«Agrobank» yo‘lga qo‘ygan fermerlar maktabidagi ikkinchi mavsum avgustdan sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Arizalar 15 iyulgacha qabul qilinadi.
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Sho‘rtan bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.
Bosh prokuratura tomonidan “YER NAZORATI” telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘ladi.
Suv va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchilari markirovka bo‘yicha tajriba loyihasini to‘xtatishga chaqirmoqda, ularning fikricha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Soliq qo‘mitasi kompaniyalar xavotirlarini asossiz deb atab, ularning loyihada qatnashish haqidagi kelishuvni imzolab bo‘lganlarini ma’lum qildi.
AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida so‘nggi besh kun ichida 500 ga yaqin o‘lim holatlari qayd etildi. Aksariyat hollarda odamlar anomal issiq ob-havo tufayli vafot etgani aytilmoqda.
“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.
6−8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 3,41 so‘mga pasaydi va jami 10 587,59 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Prezident Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida ayrim tiktokerlar tomonidan sodir etilgan noma’qul harakatlar uni ranjitganini aytib, ularni tanqid qildi. «Bu bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o‘qituvchi va muallimlari¸ qolaversa, mahalla-ko‘y, yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul mutasaddilar qayerga qarayapti?», — dedi u. Qolaversa, bu kabi huquqbuzarlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi ma’lum qilindi.
Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi orqali avtotransport vositalari harakati 10 iyuldan sinov rejimida boshlanadi. Litsenziyali taksilar, sayyohlar avtobusi va chet ellik delegatsiyalar transportlarining kirishiga ruxsat beriladi.
Toshkentning Mirobod tumanida o‘zini Oliy ta’lim vazirligi xodimi deb tanishtirib, abituriyentni 10 ming dollar evaziga Toshkent pediatriya institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
Yosh oilalarga ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun 2 mingta kvota ajratilib, byudjetdan 60 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar forumida. Ularning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi. Shuningdek, «Daftarlar»ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Qashqadaryoning Kitob tumanida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi velosiped haydayotgan bobo va uning nabirasini urib yubordi. Oqibatda jabrlanuvchilarning ikkisi ham olgan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan biror kasb yoki hunarni egallash majburiy etib belgilanishini ma’lum qildi. Shuningdek, kengash va idora rahbarlarigiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlanishi belgilanmoqda. Xalqaro nufuzli reytinglarda minggtalikka kirgan oliygohni tugatgan yosh mutaxassislarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. 2021 yilning yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda yoshlar texnoparklari foydalanishga topshiriladi.
Kecha O‘zbekistonda 476 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 633 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 2960 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 2365 kishi jarohatlangan, 770 kishi esa vafot etgan.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.
Toshkent uchun BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida elektrobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Pilot loyiha shaharda «yashil transport yo‘lagini» joriy etishni nazarda tutadi. Olti yillik loyihaning donorlari 3,9 mln dollar ajratdilar.
Toshkentdagi bozorlar, supermarketlar, mahallalar va boshqa gavjum obyektlar hududida 46 ta koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi. «Gazeta.uz» muxbiri ulardan birida vaksina oldi. Koronavirusga qarshi qanday qilib emlanish kerakligi, buning uchun nimalar zarurligi va ekspertlar fikriga tayangan holda o‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi haqida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting