Arxiv

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi
2 oktabr 2020, 13:46

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesga rais saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Qumqo‘rg‘onda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay quladi
2 oktabr 2020, 12:42

Qumqo‘rg‘onda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay quladi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay yaroqsiz holga keldi. Viloyat prokuraturasi pudratchi qurilish vaqtida 34,5 mln so‘mlik ishlarni bajarmaganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkentda KfW byurosi ochiladi
2 oktabr 2020, 11:58

Toshkentda KfW byurosi ochiladi

Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining byurosi ochiladi.

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi
2 oktabr 2020, 10:46

Donald Tramp va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib oldi

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Trampda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Avvalroq Trampning maslahatchilaridan biri Xoup Xiksning koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan edi.

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi
2 oktabr 2020, 08:51

Prezident Nukusga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 57 mingtadan oshdi
1 oktabr 2020, 23:52

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 57 mingtadan oshdi

O‘zbekistonda shu vaqtga qadar aniqlangan koronavirus holatlari soni 57290 taga yetdi. Qariyb 54 ming bemor infeksiyadan butkul xalos bo‘ldi, 472 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 1 oktyabrdagi kunlik holat va hududlar statistikasi — SSV hisobotida.

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi
1 oktabr 2020, 17:55

Toshkentda Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, simyog‘ochga borib urildi

Toshkentda inpektordan qochib tezlikni oshirgan Lacetti haydovchisi oltita avtomobilga shikast yetkazib, oxirida yo‘l o‘rtasidagi simyog‘ochga borib urildi. Hodisadan hech kim jarohatlanmadi.

Telegram messenjerida botlarsiz izoh qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi
1 oktabr 2020, 14:05

Telegram messenjerida botlarsiz izoh qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi

Telegram messenjerining Android beta-versiyasida izohlar qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Avval izoh qoldirish faqat qo‘shimcha botlar orqali amalga oshirilar edi

Toshkentda nomzoddan 3000 dollar so‘ragan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi
1 oktabr 2020, 13:30

Toshkentda nomzoddan 3000 dollar so‘ragan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi

Toshkentda tuman kengashi saylovida yordam berish uchun nomzoddan 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi. Mamlakatdagi boshqa korrupsiya holatlari haqida ham xabar qilindi.

Olmaliq hokimining 20 yoshli o‘g‘li 17-marta jarimaga tortildi
1 oktabr 2020, 12:41 1

Olmaliq hokimining 20 yoshli o‘g‘li 17-marta jarimaga tortildi

Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 17-marta jarimaga tortildi. U o‘z qoidabuzarligi videolarini TikTok va Instagram sahifalarini joylashtirib borgan.

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident
1 oktabr 2020, 12:17

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident

O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi
1 oktabr 2020, 12:04

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
30 sentabr 2020, 20:34

Oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu yil oktyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi, havo harorati kechasi +5… +10 daraja, kunduzi +25 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Kuzning ikkinchi oyi prognozi O‘zgidromet sharhida.

KIA avtomobillarining O‘zbekistondagi narxlari e’lon qilindi
30 sentabr 2020, 20:21

KIA avtomobillarining O‘zbekistondagi narxlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda KIA Seltos krossoveri uchta, K5 sedani esa oltita komplektatsiyada taklif qilinmoqda. Kompaniya mazkur modellar narxlarini ham e’lon qildi.

O‘zbekiston fuqaroligini olishda o‘zbek tilini bilish shartligi belgilandi
30 sentabr 2020, 19:30

O‘zbekiston fuqaroligini olishda o‘zbek tilini bilish shartligi belgilandi

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talab qilinadi. Imtihonlar markazlar tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi
30 sentabr 2020, 19:15

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi

AQSHda prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida ilk debatlar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar COVID-19 pandemiyasi, iqtisodiyot va irqchilikni muhokama qilishdi. Tomonlar bir-birlariga gap bermasdan, bir-birini yolg‘onchilikda ayblashdi.

Abxaziyadagi o‘zbekistonliklarni oktyabr oyi boshida qaytarish rejalashtirilmoqda
30 sentabr 2020, 18:10

Abxaziyadagi o‘zbekistonliklarni oktyabr oyi boshida qaytarish rejalashtirilmoqda

Abxaziyada qiyin ahvolda qolgan 400 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalardan iborat birinchi guruhini oktyabr oyi boshlarida vatanga qaytarish rejalashtirilmoqda.

YeTTB O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 40 mln dollarlik kredit ajratmoqda
30 sentabr 2020, 17:11

YeTTB O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 40 mln dollarlik kredit ajratmoqda

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistonga ajratayotgan 40 mln dollarlik kreditlari kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Prezident uch nafar ma’rifatparvar jadidni vafotidan so‘ng taqdirladi
30 sentabr 2020, 14:30 1

Prezident uch nafar ma’rifatparvar jadidni vafotidan so‘ng taqdirladi

Milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy (1878−1934), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani

O‘zbek qizlarini koreys erkaklariga xotinlikka tayyorlash haqidagi videoga izoh berildi
30 sentabr 2020, 14:06

O‘zbek qizlarini koreys erkaklariga xotinlikka tayyorlash haqidagi videoga izoh berildi

O‘zbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berishga tayyorlash bilan poytaxtdagi SEJONG HAKDANG o‘quv markazi shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting