Arxiv

Britaniyaning Morris Garages avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi
18 iyul 2024, 17:00

Britaniyaning Morris Garages avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi

MG avtomobil markasi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Savdolarning boshlanishi kuzga rejalashtirilgan va to‘rtta model taqdim etiladi: MG ZS va MG HS krossoverlari, MG 7 liftbeki, shuningdek, Cyberster elektrik rodsteri.

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda
18 iyul 2024, 16:59

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 61-o‘ringa chiqdi
18 iyul 2024, 16:28

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 61-o‘ringa chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hech qanday o‘yin o‘tkazmasdan FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 61-o‘rinni egalladi. Paragvay ochko yo‘qotib, reytingda pastlagani bunga sabab bo‘ldi.

Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi
18 iyul 2024, 15:15

Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari (IHV), jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha (6 km/soatgacha bo‘lishi taklif qilingan edi), avtomobil yo‘lida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.

Jo Bayden yana koronavirusga chalindi
18 iyul 2024, 15:13

Jo Bayden yana koronavirusga chalindi

AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.

Tadbirkor limitdan 10 foiz oshib ketilgan taqdirda, 2 baravar to‘lanadigan tarifni bekor qilishni so‘radi
18 iyul 2024, 14:56

Tadbirkor limitdan 10 foiz oshib ketilgan taqdirda, 2 baravar to‘lanadigan tarifni bekor qilishni so‘radi

Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi tadbirkor yuridik shaxslar uchun limit 10 foizdan oshib ketganda, elektr energiyasi uchun to‘lanadigan ikki baravarli tarifni bekor qilishni so‘radi. Uning fikricha, “Energetika vazirligi tizimdagi aybini tadbirkorlar hisobiga yopmoqchi”.

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi (foto)
18 iyul 2024, 12:55

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi (foto)

O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.

Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi
18 iyul 2024, 12:37

Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizim tashkilotlarining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi
18 iyul 2024, 11:04

YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi

2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyotda portlovchi modda borligini aytgan mast yo‘lovchiga ish ochildi
18 iyul 2024, 10:58 1

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyotda portlovchi modda borligini aytgan mast yo‘lovchiga ish ochildi

Moskva shahridan Samarqandga uchgan mast holdagi yo‘lovchi yolg‘ondan samolyotda portlovchi modda borligini aytgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan ish ochildi.

2024-yilning ilk 6 oyida javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni 34 foizga oshdi
18 iyul 2024, 10:53

2024-yilning ilk 6 oyida javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni 34 foizga oshdi

2024-yilning birinchi yarmida 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi (+34,4%). Ular, asosan, o‘zlashtirish, talon-toroj qilish, firibgarlik va pora oldi-berdisi bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan.

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi
18 iyul 2024, 10:05

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti 2024/2025 o‘quv yilidan ish boshlaydi
18 iyul 2024, 09:13

Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti 2024/2025 o‘quv yilidan ish boshlaydi

Shu yildan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti talabalarni qabul qila boshlaydi. Unga to‘liq akademik mustaqillik beriladi. Oliygoh nafaqat ushbu universitetning, balki AQShda tan olingan boshqa xorijiy OTMlarning ham diplomini beradi.

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi
18 iyul 2024, 02:23

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi
18 iyul 2024, 02:00

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.

Endi Toshkent-Andijon poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tadi
17 iyul 2024, 23:25

Endi Toshkent-Andijon poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tadi

18-iyuldan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd “Quva” bekatida ham 2 daqiqa to‘xtab o‘tadi. Transport vazirligi reyslar jadvalini e’lon qildi.

17-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
17 iyul 2024, 22:34

17-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ishdan olingan 10 nafar hokim, O‘zbekistonga keladigan Sadir Japarov, olti oyda 6 foizdan ko‘pga o‘sgan YIM, Raqobat qo‘mitasi va Korzinka mojarosi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda Lada Largus yonib ketdi
17 iyul 2024, 22:15

Toshkentda Lada Largus yonib ketdi

Yunusobod tumanida qisqa tutashuv sabab Lada Largus mashinasi yonib ketdi. Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi. Hozirda holat sabablari o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonlik tadbirkor “Ozodlik” radiosi va uning jurnalistini sudga berdi
17 iyul 2024, 22:04

O‘zbekistonlik tadbirkor “Ozodlik” radiosi va uning jurnalistini sudga berdi

O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” va mazkur OAV jurnalistini sudga berdi. Tadbirkor raddiya e’lon qilish va 100 mln so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 iyul 2024, 22:00

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting