Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.
Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.
Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.
15 yalpi majlisda Senat transport to‘g‘risidagi qonun, Saylov kodeksiga va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar, 2030 yilgacha gender tengligi strategiyasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va hukumatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot eshitiladi.
Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.
Yangi tayinlovlar, XDP deputatining kaltaklanishi, Turizm va sport vazirligiga ishga taklif qilingan talaba, tez tibbiy yordam xizmatidagi yangiliklar — “Gazeta.uz"ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Men boshqalarga o‘xshab ko‘p va chiroyli gapira olmayman. Yo ishlash, yoki gapirish kerak. Ikkalasidan bittasi, to‘g‘rimi? Men ishlashni ma’qul ko‘raman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
«Biz yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan uchrashuvda.
«O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tugatilib, uning vakolat va vazifalari boshqa tuzilmalarga o‘tkazish taklif qilindi. Xususan, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga beriladi. Shuningdek, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish xizmatlari ham tanlov asosida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-joy masalasida yechim izlab Vazirlar Mahkamasiga borgan mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani holati Senat nazoratiga olindi. Ushbu holatga tez orada qonuniy baho berilishi aytildi.
Andijon neft bazasida 33 mln so‘mlik kamomad va 24,3 mlrd so‘mlik debitorlik qarzlar aniqlandi. Bundan tashqari, xodimlarga ortiqcha oylik va mukofot pullari berilgani ma’lum bo‘ldi. 10 nafar mansabdor ishdan olindi.
Rossiya va AQSH prezidentlari 16 iyun kuni Jenevada muzokaralar olib boradi. Bu Jo Bayden AQSH prezidenti etib tayinlanganida so‘ng ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimning asosiy bo‘limlarini yakunlash arafasida. Mazkur jarayonni yil so‘nggiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan Bryusselda Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutishmoqda.
2020 yilda tez tibbiy yordam xizmatiga dori-darmon va tibbiy buyumlar sotib olish uchun 58 mlrd so‘m ajratilgan. Bu — 2016 yilga nisbatan 12 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan degani. Joriy yilda har bir tez tibbiy yordam chaqirig‘i uchun 7700 so‘mdan ajratiladi.
Tez tibbiy yordamda «Damas» avtomashinasidan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Uning o‘rnini B va S klassidagi tibbiy transport vositalari egallaydi. Joriy yilning o‘zida 1000 dona B klassiga mansub zamonaviy mashinalar xarid qilish ko‘zda tutilgan.
«Agrobank» va «Rosselxozbank» vakillari o‘zaro tajriba almashib, banklararo hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolashdi.
22 may kuni Vazirlar Mahkamasiga yordam so‘rab borgan mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilari ichki ishlar xodimlari ularga kuch ishlatishganini ta’kidlamoqda. Toshkent shahar IIBB voqea yuzasidan xizmat tekshiruv o‘tkazmoqda. Holat IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
«Besh tashabbus harakati» davomida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlar bilan muloqot qildi va turizm sohasida birdaniga 3 ta taklifni bildirgan Shahboz Zaripovni vazirlikka ishga taklif qildi.
Dollarning rasmiy kursi 4,78 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 601,54 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Seshanba kuni «Besh tashabbus» festivali doirasida bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlarni savollariga javob berar ekan, «Men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib olgan joyim yo‘q», — dedi u. U shuningdek, 5 ta lavozimi orasidan faqat bosh vazir o‘rinbosarligi uchun oylik maosh olishini qo‘shimcha qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting