Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Davlat rahbari Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘ldi. Mazkur xonadon egasining onasi Sanobar aya O‘rinboyeva prezidentni duo qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi innovatsion issixona va «Rustamjon Zamin rivoji» fermer xo‘jaligi dalasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «g‘alla hosildorligini 100 sentnerga chiqarish choralarini ko‘rish kerakligini va shunda fermerning ham, ishchilarining ham daromadi oshishini» ta’kidladi. «Yanada ko‘proq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak. Islohotlarning kuchi — mahallada», — dedi u.
AQSh va Rossiya prezidentlari Jenevada yuzma-yuz ko‘rishib, kiberxavfsizlik, inson huquqlari, mintaqaviy mojarolar va boshqa mavzularni muhokama qildi. Jo Bayden suhbat ohangini «yaxshi va ijobiy» deb atagan bo‘lsa, Vladimir Putin «sammitda hech qanday dushmanlik bo‘lmaganini» ta’kidladi.
Prezident videoselektorda o‘qituvchilar oylik maoshlarini oshirish zarurligini ta’kidladi. Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov «davlat byudjetini tasdiqlovchi ba’zi deputatlar» bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga umid qilishini yozdi. Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev bu jarayon deputatlarga bog‘liq emasligini, Shermatov vaziyatdan foydalanib «piar» qilganligini ta’kidladi.
Prezident farmoni bilan Qonunchilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma’qullash yoki rad etishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanib borishi tavsiya etilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistondagi soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilish uchun 60 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Loyiha doirasida Davlat soliq qo‘mitasining operatsion, institutsional va texnologik salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorini qisqartirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘riladi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Quadro IH DMCC kompaniyasi poytaxtdagi «Ichan qal’a» mehmonxonasini sotib olish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. OAV xabarlariga ko‘ra, mehmonxona ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Izboskan tumanidagi mahsulotlari 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan tikuv-trikotaj korxonasi bilan tanishdi. Fabrikada 830 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. «Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi», — dedi davlat raxbari.
Toshkent markazidagi gazeta ishlab chiqarish majmuasi binosini sotib olish bo‘yicha tenderda Metro Plaza kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Asoschilar orasida aka-uka Mamasaidovlar va Mirodil Fazilov bor.
Ishtixon hokimligi matbuot xizmati rahbari jurnalist kamerasining xotira kartasini yeb qo‘ymaganligini ma’lum qildi. «MY5» muxbiri ham bu haqda faqat boshqalardan eshitganligi, o‘zi ko‘rmaganligini ma’lum qildi. Matbuot kotibiga «hayfsan» berildi. Jurnalist esa kamera buzilganligi holati bo‘yicha sudga murojaat qilmasligini bildirdi.
Endilikda OTMlarning bakalavriat va magistratura imtihonlari, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar va nostrifikatsiya test sinovlari jarayonlari internetda jonli efirga uzatiladi.
Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. To‘liq ro‘yxat.
Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda Antikorrupsiya agentligi ochiqlikka oid qonunchilik talablarini muntazam ravishda buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi. Har yil yakunida davlat organlarining Ochiqlik indeksi e’lon qilinadi. Shuningdek, davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 834 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 295 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik amaliy tashrif bilan Andijon viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Tashqi ishlar vaziri o‘g‘li Doniyor Kamilov asoschisi sifatida ko‘rsatilgan Metropol Group kompaniyasi 210 mlrd so‘mga «Sayilgoh»da joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini xususiylashtirmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Jamoat salomatligini saqlashdagi favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish markazi ochildi. Markaz AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ko‘magida ishga tushirildi.
Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Navbatdagi o‘quv yilida davlat xususiy OTMlarga 22 yo‘nalish bo‘yicha 500 ta grant o‘rinlari ajratadi. OTMlarga hujjat topshirish jarayoni besh kun ichida boshlanadi. Prezident talabalarni turar joylar bilan ta’minlash ishlari doirasida byudjetdan 50 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Yotoqxona va xostellar quriladigan yer maydonlari auksion orqali taqdim etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting