.
Ilmiy-pedagogik ishlarni baholashning hozirgi tizimi «botqoqlik»ni rag‘batlantiradi va olimlar hamda o‘qituvchilarni yuqori ilmiy natijalarga erishishga ruhlantirmay, «boshi berk ko‘cha»ga kelib qolgan, deb hisoblaydi faylasuf va antropolog Valeriy Xan. O‘qituvchilar va universitetlarning amaldagi reytinglari nima uchun mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida muallifning maqolasida o‘qing.
«Tolibon» Afg‘onistonni boshqaradigan 12 kishilik kengash tashkil etishni rejalashtirmoqda.
JSST uyda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilishning asosiy qoidalarini eslatdi. Jumladan, virus yuqtirgan bemorni izolyatsiya qilish, u joylashgan xonani shamollatib turish va unga faqatgina niqob bilan kirish kerak. COVID-19 bilan kasallangan odamga tinchlik, ko‘p suyuqlik va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi lozim.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting