Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqiladi hamda ularni yuborganlar huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar — 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Suntronix konsalting kompaniyasi xalqaro ekspertiza va ilg‘or IT texnologiyalarni biznes raqamli transformatsiyasining asosi sifatida taklif etadi.
O‘zbekiston katta yoshdagi aholisining deyarli 60 foizida zarur bilim va malaka yetishmasligi seziladi. Bu ko‘p yillar davomida aholi uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish rivojlantirish ushbu bo‘shliqni to‘ldirish imkonini berib, ish kuchi malakasini oshirishga xizmat qilardi. Senator Diloram Toshmuhamedova «Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 56 519 nafarga yetdi. Yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Hozirda respublika bo‘ylab 3081 nafar bemor davolanmoqda.
«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.
O‘zbekistonda kun davomida 476 ta koronavirus holati aniqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 56,3 mingdan oshdi.
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu epidemik mavsumda ikkinchi marta kasallanish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi. Antitanachalar titri kam bo‘lsa ham, ular kasallik bilan kurasha oladi, dedi u. Biroq ularning qancha vaqt organizmni himoya qila olishi hozircha noma’lum.
Samarqand xalqaro turizm universiteti prorektor Azamat Akbarovning diplomi soxta ekani haqidagi maqolalarga sakkiz oy o‘tganidan so‘ng raddiya berib, ulardagi iddaolar o‘z isbotini topmaganini ma’lum qildi.
Andijon viloyatida Xonobod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi. O‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Avvalroq esa uning pnevmoniya bilan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonda 1995 yilgacha qabul qilingan va hozirda eskirgan 5000 dan ortiq standartlar bekor qilinadi. Prezident mahsulot xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentni Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga mmoslashtirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.
Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda Xorazm, Navoiy va Namangan viloyatlari aholisi yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p soliq imtiyozlarini olayotganlar esa Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida.
2022 yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.
Endilikda haydovchining yonida sug‘urta polisi bo‘lmagani sababli uning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilmaydi. Bu prezident imzolagan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgan.
Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.
Prezident byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu qonun bilan hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlarini bekor qilindi.
Dunyo bo‘ylab COVID-19 kasalligidan vafot etgan bemorlarning soni 1 mln dan oshdi. Mamlakatlar orasida eng ko‘p qurbon AQSH (205 ming kishi), Braziliya (142 ming) va Hindistonga (96 ming) to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston hukumati Xitoyning ikkita kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksinalar sinovining so‘nggi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Kelgusida dori vositasini ishlab chiqarish va uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Rossiya kompaniyalariga ham vaksinani birgalikdan sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.
28 sentyabr kuni O‘zbekistonda 477 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi va jami holatlar soni 55878 taga yetdi. 2 kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting