O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.
13-oktabrdan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8, ba’zi joylarda 0…−2 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajagacha pasayadi.
14−18-oktabr kunlari Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yil 40 ta mamlakatdan rassom va kuratorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Dasturda xorijlik rassomlarning mahorat darslari va xalqaro konferensiya o‘rin olgan.
Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli erkak ko‘chada o‘ynab yurgan voyaga yetmagan qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 5 sutkaga qamaldi. Erkak aybiga iqror bo‘lib, suddan yengillik so‘ragan.
Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.
DXX chegara qo‘shinlari xizmatchilari Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib kelingan giyohvand moddalarni musodara qildi. Mazkur holatlarda qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifasi qobiliyatli, fanlarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish bo‘ladi.
Poytaxtdagi metro bekatlariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarining ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanadi. “Bu nafaqat transportdagi tig‘izlik, balki yo‘llardagi tirbandliklarni ham kamaytiradi”, — dedi metropoliten bosh muhandisi.
Payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan.
Olmazor tumanida Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 40 yoshli Spark haydovchisi halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga olib ketildi.
Rixos Tersane Istanbul sayyohlik majmuasi dunyoning barcha burchaklaridan tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mehmonxona Istanbulning madaniy va sanoat merosi elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi yo‘l chetida mashinasiga yonilg‘i quyayotgan uch kishini urib, voqea joyidan qochib ketdi. Jabrlanuvchilarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, boshqasi shifoxonaga yotqizildi. Haydovchi Sirdaryoda ushlandi.
Har yili 3 ming kishini o‘ldirayotgan Toshkent havosi, O‘zbekistonga 435 ming dollarlik oziq-ovqat yuborgan AQSh, Eron bilan durang o‘ynagan terma jamoa, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha to‘lanmayotgan tovon puli va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
AQShning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Milton” to‘foni birinchi toifagacha zaiflashdi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi, 3 milliondan ortiq uy va korxona elektr ta’minotisiz qoldi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi (jami uzunligi 33 km, eng uzuni 6,8 km). Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.
O‘zbekistonlik futbolchilar JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichida Eronni mag‘lub eta olmadi. Eronliklar ikkinchi bo‘limda o‘n kishi bo‘lib o‘ynadi, ammo uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Prezident amaliy tashrif bilan Ashxobodga jo‘nab ketdi. U yerda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Shu oyda O‘zbekistonda ham shoir va mutafakkirning yubileyi nishonlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting