Arxiv

Toshkent — Olmaota reysidagi hodisada 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
3 yanvar 2023, 16:57

Toshkent — Olmaota reysidagi hodisada 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani ma’lum bo‘ldi

Air Astana avikompaniyasining Toshkent — Olmaota reysi samolyoti turbulentlik hududiga tushib qolishi oqibatida jabrlanganlar orasida 3 nafar o‘zbekistonlik fuqarolar borligi ma’lum qilindi. Bosh konsulxona xodimlari ular bilan uchrashib, fuqarolarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi
3 yanvar 2023, 16:10

Samarqandda jamoat joyida xavfli manyovrlar qilgan Mercedes-Benz haydovchisi qamaldi

Samarqandda Yangi yil bayrami kechasi Mercedes-Benz mashinasida xavfli manyovrlar bilan driftlar bajargan haydovchi 15 sutkaga qamaldi. U tartibga chaqirishga uringan xodimlarning talablariga ham bo‘ysunmagan.

2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi?
3 yanvar 2023, 15:57

2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi?

Har yili juda ko‘p kitoblar dunyo yuzini ko‘radi, ammo ularning ma’lum bir qismigina kitobxonlar e’tiborini qozonadi. 2022 yilda dunyo bo‘ylab qanday kitoblar bestsellerga aylandi va yilning eng yaxshi kitoblari deb topildi? «Gazeta.uz» bu savolga javob izladi.

Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
3 yanvar 2023, 14:13

Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Energetika vazirligi Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. «Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.

AQSh elchixonasi mamlakatga Meksika orqali kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
3 yanvar 2023, 14:10

AQSh elchixonasi mamlakatga Meksika orqali kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakat hududiga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlaridan ogohlantirdi.

«Yoshlarimizga kreativroq dars beraylik, demoqchi edim» — Sherzodxon Qudratxo‘ja tarmoqlarda tarqalgan gapi haqida
3 yanvar 2023, 13:38

«Yoshlarimizga kreativroq dars beraylik, demoqchi edim» — Sherzodxon Qudratxo‘ja tarmoqlarda tarqalgan gapi haqida

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing maktab ta’limidan fizika, kimyo fanlarini chiqarib tashlash haqidagi gaplari muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘ziga qarshi bildirilgan fikr-mulohazalarga izoh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi
3 yanvar 2023, 11:38

Namanganda xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda 33 yoshli mast haydovchi Labo`da kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi
3 yanvar 2023, 11:14

Surxondaryoda 33 yoshli mast haydovchi Labo`da kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi

Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.

Dunyo tartibini o‘zgartirgan urush: Ukraina — Rossiya mojarosida kim yutib, kim yutqizadi?
3 yanvar 2023, 11:05

Dunyo tartibini o‘zgartirgan urush: Ukraina — Rossiya mojarosida kim yutib, kim yutqizadi?

Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik urushi qachon tugashi noaniq. Ekspertlar front voqealaridan taxminiy xulosani chiqarmoqda: ba’zilar urushni qahraton qish hal etadi deydi, ayrimlar esa mutlaqo boshqa fikrda. «Gazeta.uz» The Guardian nashrida e’lon qilingan xulosalarni o‘zbek tiliga o‘girdi.

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi
3 yanvar 2023, 10:46

O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi
2 yanvar 2023, 22:55

Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga «osmon fonusi» sababchi bo‘lgani aniqlandi

«Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga bayram kunlari temir yo‘l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo‘lgani aniqlandi. U elektrovoz kollektoriga urilib, qisqa tutashuv va kontakt simining uzilishiga olib kelgan.

Toshkentdagi 31 ta OTMda darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi
2 yanvar 2023, 21:59

Toshkentdagi 31 ta OTMda darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi

Toshkentda metro bekatlari yaqinida joylashgan 31 ta oliy o‘quv yurtida darslarning boshlanish vaqti o‘zgartirildi. Ushbu qaror metrodagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida qabul qilindi. OTMlar ro‘yxati.

“Dok-1 Maks” siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan
2 yanvar 2023, 19:59

“Dok-1 Maks” siropida etilenglikol darajasi me’yordan 300 baravar yuqori bo‘lgan

Hindiston dori vositasi O‘zbekistonda kamida 19 bolaning hayotiga zomin bo‘lgan Marion Biotech kompaniyasining guvohnomasini to‘xtatib qo‘ydi. Farmatsevtika agentligi Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga “Dok-1 Maks” tarkibidagi etilenglikol miqdori me’yordan 300 baravar yuqori ekanligini ma’lum qildi.

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yo‘lovchilari jabrlandi
2 yanvar 2023, 17:48

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi yo‘lovchilari jabrlandi

Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti kuchli turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yetti nafar yo‘lovchi jabrlandi.

O‘zbekistonda 3 yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmoqda
2 yanvar 2023, 15:41

O‘zbekistonda 3 yanvar kuni yog‘ingarchilik kutilmoqda

2 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqasidan antitsiklon kirib keladi. 3 yanvar kuni esa qariyb butun mamlakat hududini qamrab oladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 4 yanvarda antitsiklon chekinishni boshlaydi. Hafta oxiriga borib iliydi.

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 2155 chaqaloq dunyoga keldi
2 yanvar 2023, 12:05

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 2155 chaqaloq dunyoga keldi

2023 yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 2155 chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi
2 yanvar 2023, 11:39

To‘xtab qolgan Afrosiyob poyezdi yo‘lovchilariga chipta pullari qaytarib beriladi

1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.

O‘zbekistonda 2022-yil — suratlarda
2 yanvar 2023, 00:01

O‘zbekistonda 2022-yil — suratlarda

Blekaut, Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar, Rossiyadan relokantlar tashrifi, Nukus voqealari, SHHT sammiti, energo inqiroz va shamollashga qarshi doridan o‘lgan 20 nafar bola. “Gazeta.uz” o‘tgan yili O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni aks ettiruvchi suratlarni bir materialga jamladi.

Xotira: 2022 yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar
1 yanvar 2023, 20:35

Xotira: 2022 yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar

2022 yilda vafot etgan dramaturg Sharof Boshbekov, aktrisa To‘ti Yusupova, akademik Edvard Rtveladze, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova, sport jurnalisti Axbor Imomxo‘jayev, aktrisa Maryam Ixtiyorova, hokim Nuriddin Abdurahimov va boshqalarni xotirlaymiz.

Farg‘onada «Dok-1 Maks» siropidan zaharlangan 3 yoshli bola davolanayotgani aytildi
1 yanvar 2023, 18:44

Farg‘onada «Dok-1 Maks» siropidan zaharlangan 3 yoshli bola davolanayotgani aytildi

RSHTYOIM Farg‘ona viloyat filialida quvasoylik 3 yoshli bemor bola «Dok-1 Maks» siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgani ma’lum qilindi. Uning umumiy ahvoli og‘ir, hushida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting