Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni hibsga oldi. Uning partiyasi Xon tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya hukumatining Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni yollashga urinayotganini xabar qildi. Harbiy xizmatga rozi bo‘lganlar rus qo‘shinlarining yo‘qotish darajasi yuqori bo‘lgan frontga yuborilishi mumkin, deyiladi sharhda.
O‘zbekiston tarixi muzeyida o‘zbekistonliklar SSSRning Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Unda o‘nlab arxiv suratlari, sovet plakat san’atining namunalari namoyishga qo‘yilgan, shuningdek, “Askar maktublari” kitobi taqdim etilgan.
Doxa shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Diyora Keldiyorova kumush medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Telegram-guruhga nashida havolasini yuborgan 21 yoshli talaba yigitning 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Aksariyat fuqarolar unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘ta og‘ir va adolatsiz deb hisoblamoqda. Holat yuzasidan Alisher Sa’dullayev ham fikr bildirdi.
Moskvaga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Kremlda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 12 toifadagi fuqarolar doimiy propiska qilish huquqiga ega. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yangilangan Konstitutsiyaga zid bo‘lgan mazkur qonun bekor qilinmoqda.
Prezident yangi Konstitutsiyaga zid bo‘lgan qonunlar va cheklovlarni bekor qilishni ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. “Propiska” to‘g‘risidagi qonun, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga cheklovlar, bolalar ta’limi uchun to‘lovlardan soliq olish va boshqalar shular jumlasidandir.
9-iyulda o‘tkaziladigan prezident saylovi, Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgan Ombudsman vakillari, nashida yuborgani uchun 3 yilga qamalgan 21 yoshli yigit, O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib qolishini aytgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
6−8-may kunlari Sirdaryoda o‘tgan lll Xalqaro baxshichilik festivalida 30 ga yaqin davlatdan baxshilar qatnashdi. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning festival uchun qancha mablag‘ ajratilgani bo‘yicha savoliga “Biz yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz”, — deya javob qaytardi.
Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ustidan soliq nazorati o‘rnatilishini bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
5−6-may sanalarida Termiz shahrida “Hunarmandchilikda elektron tijorat — Markaziy Osiyo ayollari biznesidagi asosiy o‘zgarishlar drayveri” mavzusida mintaqalararo forum tashkil qilindi.
YouTube`dagi nashidani Telegram-guruhga yuborgan 21 yoshli yigit 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nashidada aqidaparastlik g‘oyalari borligini ma’lum qilgan.
Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi sanatoriyga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatlashdi. Urush qatnashchilariga bu yil 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
Dohada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik Dilshodbek Baratov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta g‘alabaga erishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting